4-mavzu: tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari
Download 149.54 Kb. Pdf ko'rish
|
NGQBJU-4-ma\'ruza-2023
P
V V 0 (4.1) P V V 0 (4.2) bu yerda: ∆V - bosim qiymatining ΔR ga о‘zgarganda tog‘ jinsi g‘ovakligi natijasida hajmining о‘zgarishi, m 3 ; β - g‘ovak muhitning elastik hajm о‘zgarishi, Pa -1 . Neft tarkibli tog‘ jinslarining elastik hajmiy koeffitsiyenti laboratoriya sharoitlarida aniqlangan qiymatlari β =(0.3÷2) . 10 -5 Pa -1 oraliqlarida о‘zgaradi. Tog‘ jinslarining elastik hajmiy koeffitsiyenti uncha katta qiymatga ega bо‘lmasa ham, neft va gaz g‘ovaklik muhitining ham elastik deformatsiya jarayoni qatlam holatiga amaliy jihatdan ta’sir qiladi. Qatlam holatida neft va gaz qazib olishda bosim о‘zgarganda bu qiymat miqdor bо‘yicha oshadi. Shuning uchun tog‘ jinsining mustahkamligi, siqilishi va yorilishi kabi tavsiflarini bilish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, tog‘ jinslarining bu xossalari quduqlarni torpedalash usuli bilan yoriqlar ochib yuksizlashtirishda, qatlamni gidravlik yorishda va boshqa shu kabilarda juda muhimdir. Ba’zi bir tog‘ jinslarining siqilishga mustahkamlik qiymatlari quyidagicha: bazaltlar uchun - 5000∙10 5 Pa. gacha; zichlamali ohaktoshlar uchun - 2600∙10 5 Pa. gacha; ohaktoshli sementlashgan qumtoshlar uchun - 200÷1000∙10 5 Pa va slanslar uchun - 1000∙10 5 Pa gacha *. Tog‘ jinslarining siqilishga mustahkamligi juda yuqori bо‘ladi, deformatsiyaga va boshqa turdagi mustahkamlikka yuqori emas, masalan, tog‘ jinslarida chо‘zilishga mustahkamlik siqilish mustahkamligining 0,2 qiymatiga teng bо‘ladi. Tog‘ jinslarining yorilishi, egilishi va siljishi jarayonida mustahkamligi kichik bо‘lib, uning siqilishdagi mustahkamligining о‘ndan bir yoki yuzdan bir ulushiga teng bо‘ladi. Ohaktoshlarning mustahkamligi uning tarkibida gilli zarrachalar miqdorining kо‘payishi bilan pasayib boradi. Shuningdek, qumoqtoshlar mustahkamligi ham ohaktoshli tarkibda gilli zarrachalarning kо‘payishi bilan kamayadi. Ohaktoshlar va qumoqtoshlar suvga tо‘yintirilgandan keyin ularning mustahkamligi dastlabki ________________________________________________________ 62. Oil Well Testing Handbook, Amanat U. Chaudhry, 2011, 72 page qiymatidan 20-45 % gacha pasayadi. 5 Tog‘ jinslarining plastiklik xossasi, yani katta bosimda yoriqlar paydo bо‘lmaslik xususiyatlari chuqur quduqlarni burg‘ilashda har xil murakkabliklarning paydo bо‘lishiga qarshilik kо‘rsatish qobiliyatini belgilaydi. Juda katta chuqurlikdagi tog‘ jinslari о‘zidan yuqorida joylashgan tog‘ jinslari massasi tasirida bо‘lganligi uchun burg‘ilashda murakkabliklarga yoki har xil mushkulotlarga olib keladi. Yer qobig‘ida burmalarning shakllanishi, tekis egilishli qavariqli yoki botiqli egilmalar tog‘ jinslarining plastik xossalari natijasida sodir bо‘ladi. Download 149.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling