4-mavzu: xodimlarni boshqarish tizimi


sakkizta asosiy funksiyani bajaradi. Bular


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana21.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1217842
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-MAVZU

sakkizta asosiy funksiyani bajaradi. Bular: 
• 1) xodimlarga ehtiyojlarni rejalashtirish
• 2) xodimlarni tanlash
• 3) xodimlarni yollash
• 4) xodimlarni rivojlantirish
• 5) xodimlarni yo‘naltirish; 
• 6) martaba; 
• 7) xodimlarni baholash
• 8) xodimlarni rag‘batlantirish. 


• Xodimlarni boshqarish xizmatlari jahondagi etakchi kompaniyalar va 
firmalarda korxonaning asosiy bo‘linmasi hisoblanadi. Amaliyotda ular 
zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: 
• —kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor xodimlar bilan 
ta’minlash; 
• —xodimlarni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillash-tirish; 
• —xodimlarning barcha toifalarini o‘z mehnatidan qoniqish hosil qilish 
darajasini oshirish; 
• —xodimlar malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va 
yuksak darajada ushlab turish; 
• —qulay ma’naviy muhitni saqlash; 
• —xodimlar va rahbariyat uchun o‘zaro foyda keltirishini ko‘zlagan holda 
xodimlarni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish; 
• —martabani rejalashtirish; 
• —xodimlar ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma innovatsiya 
rejalarini amalga oshirishda ko‘maklashish; 
• —xodimlar faoliyatini baholash va boshqaruv xodimlarini attestatsiyadan 
o‘tkazish uslublarini takomillashtirish. 
• Xodimlarni boshqarish xizmati va menejerlar korxona (firma) uchun kadrlar 
tanlar ekan, ularda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni (oilaviy ahvol, funksiyalari 
o‘zgartirilgan holda xizmat vazifa-larining o‘zgartirilishi va hokazolarni) ham 
hisobga olishni talab etadi. 


• Xodimlarni boshqarish xizmati funksiyalari har bir korxona faoliyatiga bog‘liq. 
SHunday bo‘lsa-da, odatda ularning funksiyali tuzilmasi quyidagicha bo‘ladi: 
• Kadrlar bo‘limi: 
• —xodimlarni yollash va tanlash, shu jumladan, ularni test sinovidan o‘tkazish; 
• —yangi xodimlarni xizmat vazifasiga joylashtirish; 
• —xizmatni o‘tash va xizmat vazifasida ko‘tarilishini rejalash; 
• —faoliyatni baxolash; 
• —kasbga yo‘naltirish; 
• —ishdan bo‘shayotganlar bilan suhbat o‘tkazish funksiyalarini bajaradi. 
• Ish haqi bo‘limi: 
• —xizmat vazifalarini tahlil etish;—ishlar tasnifi va ularni tariflash; 
• —haqto‘lash va mukofotlash tizimini ishlab chiqish; 
• —tarif stavkalari va shaxsiy haq to‘lash me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish bilan 
shug‘ullanadi. 
• Mehnat munosabatlari bo‘limi: 
• —jamoa shartnomalarida ishtirok etadi va kelishilgan siyosatni faol o‘tkazadi; 
• —mehnat shartnomalarida belgilangan asosda shikoyatlar bilan ishlaydi, barcha 
bahslarni hal etadi; 
• —firma ma’muriyati va xodimlar o‘rtasida shaxsiy va guruhiy aloqalar va 
munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi; 
• — shaxsiy ishlar va mehnat statistikasini olib boradi. 


• Kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash bo‘limi: 
• —ishlab chiqarish ta’limi bilan shug‘ullanadi, shu jumladan yangi xodimlarga yo‘riq 
beradi; 
• —firma xodimlari orasidan malakali ishchilarni qayta tayyorlash dasturlari «ustoz—
shogird» tizimini yo‘lga qo‘yadi; 
• —yo‘riqchilar (ustalar, texniklar, boshqaruvchilar)ni maxsus kurslarda o‘qitadi; 
• —o‘quv materiallari tayyorlaydi; 
• —firma xodimlarining shaxsiy dasturlar asosida o‘qish xarajatlarini qoplaydi; 
• —kutubxona fondini boyitadi; 
• —korporativ nashrlar (ko‘p nusxali gazetalar va jurnallar), ratsionalizatorlik 
takliflarini to‘plash bilan shug‘ullanadi; 
• —tashqi o‘quv markazlari bilan aloqada bo‘ladi; 
• —o‘quv dasturlari hisob-kitobi va statistikasini olib boradi. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling