4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi


Download 442.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana07.04.2023
Hajmi442.98 Kb.
#1336941
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

terminologiyaning qat’iyligi, aniqligi, bir xil ma’nodaligidir. Odatda kundalik 
turmushda, xayotda, og‘zaki chiqishlarda iboralarni qo‘llashda ma’lum erkinlikka 
yo‘l qo‘yiladi, lekin ilm tilida -tartibga solinganlik, qat’iylik talablari majburiydir.
Tadqiqotchida har safar biror iborani qo‘llash zarurati tug‘ilganda, u o‘z ishini 
bu iborani umumiy lug‘atlar, ensiklopedik lug‘atlar va ensiklopediyalarda 
qidirishdan boshlaydi. Bu manbalar umummilliy ko‘lamda umumqo‘llaniladigan 
iboralarga bir ma’noli talqin beradi. Bunda, ulardagi iboralar deyarli bir xil talqin 
qilinsa-da, baribir ularning har biri so‘zlar ma’nosini tushuntirishga o‘z nozik farqini 
qo‘shadi, bu esa u yoki bu iborani qo‘llashda yaxshiroq past-balandini anglash 


32 
imkonini beradi. Sinonimlar lug‘ati ham juda foydali hisoblanadi, chunki bir so‘zni 
bir gapda ko‘p bora ishlatmaslik uchun goxida kerakli so‘zni topa olish qiyin bo‘ladi. 
Keyingi bosqich – sof falsafiy, gnoseologik va metodologik tushunchalarni 
aniqlashtirish – tegishli lug‘atlar bilan ishlash.
Xar qanday izlanuvchiga falsafiy lug‘atlarda mavjud bo‘lgan, xech bo‘lmasa 
quyidagi tushunchalar (kategoriyalar) ning mazmuni bilan tanishib olish foydadan 
holi bo‘lmaydi: abstraksiya, taxlil, bilim, ma’no, sifat, miqdor, model, kuzatuv, 
me’yor, tushuntirish, umumlashtirish, siymo, ob’ekt, tajriba, asos, munosabat, 
amaliyot, predmet, muammo, rivojlanish, refleksiya, semantika, tizim, tizimli taxlil, 
xossa, taqqoslash, moxiyat, o‘xshashlik, nazariya, shakl, formallik, eksperiment va 
boshqalar. 
Undan tashqari, xuddi shu maqsadlarda mantiqiy lug‘at-ma’lumotnoma ham 
juda foydali: abstraktlanish, abstraksiya, aksioma (aksiomatik metod), algoritm, 
analogiya, o‘zaro aloqa, abstraktlikdan aniqlikka qarab yurish, gipoteza, 
gnoseologiya, deduksiya, qonun, belgi, bilim, g‘oya, invariantlik, induksiya, 
axborot, tadqiqot, sinf (maktab sinfi emas), sinflanish, kompozitsiya, komponent, 
kontekst, konsepsiya, kortej, mantiq, mantiqiy va tarixiy, o‘lchov, metanazariya, 
bevosita bilim, o‘zaro zid kelmaslik, tushunchani umumlashtirish, teskari munosabat 
qonuni, umumiy tushuncha, tushuncha hajmi, tushunchaning ta’rifi, maxsus, 
munosabat, baho, parametr, tushuncha, postulat, tushunchani ta’riflash qoidalari
sintez, belgi, prinsip, muammo, ziddiyat, marosim (protsedura), tushunchaning 
mazmuni, solishtirish, struktura, ibora, tur, sharoit, fakt va boshqalar. 
Va nixoyat, muayyan tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega iboralar xaqida 
gap ketganda, keyingi bosqich bu – ushbu iborani ilmiy adabiyotlarda – 
monografiyalar, maqolalar va xokazolarda talqin etilishi taxlili hisoblanadi. Birinchi 
navbatda nazariyalari, konsepsiyalari tadqiqot asosiga olingan mualliflarning 
fundamental ilmiy ishlari o‘rganiladi (yuqoriga qarang). Ushbu ilmiy ishlar bo‘yicha 
tezaurus (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “boylik”, “xazina” ma’nosini anglatadi) – 
mazkur mualliflar ishlatadigan, talqin etilishi mavjud iboralar lug‘atini tuzib olish 
maqsadga muvofiq. Keyinchalik, hisobot materiallari, maqolalar, kitoblar, 
dissertatsiyalarni yozishda asosan mazkur tezaurusdagi iboralar ishlatiladi, boshqa 
iboralar esa faqat zarurat tug‘ilganda, ularsiz noiloj bo‘lgan vaziyatlarda ishlatiladi. 
Lekin, har safar u yoki bu iborani ishlatganda tadqiqotchi o‘zini o‘zi nazorat qiladi: 
uning ishi uchun unchalik ahamiyatli bo‘lmagan iboralar uchun – kimning talqini 
bo‘yicha bu iborani ishlatmoqda, ahamiyatli bo‘lgan iboralar uchun esa – nima 
uchun aynan shu muallif (lar) ning talqini olinishi asolanadi. 
Xar bir tadqiqotchini qandaydir yangi iboralarni kiritib qo‘yish “xavfi” kutib 
turadi. Ba’zida buni qilishni juda ham xoxlab ketadilar. Lekin olimlar fandagi yangi 
iboralarni o‘ta istamasdan va xushyorlik bilan qabul qiladilar. Bu tushunarli, albatta 


33 
– til, shu jumladan, ilmiy til, bu umummilliy boylik hisoblanadi, unga o‘ta extiyot 
bo‘lib munosabatda bo‘lish kerak. Va agar har bir ilmiy ish, maqola yozuvchi 
o‘zining iboralarini qo‘llay boshlasa, unda olimlar, ulardan keyin esa barcha kishilar 
bir-birini tushunmay qoladi. Shuning uchun yangi iboralarni (so‘zlar va so‘z 
birikmalarini) kiritishga faqat mavjud iboralardan birortasi tegishli xodisa, jarayonni 
ta’riflay olmagan, iloji yo‘q holatlarda yo‘l qo‘yiladi. Va o‘rnashib qolgan 
iboralarga (xa, bu talab aynan o‘rnashib qolgan iboralarga tegishli) qandaydir yangi 
mazmun berish, qandaydir yangi, “mualliflik” ta’riflarini berish mutlaqo to‘g‘ri 
emas. 

Download 442.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling