4-mavzu. Xalqaro valyuta munosabatlari


Valyutalarni oldi-sotdi qilish bo’yicha bitim tuzayotganda spot va forvard valyuta kurslaridan foydalaniladi


Download 57.39 Kb.
bet6/19
Sana18.06.2023
Hajmi57.39 Kb.
#1578258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-mavzu-XMM

Valyutalarni oldi-sotdi qilish bo’yicha bitim tuzayotganda spot va forvard valyuta kurslaridan foydalaniladi.

  • Valyutalarni oldi-sotdi qilish bo’yicha bitim tuzayotganda spot va forvard valyuta kurslaridan foydalaniladi.
  • Spot kurs (spot rate)–valyuta oldi-sotdi bitimini tuzish paytida belgilangan, valyuta bozoridagi talab va taklif asosida shakllangan, joriy valyuta kursi bo’lib, bu kurs boʻyicha tuzilgan bitimlarda uning ishtirokchilari kelishilgan valyutalarni qisqa vaqt (bitim tuzilgan kundan boshlab 2 ish kuni) ichida etkazib berishni oʻz zimmalariga oladilar.
  • Forvard (muddatli) valyuta kursi (forward rate) –kelajakda, odatda, 2 ish kunidan ortiq muddatda valyutalarni oʻzaro ayirboshlash uchun foydalaniladigan, joriy valyuta kursi asosida belgilangan muddat uchun taxminiy hisoblangan valyuta kursidir. Shartnomada belgilangan muddat kelganda, bitimda ko’rsatilgan kursdan joriy kurs farq qilsa, bundan bir tomon foyda oladi, boshqa tomon esa, zarar koʻradi.
  •  

Nominal valyuta kursi (nominal exchange rate) – bir milliy valyuta birligining xorijiy valyuta birligiga ifodalangan bozordagi bahosi, yoki ikki valyuta oʻrtasidagi joriy kursdir.

  • Nominal valyuta kursi (nominal exchange rate) – bir milliy valyuta birligining xorijiy valyuta birligiga ifodalangan bozordagi bahosi, yoki ikki valyuta oʻrtasidagi joriy kursdir.
  • Real valyuta kursi (real exchange rate) – nominal valyuta kursi asosida ikki mamlakatdagi bir xil turdagi tovar va mahsulotlar narxlari darajasini o’zaro nisbati orqali hisoblangan valyuta kursidir. Real ayirboshlash kursi xalqaro iqtisodiy nazariyada “savdo shartlari” (terms of trade)dan birinio’zida namoyon etadi. Jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiyotlarni, xususan, YaIM, YaMD (Yalpi milliy daromad)ni oʻzaro solishtirish odatda, real valyuta yoki valyutalarning xarid quvvati pariteti boʻyicha hisoblangan kurslari orqali amalga oshiriladi.
  •  

Download 57.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling