4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
6-rasm. Baholash variantlari
Elementlar o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflashda “S”, “O” yoki “D” xarflari muayyan ketma-ketligidan foydalanamiz, bunda ularning ketma-ketligi kim nimani baholashi yoki kim nima xaqida refleks qilishiga mos keladi. Birinchi tartib munosabatlari (refleksiyaning nolinchi darajasi), quyidagicha baholash mavjud: SO – sub’ekt tomonidan o‘z faoliyati natijalarini baholash (natijalarni o‘z tomonidan baholanishi ); SS – sub’ekt tomonidan o‘zini-o‘zi baholash (o‘zini shaxs sifatida baholash); SD - sub’ekt tomonidan boshqa sub’ektlar – kishilarni (shaxs sifatida) baholash; DO – boshqa sub’ektlar – kishilar tomonidan sub’ekt faoliyati natijalarini baholash; DS - boshqa sub’ektlar (kishilar) tomonidan sub’ektni (shaxs sifatida) baholash. 46 Ushbu besh munosabat bilan birinchi tartibli munosabatlarning barcha joiz kombinatsiyalari tugaydi (ob’ekt passivligi uchun baholashga qodir emas, boshqa sub’ektlar o‘z-o‘zini baholashini (DD) biz ko‘rib chiqmaymiz). 5.6-rasmda keltirilgan munosabatlar faoliyat sub’ektining, shuningdek, boshqa sub’ektlarning muloxazalari predmeti bo‘lishi mumkin. Endi birinchi tabaqa refleksiyasi paydo bo‘ladi. Ikkinchi tartib munosabatlari (birinchi tabaqa refleksiyasi). Bu yerda quyidagilarni ajratish lozim: - avtorefleksiyani (birinchi turdagi refleksiyani), unga “SS” bilan boshlanadigan, ya’ni, sub’ektning o‘zini baholashi to‘g‘risidagi, o‘zining natijalarini baholashi to‘g‘risidagi muloxazalariga tegishli bo‘lgan ketma- ketliklar mos keladi: SSO – natijalarni baholash to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari; SSS – o‘zini-o‘zi baholashi to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari; va - ikkinchi turdagi refleksiyani (boshqa barcha ketma-ketliklarni): SDO – boshqa sub’ektlar tomonidan uning faoliyati natijalarini baholashi to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari (“mening faoliyatim natijalari to‘g‘risida boshqalar nima deb o‘ylamoqda”); SDS - boshqa sub’ektlar tomonidan uning o‘zini baholashi to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari (“men to‘g‘rimda boshqalar nima deb o‘ylamoqda”); DSS - sub’ekt tomonidan uning o‘zini baholashi to‘g‘risidagi boshqa sub’ektlarning muloxazalari; DSO - sub’ekt tomonidan o‘z faoliyati natijalarini baholashi to‘g‘risidagi boshqa sub’ektlarning muloxazalari; DSD – sub’ekt tomonidan boshqa sub’ektlarni baholashi to‘g‘risidagi boshqa sub’ektlarning muloxazalari; Uchinchi tartibli munosabatlar (ikkinchi tabaqa refleksiyasi). Bu yerda endi variantlar ko‘proq. Ulardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz: SDSO - sub’ekt tomonidan o‘z faoliyati natijalarini baholashi to‘g‘risidagi boshqa sub’ektlarning muloxazalari bo‘yicha sub’ektning muloxazalari (men o‘z natijalarimni baholashim to‘g‘risida boshqalar nima deb o‘ylaydi); DSDO - boshqa sub’ektlar tomonidan uning faoliyati natijalarini baholashi to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari bo‘yicha boshqa sub’ektlarning muloxazalari va xokazolar. Yuqoridagi tavsif doirasida munosabatlar tartibini (refleksiya tabaqasini) yanada davom ettirish mumkin, lekin ushbu ish maqsadlarida refleksiyaning ikkinchi tabaqasi bilan cheklanishimiz yetarli. 47 Qayd etish lozim-ki, baholash va refleksiya jarayonlari faqatgina loyixa (ilmiy, amaliy, badiiy yoki o‘quv loyixa) ning refleksiv fazasiga xos emas, - faoliyati jarayonida sub’ekt ham erishilgan oraliq natijalarning doimiy baholashini, ham ushbu faoliyati natijalariga nisbatan, o‘z faoliyatining texnologiyasiga nisbatan, boshqa sub’ektlar tomonidan texnologiyalar va natijalarni baholashga nisbatan, va xokazolarga nisbatan refleksiyani amalga oshiradi. Keling, tadqiqotning refleksiv fazasiga qaytamiz. Uning moxiyati shunda-ki, tadqiqotchi (yoki tadqiqotchilar jamoasi) natijalarni olgach, ularga nisbatan refleksiyani amalga oshirishi – “orqaga nazar tashlashi” va quyidagilarni anglashi, solishtirishi, dastlabki va oxirgi holatlarini baholashi kerak: - faoliyat ob’ektini – o‘z natijalarini baholash; - faoliyat sub’ektini, ya’ni o‘zini-o‘zi baholash. Natijalarni baholash va o‘z-o‘zini baholashga boshqa kasbdosh-olimlar – taqrizchilar, opponentlar va xokazolar tomonidan tadqiqotni joriy va yakuniy baholashlari anchagina katta ta’sir qiladi. Chunonchi, har qanday dissertatsiya ta’rifan muallifning yakka ishi bo‘lgani holda, shu bilan birga, u amalda doimo uning muxokamasida qatnashgan ko‘pgina kishilar (ilmiy raxbar, laboratoriya yoki kafedra xodimlari)ning fikrlarini hisobga oladi, ya’ni u, qaysidur ma’noda, jamoaviy ijodning mevasi bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqot natijalarini o‘z tomonidan baholashga ularni ilmiy hamjamiyat va/yoki amaliyotchilar hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi (yoki etilmasligi) katta ta’sir qiladi. Buning uchun zaruriy shart bo‘lib natijalarni chop qilish hisoblanadi. Lekin hamma natijalar ham chop qilinavermaydi. Eng sodda va nomunosib yo‘l bu – qo‘lyozmalarni deponirlash hisoblanadi. Garchi deponirlangan qo‘lyozma ham chop qilingan hisoblansa-da, bu qo‘lyozmalarni amalda birov o‘qimaydi. Maqolalarni chop qilish masalasi – yana o‘sha maqolani qaerda chop qilinishiga bog‘liq. Qay biri yaxshi - birinchi variant – maxalliy oliy o‘quv yurtining tiraji 100-200 dona bo‘lgan ilmiy ishlar to‘plamida chop qilishmi yoki ikkinchi variant – butun mamlakat bo‘ylab tarqatiladigan markaziy jurnallardan birida chop qilishmi? Albatta ikkinchi variant yaxshiroq. har bir jurnalning o‘z taxrir xay’ati mavjud, va u ushbu maqolani jurnalda chop qilish qarorini qabul qilgan bo‘lsa, - demak maqolaning materiali ilmiy yoki amaliy qiziqish uyg‘otgan. Xuddi shu hol tadqiqot natijalarining jamiyat tomonidan e’tirof etilishi shakli hisoblanadi. Xuddi shu narsalar kitoblarga – monografiyalar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar va xokazolarga ham tegishli. Ko‘p narsa kitob o‘quvchiga qanday yetib borishiga, u qaerda tarqatilishga bog‘liq. Avvallari muallif uchun o‘z kitobini muayyan markaziy nashriyotda chop qilish katta qiyinchilik tug‘dirar edi. Lekin agar nashriyot kitobni chop qilishga qabul qilgan bo‘lsa, muallif uning keyingi taqdiri xaqida bosh qotirmasa ham bo‘laverar edi – kitob-savdo 48 tarmog‘i orqali kitob barcha joyga tarqatilar edi va ham ilmiy, ham amaliyot xodimlari uchun topilishi oson bo‘lgan. Xozirda vaziyat o‘zgargan. Kitob chop qilish anchagina oson bo‘lib qoldi. Xozirda boshqa narsa muhim bo‘lib qoldi – uning tarqatilishi – u qaerda va qanday sotiladi va u qanday xarid qilinmoqda. Endi sotilgan kitoblar soni - tadqiqot natijalari jamiyat tomonidan e’tirof etilishining ko‘rsatkichi bo‘lib qolmoqda. Xa aytgancha, G‘arbda yozuvchilarga ham, olimlarga ham nashriyotlar mualliflik qalam xaqini kitob tirajining hajmiga qarab emas – chunki kitobni xarid qilmasliklari ham mumkin, - balki aynan sotilgan kitoblar soniga proporsional ravishda to‘laydilar. Oxirgi paytlarda elektron nashrlar, xususan Internetdagi elektron nashrlar tobora ommalashmoqda 2 . Chop qilingan ilmiy ishlarning “zarurati” ko‘pincha materialning aniqligi, bayon etilishining soddaligi, uni taqdim etish shakliga bog‘liq. Bunda muallifga, odatda, material qanday yo‘sinda, qanday shaklda taqdim etilsa o‘quvchilar ushbu nashrni iliq kutib olishini oldindan topish qiyin. har bir tajribali olim buni biladi. Ba’zida shunday bo‘ladi-ki, muallif jiddiy ishni, uzoq va qiyin mexnat natijasini chop qiladi – ilmiy ishni esa me’yorida, xotirjam qabul qilishadi. Yana shunday holat bo‘ladi-ki, maqola bir zumda, atigi bir kechada yoziladi va bunda natijalar xatto muallif uchun ham kutilmagan rakursda taqdim etiladi – ilmiy ish keng jamoatda shov-shuv bo‘ladi. Bajarilgan tadqiqotning jamiyat tomonidan e’tirof etilishi fakti bo‘lib kandidatlik, doktorlik dissertatsiyasining muvaffaqiyatli himoya qilinishi holati hisoblanadi. Keyinchalik, ma’lum vaqt o‘tgach, tadqiqotni baholashning iqtiboslik kabi shakli “ishlay” boshlaydi, u boshqa mualliflar ushbu tadqiqotga qanchalik ko‘p murojaat qilishlarini ko‘rsatadi. To‘g‘risi, ushbu ko‘rsatkich biroz formal hisoblanadi. Chunki hamma ilmiy ishlar ham o‘quvchilarning keng ommasiga yetib bormaydi-ku. Bu sof nazariy ilmiy ish yoki muayyan tor sohadagi muammo bo‘yicha tarixiy tadqiqot ishi va xokazo bo‘lishi mumkin-ku. Lekin baribir, ko‘p mamlakatlarda olimning obro‘si, shu jumladan, uning ish xaqi uning iqtiboslik Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling