4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
konsepsiyasiga – qisqa, 5-7 satrli, butun natijalar majmuini, butun ish moxiyatini
eng umumiy, qisqa holda aks ettiruvchi sermazmun ta’rifga aylanmaguncha; yoki aksiomalar tizimiga aylanmaguncha, yoki yagona tadqiqot yondashuviga aylanguncha va xokazo. Induksiya bosqichi – markaziy tizim xosil qiluvchi bo‘g‘in – konsepsiya, tadqiqot yondashuvi, aksiomalar tizimi va xokazolarni ta’riflash va qolipga keltirish ishlari yakunlangach, deduktiv jarayon – konkretlashtirish – abstraktlikdan aniqlikka qarab yurish boshlanadi. Ushbu bosqichda konsepsiyaning ta’rifi prinsiplar, omillar, shartlar (shartlar guruxi), modellar, mexanizmlar va boshqalar majmuida rivojlantiriladi, kengaytiriladi. Ba’zan, agar tadqiqot muammosi bir necha nisbatan mustaqil bo‘lgan jixatlarga bo‘linib ketsa, konsepsiya bir necha konseptual g‘oyalarga rivojlanadi, ular esa o‘z navbatida keyinchalik prinsiplar va boshqalar majmuida rivojlanadi. O‘z navbatida, masalan, prinsiplar modellar sinflariga, masala turlariga va boshqalarga rivojlanishi mumkin. Shu tarzda nazariyaning mantiqi, mantiqiy tuzilmasi barpo etiladi. Ushbu jarayon 5-rasmda ko‘rsatilgan. Mazkur sxemani tadqiqotchi siklik holda bir necha bor, o‘z tadqiqotining mantiqini tekshirib va qayta tekshirib, aniqlashtirib o‘tashiga to‘g‘ri keladi. Gnoseologiya bo‘yicha ko‘plab adabiyotlarda mualliflar nazariyaning strukturaviy elementlarining ierarxik tartibga solinishini ko‘rmadilar. Masalan, abstraktlik (konkretlik) darajasi bo‘yicha nima baland (past) – prinsipmi yoki modelmi, qoidami yoki talabmi, mexanizmmi yoki protsedurami va xokazo? Shuning uchun, shubxasiz, tadqiqotchi ularning ierarxiyasini o‘z tadqiqotida yechiladigan vazifalarga muvofiq (albatta, o‘zi ishlayotgan ilmiy tashkilotning an’analariga mos holda) mustaqil ravishda barpo qilish imkoniga ega. Shunday qilib, nazariya (konsepsiya) bu – markaziy tizim xosil qiluvchi element – konsepsiya (tor ma’noda – asosiy g‘oya sifatida), aksiomalar tizimi, va xokazolar – va undan kelib chiquvchi, uning konseptual g‘oyalarini va boshqa konstruksiyalarni konkretlashtiruvchi – nazariyaning strukturaviy elementlaridir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling