4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish pallasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish pallasi.
Tadqiqot texnologik fazasining yakuniy pallasi bo‘lib uning natijalarini aprobatsiya qilish, ularni adabiy rasmiylashtirish va chop qilish hisoblanadi. Natijalarni aprobatsiya qilish bosqichi. Tadqiqotning batafsil aprobatsiyasi bu – uning xayotiyligi va natijalarining xaqqoniyligi shartlaridan biri, uning kamchiliklarini o‘z vaqtida to‘g‘rilash va tuzatish usullaridan biridir. “Aprobatsiya” 40 so‘zi lotinchadan kelib chiqqan va “ma’qullash, tasdiqlash” ma’nosini beradi. Tanqidchilar, opponentlar, xakamlar sifatida hamkasb-olimlar, amaliyotchi xodimlar hamda ilmiy va pedagogik jamoalar qatnashadi. Aprobatsiya omma oldidagi ma’ruzalar va chiqishlar, diskussiyalar shakllarida, shuningdek, yozma yoki og‘zaki taqriz shakllarida amalga oshiriladi. Norasmiy aprobatsiya – hamkasblar, ilmiy bilimning boshqa sohalari mutaxassislari, shuningdek, amaliyotdagi xodimlar bilan bo‘ladigan suxbatlar, baxs-munozaralar ham muhim rol o‘ynaydi. Aprobatsiya natijalari bo‘yicha tadqiqotchi paydo bo‘ladigan savollar, ijobiy va salbiy baholar, e’tirozlar va maslaxatlarning mag‘zini chaqadi, anglaydi, hisobga oladi. Bu asosda tadqiqotchi o‘z materiallarini to‘ldiradi, qayta ishlaydi, zarur bo‘lsa – o‘z tadqiqotining ba’zi fikrlarini qayta o‘zgartirib chiqadi. Natijalarni rasmiylashtirish bosqichi. Aprobatsiya yakunlangach tadqiqotchi o‘z tadqiqoti natijalarini adabiy rasmiylashtirish va chop qilishga kirishadi. Chunki ilmiy ishni xox yozma, xox og‘zaki, xox elektron holda nashr etish tadqiqot yakunlanishining majburiy sharti bo‘lib hisoblanadi (tabiiy-ki, agar u xaqiqatda ilmiy ish bo‘lsa): u yoki bu tadqiqotchi tomonidan olingan yangi bilimlar qachonki jamiyat mulkiga aylangandagina ilmiy bilimga aylanadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari adabiy maxsulotning quyidagi shakllarida rasmiylashtiriladi: 1. Referat tadqiqot natijalarini yozma ko‘rinishda taqdim qilishning boshlang‘ich shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Referat yordamida yangi tadqiqotchilar o‘z tadqiqotining boshlang‘ich natijalarini bayon qiladilar. Referatda odatda mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati ochib beriladi, mavzu bo‘yicha chop qilingan maqolalar taxlil qilinadi, taxlil qilingan ilmiy material bo‘yicha baholar va xulosalar beriladi. Referat tadqiqotchining aql-zakovatini, uning mavjud ilmiy axborotlarni mustaqil ravishda taxlil qilish, tizimlashtirish, sinflash va umumlashtirish ko‘nikmalarini ko‘rsatishi kerak. Referatlar odatda chop etilmaydi. 2. Ilmiy maqola tadqiqotchining eng ko‘p tarqalgan adabiy maxsuloti shakli bo‘lib hisoblanadi. Maqolalar ilmiy jurnallarda, ilmiy yoki ilmiy-metodik to‘plamlarda chop etiladi. Maqola hajmi odatda 5-15 mashina yozuvi varaqlaridan iborat. Ilmiy maqolada materialning bayon qilinishi tizimli ravishda va ketma- ketlikda bo‘lishi lozim. Ishning bo‘limlari o‘zaro mantiqiy ravishda bog‘liq bo‘lishi lozim. Ishning ilmiy uslubiga aloxida e’tibor qaratilishi kerak. Ilmiy uslub uchun quyidagi asosiy talablar xos bo‘ladi: bayon etishning aniqligi, so‘zlarni qo‘llashdagi aniqlik, qisqalik va aniqlik, ilmiy terminologiyaga qat’iy amal qilishlik, fikrlarni bayon qilishda ketma-ketlik borligi, mantiqiylik, fikrlar, da’volarning o‘zaro bog‘liqligi. Matning adabiy taxririga aloxida e’tibor qaratish lozim. Ilmiy maqolada yakuniy qism, ilmiy xulosalar va takliflarning bayon qilinishi katta ahamiyatga ega. Maqolaning ushbu qismida tadqiqot natijalarining ahamiyatli 41 jixatlarini qisqa va aniq ajratib berish va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatish lozim. Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling