4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
kredit resurslarini eng ko‘p samara beradi- gan sohalarga yo‘naltirish
Download 117.17 Kb.
|
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar
Bu belgilangan dasturlarning izchil ravishda amalga oshirilishi milliy valyutamizning mustahkamlanishiga, qat'iy valyutalarga nis- batan uning almashuv kursining barqarorlashuviga ahamiyatli dara- jada ta’sir ko'rsatadi. Milliy valyutamiz so‘mning barqarorligini ta’minlash, uning xarid quwatini oshirish doimiy ravishda davlatimizning e'tiborida bo‘lib, uning chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Uning bir misoli sifatida mam- lakatimiz Prezidenti tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan farmonini aytish mumkin. Bu farmonda “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyo- satini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga sol- ishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”10 bandi kiritilgan. Bundan tashqari ushbu harakatlar strategiyasida maml akatimizda ish- lab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar hajmini, turini ko‘paytirish, sifatini oshirish, ular sotiladigan bozorlar miqyosi va geografiyasini kengaytirishning bir qancha yo‘nalishlari, chora-tadbirlari belgilan- gan bo‘lib, ular milliy valyutamiz barqarorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Xulosalar Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning paydo boTishi ijtimoiy mehnat taqsimotining hamda xususiy mulk kelib chiqib, ish- lab chiqaruvchilar alohidalashuvining rivojlanishi bilan bogTiq. Tovaming ikki xossasi - nafliligi (iste'mol qiymati) va qiy- mati tovarda gavdalangan inson mehnatining ikki yoqlama tavsifi natijasida vujudga keladi. Agar naflilik (iste’mol qiymati) aniq mehnat orqali yaratilsa, almashuv qiymati abstrakt mehnatning nati- jasi hisoblanadi. Qiymat tovaming ijtimoiy xossasi boTib, unda tabiat ashyo- larining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning aso- sida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi. Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida asosan ikki xil yo‘nalishdagi yondashuv mavjud: qiymatning mehnat nazariyasi, naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazari- yalari. Birinchi nazariya tovar qiymatini unda mujassamlashgan ij- timoiy zamriy mehnat sarflari tashkil qiladi desa, ikkinchi nazariya tovaming qiymatini uning nafliligi, ayniqsa keyingi qo‘shilgan tovar nafliligi belgilab beradi, deb ko‘rsatadi. Tovarlami ayirboshlash jarayonining uzoq vaqt rivojlanishi natijasida umumiy ekvivalent vazifasini bajamvchi, boshqa hamma tovarlami ayirboshlash mumkin boTgan alohida tovar pul sifatida ajralib chiqdi. Pul o‘zining rivojlanish tarixida quyidagi bosqichlami bosib o‘tdi: tovar pullar (pul o‘mini har xil mahsulotlar bosgan); toTa qiy- matga ega pullar (oltin yoki kumush); toTa qiymatga ega boTmagan pullar (qog‘oz pullar, oddiy metall tangalar); kredit pullar (veksel, banknot, chek, kredit kartochka). Mamlakatimizning mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda milliy valyutamiz (so‘mning) muomalaga kiritilishi ni- hoyatda katta rol o‘ynadi. Asosiy tayanch tushunchalar Download 117.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling