4-mavzu: tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari
Tog‘ jinslarining abrazivligi
Download 149.54 Kb. Pdf ko'rish
|
NGQBJU-4-ma\'ruza-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
4.8. Tog‘ jinslarining abrazivligi
Pо‘lat asboblarning tog‘ jinslariga surkalishdan yemirilishi bu tog‘ jinslarining abrazivlik xossasi deyiladi. Abraziv yemirilish uchun tog‘ jinsining qattiqligi pо‘lat asbobning qattiqligidan yuqori yoki unga teng bо‘ladi. Dolotalar uchun abraziv tog‘ jinslari kvarsit va shunga о‘xshash qattiqlikka ega mineral kristallar hisoblanadi. Tog‘ jinsining abrazivlik xususiyatini aniqlash usullaridan biri toblangan pо‘lat diskni tog‘ jinsi ustida ma’lum yuk ostida aylantirishdan iborat. Diskning yemirilishi tog‘ jinsining abrazivlik darajasini kо‘rsatadi. Diskning diametri 30 mm, qalinligi 2,5 mm bо‘ladi. Pо‘lat diskga qо‘yiladigan yuk 10 kg. Pо‘lat disk ishlatilmasdan oldin va ishlatilgandan keyin tarozida tortiladi. Bundagi farq ishqalanishda yо‘qolgan og‘irlik (massa), abrazivlikni kо‘rsatadi. Pо‘lat diskning yemirilish tezligi quyidagicha aniqlanadi: A W , (4.11) bu yerda: ω – yemirilish teziligi; W – diskning ishqalanishda yо‘qotgan massasi; A – ishqalanishga sarflangan ish. l P f А (4.12) bu yerda: f - ishqalanish koeffitsiyenti; R – ishqalanish hosil qilgan yuk; l – ishqalanish masofasi. Kvarsning abrazivligi shartli ravishda 100 deb qabul qilingan dolimitniki – 38, gil – 0, ohaktosh – 41, sulfatli tog‘ jinslari (angidrit) – 19. Xulosa Tog‘ jinslarining xilma-xilligi, kelib chiqishi, guruhlarga bо‘linishi, neft va gaz uyumlarini tо‘planishi uchun sharoitlarni hosil bо‘lishi, mexanik, fizik va kimyoviy xossalari, tutqichlarning turlari, yer qobig‘ida qatlam bosimini va haroratini о‘zgarish qonuniyatlari, burg‘ilash ishlarini olib borish uchun anomallik xususiyatlarini baholanishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Nazorat savollari. 1. Tog‘ jinslarini g‘ovakligi tо‘g‘risida tushunchalar bering? 2. О‘tkazuvchanlikka ta’rif bering? 3. Tog‘ jinsining mexanik xossalariga nimalar kiradi? 4. Kapillyar kanallarni tushuntirib bering? 5. Darsi qonunining asosiy parametrlarini izohlab bering? 6. Sizilish koeffitsiyentining fizik ma’nosini tushuntiring? 7. О‘tkazuvchanliklarning turi va ma’nosini tushuntiring? 8. Tutqichlarning turini tushuntiring? 9. Qatlamdagi bosimni va haroratni о‘zgarishining qonuniyatini tushuntiring? 10. Qatlamdagi bosimning anomallik xususiyatlarini izohlab bering? Download 149.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling