4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi


Download 442.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana07.04.2023
Hajmi442.98 Kb.
#1336941
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

3. Tadqiqotning refleksiv fazasi 
Tadqiqotning refleksiv fazasini ko‘rib chiqishimizdan avval baholash va 
refleksiya tushunchalari ostida nima tushunilishini muxokama qilamiz. 
“Baholash” iborasidan boshlaymiz: “xodisalar, faoliyat, xulq-atvorga 
nisbatan munosabat, ularning ahamiyatini, me’yorlarga, maqsadlarga mosligini 
aniqlash”; “darajasini, satxini, sifatini aniqlash”. Qayd etish lozim-ki, “baholash” 
iborasi ham baholash jarayonini belgilash uchun, ham (baholash jarayonining 
natijasi sifatidagi) bahoning o‘zini belgilash uchun ishlatiladi. 
“Refleksiya” iborasi dastavval J. Lokk tomonidan kiritilgan, turli falsafiy 
tizimlarda (J. Lokk, G. Leybnis, D. Yum, G. Gegelda ) u turlicha mazmunga ega 
bo‘lgan. “Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar” (Falsafiy ensiklopedik lug‘at)da 
ushbu iboraga quyidagicha ta’rif beriladi: “Refleksiya (lotincha reflexio – orqaga 
murojaat) – bu: 

kishilarni o‘z shakllari va asoslarini anglash va tushunishga yo‘naltiruvchi 
kishilarning tafakkur qilish prinsipi; 

bilimni predmetli ko‘rib chiqish, uning mazmunini va bilish metodlarini 
tanqidiy taxlil qilish; 

kishining ma’naviy dunyosining ichki tuzilishi va o‘ziga xosligini ochib 
beruvchi o‘zini anglash faoliyati”. 
Refleksiyaning uch turi xaqida gapirish qabul qilingan: 

bilimlar va xatti-xarakatlarni ko‘rib chiqish va taxlil qilishga, ularning 
chegaralari va mazmunini anglashga olib keluvchi elementar refleksiya; 

ilmiy refleksiya – ilmiy bilimlarning mazkur sohasiga xos bo‘lgan metodlar 
va usullar asosida amalga oshiriluvchi, nazariy bilimlarning tanqidi va taxlili. 

falsafiy refleksiya – bu turmushning va tafakkurning asoslarini, umuman 
kishilik madaniyatining asoslarini anglash va tushunish. 
Ko‘pincha falsafiy adabiyotlarda refleksiya deyilganda bilishni o‘ziga 
qaratish, tafakkur xaqida fikrlash tushuniladi. Soddaroq aytadigan bo‘lsak, 
refleksiyaning aforistik ta’rifi quyidagicha: “Refleksiya – bu tafakkur xaqidagi 
o‘ylar”. Mazkur ishda gap asosan elementar refleksiya xaqida ketadi. 
Sub’ektning refleksiyasi, ya’ni uning reallik, o‘z faoliyati va xokazolar 
to‘g‘risidagi o‘z muloxazalari bo‘yicha uning muloxazalari avtorefleksiya yoki 
birinchi turdagi refleksiya deb ataladi. Ta’kidlash lozim-ki, ko‘pgina gumanitar 


45 
tadqiqotlarda gap, birinchi navbatda, aynan avtorefleksiya to‘g‘risida boradi. 
Ikkinchi turdagi refleksiya boshqa sub’ektlarga nisbatan o‘ringa ega, ya’ni bu 
- sub’ektning boshqa kishi (sub’ekt) yoki boshqa sub’ektlar (kishilar)ning joiz, 
extimoliy fikrlari to‘g‘risidagi muloxazalaridir. 
Gapning ochig‘i aytilganda, “refleksiyaning murakkab jarayonida 
sub’ektlarning o‘zaro aks etishini tavsiflovchi eng kamida olti holat mavjud: 
sub’ektning o‘zi, uning xaqiqiy holatdagisi; sub’ekt, o‘zini qanday tasavvur etishi 
holatidagisi; sub’ekt, boshqa kishiga qanday ko‘rinishi holatida; xuddi shu uch holat, 
faqat boshqa sub’ekt tomonidan”. Shunday qilib, refleksiya – sub’ektlar tomonidan 
o‘zini-o‘zi oynada ikki marotabalab aks ettirishi jarayonidir. Lekin bunday o‘zaro 
aks ettirishlar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Ularni yagona nuqtai nazardan 
tavsiflash uchun 6-rasmda keltirilgan uch elementlar – faoliyat sub’ekti (S), faoliyat 
ob’ekti (O) va boshqa sub’ektlar (D) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ko‘rib 
chiqamiz. Rasmdagi strelkalar shartli holda ayrim “muloxazalar” aktlarini anglatadi. 

Download 442.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling