4-mavzu. Transport xizmatlarni bron qilishning asosiy tizimlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana28.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1237871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4- ma`ruza matni.Turizmda transport xizmatlari.

Fidelio tizimi. Mehmonxonalar va restoranlar uchun boshqaruv tizimlari 
yaratishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik Micros-Fidelio korporatsiyasining 
kompleksi eng ko’p tarqalgan universal mahsulot hisoblanadi. Fidelio tizimi 100 
dan ortiq yirik mehmonxona tarmoqlari (Sheraton, Hilton, Marriot, Kempinsky, 
Hyatt, va h.k) da o’rnatilgan. MDH va Boltiqbo’yi mamlakatlari hududidagi 90 
dan ortiq mehmonxonalar ham o’z faoliyatidan mana shu texnologiyalardan 
foydalanadi. Fidelio tizimi mehmonxona ishining nomerlarni kompyuterda 
rezervlahtirish, mehmonlarni ro’yxatga olish, joylashtirish va ro’yxatdan 
chiqarishdan nomerlar fondini boshqarish, buxgalteriya va moliya ishlarini 
yuritishgacha bo’lgan barcha bosqichlarini qo’llabquvvotlaydi. Tizim muomilada 
juda soda bo’lib, biron-bir alohida shaxsiy kompyuterlarni taqazo etmaydi va har 
qanday kattalikdagi mehmonxonalarda foydalanish uchun mosdir.
Lodginng Touch tizimi. Mehmondo’stlik sanoati uchun dasturlar ishlab 
chiqish sohasidagi yetakchi tashkilotlardan biri, Aqshning MAI Hospitality 
kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda Lodging Touch tizimi 
mehmonxona biznesini kompleks avtomatlashtirish dastiriy vositalarining eng 
zamonaviylaridan biri hisoblanadi. Dastur to’la rusifikatsiya qilingan va MDH 
bozori uchun moslashtirilgan. Bosha shunga o’zshash tizimlardan farqli o’laroq 
Lodging Touch tizimi Windows NT operatsion muhitida faoliyat ko’rsatadiki, bu 
uning faoliyat diorasining ancha kengaytiradi, shuningdek u bilan, ishlash usulini 
oson o’zlashtirish imkonini beradi.Loding Touch - Porte tizimi modul prinsipiga 
asosan tuzilgan. Operatsion blok tizimining bosh bo’g’inin tashkil etadi. U 
nomerlarni bronlashtirish (bronni rasmiylashtirish va bekor qilish kutish 
varaqalarini yuritish, mehmonxona qavatlarini ko’zdan kechirish) mehmonlarni 
joylashtirish va ro’yxatdan chiqarish, to’lovlarini kiritish va tungi audit taomili 
funksiyalarini qo’llab-quvvotlaydi. Shu yerda mehmonxonadagi holat to’g’risidagi 
hisobotni (grafik yoki jadval variantlarida) ko’zdan kechirish, turli-tuman 
ma’lumotlar (mehmon kartochkalari, passport ma’lumotlari va h.k) olish mumkin. 


Tizim mehmonxonaning turli bo‘imlari: porte, restoran xizmati, sotish, banketlar
tashkil etish bo‘limini avtomatlashtir uvchi dasturlarning birlashtirilgan paketidan 
tashkil topgan. Lodging Touch tizimi buxgalteriya dasturlari, mehmonxona
daromadini oqilonalashtirish tizimlari, pullik televideniye, telefon, nomerga
kirishni nazorat qilish va boshqa tizimlar bilan bog‘lanishi mumkin. Lodging
Touch-Porte tizimi modul prinsipiga asosan tuzilgan. Operatsion blok 
tizimning bosh bo‘g‘inini tashkil etadi. U nomerlarni bronlashtirish (bronni 
rasmiylashtirish va bekor qilish, ko‘tish varaqlarini yuritish, mehmonxona
qavatlarini ko‘zdan kechirish), mehmonlarni joylashtirish va ro‘yxatdan
chiqarish, toTovlarni kiritish va tungi audit taomili funksiyalarini qo‘llab
quvvatlaydi. Shu yerda mehmonxonadagi holat to‘g‘risidagi hisobotni (grafik 
yoki jadval variantlarida) ko‘zdan kechirish, har xil ma’lumotlar (mehmon
kartochkalari, pasport ma’lumotlari va h.k.) olish mumkin. Lodging Touch
tizimining boshqa ayrim dasturiy modullari qatoriga tariflarni boshqarish bloki, 
nomerlar fondini boshqarish bloki (nomerlarni tozalash va xodimaning ish
grafigini tuzish uchun mo‘ljallangan) kiradi. Lodging Touch tizimida turistik 
agentliklar bilan ishlash dasturiy bloki ham bo‘lib, u agentliklardan olingan 
buyurtmalarni rasmiylashtirish, vositachilik haqini hisoblash, chegirmalar va
maxsus takliflarni belgilash, statistika ma’lumotlarini ko‘zdan kechirish imkonini 
beradi. Lodging Touch tizimining MDH mamlakatlaridagi rasmiy distribyutori
Libra Hospitality kompaniyasidir. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling