4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
-rasm. Nazariya mantiqiy tuzilmasining qurilmasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
.5-rasm. Nazariya mantiqiy tuzilmasining qurilmasi Nazariyaning strukturaviy elementlarini sanab o‘tamiz, chunki bu tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin: algoritm, apparat (didaktik, tushunchaviy apparatlar va xokazolar); sinflanishlar; me’zonlar; metodikalar; metodlar; mexanizmlar (mexanizmlar sinflari); modellar (bazisli, prognostik, grifli, ochiq, yopiq, dinamik, modellar komplekslari va xokazo); yo‘nalishlar; asoslashlar; asoslar; paradigmalar; parametrlar; davrlashtirishlar; yondashuvlar; tushunchalar (rivojlanuvchi tushunchalar, tushunchalar tizimi va xokazo); uslublar; prinsiplar; dasturlar; protseduralar; yechimlar; tizimlar (ierarxik tizimlar, bosh tizimlar va xokazolar); mazmun; usullar; vositalar; sxemalar; strukturalar; strategiyalar; fazalar; 39 moxiyatlar; taksonomiyalar; tendensiyalar; texnologiyalar; tipologiyalar; talablar; shartlar; omillar (tizim xosil qiluvchi omillar va xokazolar); shakllar (shakllarning majmui va xokazo); funksiyalar; tavsifnomalar (moxiyat tavsifnomalari va xokazo); maqsadlar (maqsadlar majmui, maqsadlar ierarxiyasi); bosqichlar va xokazo. Kuchli versiyadagi fanlar tarmoqlarida bu ro‘yxatga yana teoremalar, lemmalar, da’volar qo‘shiladi. Markaziy tizim xosil qiluvchi element (bo‘g‘in) sifatida esa nazariya, konsepsiya, g‘oya, yagona tadqiqot yondashuvi, aksiomalar tizimi yoki aksiomatik talablar tizimi va xokazolar kelishi mumkin. Ilm-fanning ba’zi tarmoqlarida, masalan, ximiya, farmasevtika, mikrobiologiya va xokazolarda markaziy tizim xosil qiluvchi bo‘g‘in sifatida ko‘pincha tadqiqotchining ko‘p yillik mexnatlari mevasi bo‘lgan yangi ximiyaviy modda, yangi dori, yangi vaksina va xokazolarning olinish fakti namoyon bo‘lishi mumkin. Keyin esa ularni qo‘llash shartlari, prinsiplari va xokazolar ochib beriladi. Umuman olganda, asosli holda ta’kidlash mumkin-ki, nazariyalar (konsepsiyalar)ning umumiy mantiqiy strukturasi yagonadir. Empirik bosqich. Tajriba-eksperimental ish. Tadqiqotning o‘ziga xosligi shundan iborat-ki, tajriba-eksperimental ish, ko‘pincha tadqiqotchi vaqt byudjetining katta qismini egallagani bilan, faqatgina u tomonidan avval qilingan, gipotezadan boshlangan, nazariy ishlanmalarni tasdiqlash yoki inkor qilish uchungina xizmat qiladi. Garchi bir qarashda tadqiqotning tajriba-eksperimental qismi tadqiqotchi tomonidan barcha nazariy ishlanmalar yakunlanib, aniqlanib va chiqarib bo‘lingach boshlangandek tuyulsada, baribir, qoidaga ko‘ra, tadqiqotchi tajriba-eksperimental ishga ancha oldin kirishadi. Chunki, tadqiqotchining gipotezaini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan aynan kerakli tajriba ishlari va aynan o‘sha eksperimentlar tashkillashtirilib, o‘tkazilishidan avval tadqiqotchi tajriba-eksperimental ishni rejalashtirish va tashkillashtirishning, uning natijalarini taxlil qilish va umumlashtirishning dastlabki ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ushbu dastlabki bosqich kerakli yondashuvlarni tanlash, kerakli vositalarni topish va boshqalar amalga oshirish imkonini beradi. Avval aytilganidek, har bir muayyan tadqiqotdagi tajriba-eksperimental ish o‘ta o‘ziga xosdir, chunki u to‘lig‘icha muayyan tadqiqotning mazmuni bilan belgilanadi va umumiy holda ta’riflanishi dargumondir. Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling