4-mavzu: tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari
Yer qobig‘ining bosimi va harorati
Download 149.54 Kb. Pdf ko'rish
|
NGQBJU-4-ma\'ruza-2023
4.4. Yer qobig‘ining bosimi va harorati
Qatlam sharoitida neft, gaz va suv doimiy ravishda bosim ostida bо‘ladi. Bu bosim qatlam bosimi deb ataladi. Qatlam energiyasining zaxirasi, qatlam sharoitidagi neft va gazning xossalari qatlam bosimiga bog‘liq bо‘ladi, bu bosimning kattaligi mahsuldor qatlamning joylashish chuqurligiga va uning ustki qismidagi tog‘ jinslarining tarkibi, tektonik kuchlar, harorat va shu uyumda sodir bо‘ladigan kimyoviy jarayonlarning mexanizmlari kabi omillarga bog‘liq bо‘ladi. Uyumda joylashgan neft va gazga tog‘ bosimi tog‘ jinslarining meneral tarkiblari orqali uzatiladi. Eritma va gazlar о‘tkazmaydigan bekituvchi tog‘ jinslarining qatlamida anomal tog‘ bosimini hosil qiladi va bu bosim miqdori bо‘yicha gidro statik bosimdan yuqori bо‘ladi. Gidro statik bosim tektonik kuchlarga nisbatan taqqoslanganda, qatlam bosimining kо‘tarilishiga yoki pasayishiga olib keladi. Qatlam sharoitidagi harorat ta’sirida tarkibi neft va gazdan iborat bо‘lgan murakkab uglevodorodlarning parchalanishi natijasida juda kо‘p turdagi oddiy uglevodorodli molekulalar paydo bо‘ladi. Natijada eritma va gazlarning hajmi kengayadi va bunga mos ravishda qatlam bosimi ham oshadi. Haroratning о‘zgarishi turli xil tarkibdagi uglevodorodlarning о‘zaro kimyoviy reaksiyalarni sodir etadi va bu reaksiyalar natijasida hosil bо‘lgan mahsulotlar qatlamni sementlanishga va tog‘ jinslari 7 g‘ovakligi о‘lchamlarini kichrayishiga olib keladi. Bunga mos ravishda ajratilgan qatlamda bosimning о‘z-о‘zidan kо‘tarilishi yuzaga keladi. Qatlamdagi eritma va gazlarning zichliklari ma’lum bо‘lganda qatlamning bosim qiymatini hisoblash yо‘li bilan aniqlash mumkin. Agar quduq eritma bilan tо‘ldirilgan va hech qayerga oqib ketmasa, unda qatlam bosimi gidro statik bosim kabi quyidagi formula orqali aniqlanadi: g H P qat (4.4) bu yerda : q at P - boshlang‘ich qatlam bosimi, Pa; H - qatlamning joylashuv chuqurligi, m; g - erkin tushish tezlanishi, m/s 2 ; ρ - eritmaning zichligi, kg/m 3 ; Agar quduqdan eritma oqsa yoki favvoralansa, unda . .u q qat H g H P (4.5) bu yerda: . .u q P – quduq ustidagi bosim, Pa ; Agar quduqdagi eritma sathi quduq ustigacha yetib bormasa, u holda qatlam bosimi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: g H P qat 1 (4.6) bu yerda: 1 Н - quduqdagi eritma ustunining balandligi, m; Qatlam bosimi bir sathdagi tekisliklarning bosimiga mansub bо‘lib, bunday tekiclik sifatida dengiz sathini yoki qatlamdagi suv va neftning birlamchi boshlang‘ich tutashuv chizig‘i sathini tushunish mumkin. Shartli ravishda qabul qilingan tekislikdagi bosim qiymatlariga nisbatan olingan qatlam bosimiga – keltirilgan qatlam bosim deb ataladi va quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi: n qat kel g H P P 1 1 . 1 (4.7) s qat kel g H P P 2 2 . 2 (4.8) bu yerda: 1 Р va 2 Р - mos ravishda q at P 1- va 2- quduqlardagi о‘lchangan qatlam bosimi; Pa; ; 1 Н va 2 Н quduq tubidan suv-neft tutashuvigacha bо‘lgan masofa,m; n va s – mos ravishda neft va suvning zichligi, kg/m 3 . Neft konlarini ishlatish davrida texnologik jarayonlarga ta’sir qiladigan bir nechta bosim turlari mavjud. Bularga quduq tubidagi statik va dinamik bosimlar, о‘rtacha muallaq qatlam bosimi, о‘rta muallaq hajm bо‘yicha qatlam bosimi, boshlang‘ich qatlam bosimi va qatlamning joriy bosimi kabilar kiradi. Quduq tubidagi statik bosim quduq uzoq vaqt tо‘xtatilgandan keyin о‘rnatiladi. Statik bosim quduqdagi eritma ustunining gidrostatik bosimi bо‘lib, quduqdagi eritma sathidan quduqning tubigacha bо‘lgan musofada о‘lchash о‘tkazilgandagi bosim. Odatda bunday eritma sifatida perforatsiya oraliqlarining о‘rtasigacha bо‘lgan masofa ham qabul qilinadi. Statik bosim kо‘p holatlarda qatlam bosimi sifatida о‘rnatiladi. Statik sath - bu quduq usti ochiq va uzoq muddat tо‘xtatilgandan keyin barqarorlashgan eritma ustuning sathi. Quduq tubidagi dinamik bosim quduqdan eritma yoki gaz qazib olinganda quduq tubidagi barqaror bosim. Quduqqa suv, polimerlar, issiqlik tashuvchilar va eritma haydash davridagi bosim ham dinamik bosim deb yuritiladi. Umumiy holda dinamik bosim quduq tubidagi bosim ham deb ataladi. Quduqdagi eritmaning dinamik sathi – bu quduq ishlayotgan paytdagi barqarorlashgan eritma sathidir. Qatlamni о‘rtacha bosimi qatlamning holati, undan neft va gazni olish imkoniyati hamda geologik-texnologik tadbirlarni о‘tkazishdagi samaradorlik hamda uyumni tejamkor ishlatishga kо‘maklashuvchi imkoniyatlar haqida ma’lumot beradi. Download 149.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling