4-mavzu: xodimlarni boshqarish tizimi


Ijtimoiy rivojlanish bo‘limi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana21.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1217842
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-MAVZU

Ijtimoiy rivojlanish bo‘limi: 
• —jamoa (guruh) bilan ixtiyoriy sug‘urta (hayotni, sog‘liqni, baxtsiz hodisalardan 
sug‘urta) qilish; 
• —pensiya ta’minoti tizimi, firma xodimlari uchun huquqiy yordam; 
• —ishdan bo‘shaganda kompensatsiya to‘lash; 
• —ovqatlanishni tashkil etish; 
• —dam olishni tashkil etish: ijtimoiy va sport-sog‘lomlash-tirish dasturlari 
(tadbirlari). 


• Mehnat xavfsizligi va tibbiy yordam bo‘limi: 
• —texnika xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish; 
• —tovarlar, loyihalar, jihozlarning xavfsizlik standartlariga muvofikdik 
ekspertizasini amalga oshirish; 
• —baxtsiz hodisalarni tekshirish, bu haqda tegishli hujjat-larni 
rasmiylashtirish; 
• —ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, bu masalada tegishli 
targ‘ibot ishlarini olib borish; 
• —xodimlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish; 
• —xodimning ishlab chiqarishda yo‘kdigi sabablarini anikdash va tahlil etish. 
• Xodimlar bo‘iicha tadqiqotlar bo‘limi: 
• —ma’lumotnomalar tayyorlash; 
• —kadrlar xizmati uchun hujjatlar aylanishi shaklini ishlab chiqish; 
• —kadrlar bilan ishlash qoidalari, me’yoriy usullari va tartib-larini ishlab 
chiqish; 
• —mehnat munosabatlarini taftish qilish; 
• —hayot qiymati, mehnat bozorida ish haqi darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar 
to‘plash va ma’muriyat hisobotlarini taqdim etish, ish haqi, mehnat ta’tili 
tizimlari bo‘yicha takliflar tayyorlash; 
• —turli tadqiqotlar o‘tkazish va statistika sohalarida barcha bo‘linmalar bilan 
hamkorlik qilish vazifalarini bajaradi. 


• Xodimlarni boshqarishning chet el tajribalari. Transmilliy 
korporatsiyalar, qo‘shma korxonalar, 100 foizli Nizom 
jamg‘armasiga ega chet el sarmoyasi hisobiga shakllangan 
qo‘shma korxonalar jadal rivojlanib borayotgan hozirgi global-
lashuv sharoitida xodimlarni boshqarishning umum e’tirof 
etilgan qoida va tamoyillari bilan bir qatorda ushbu sohada 
har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish 
kerak. 
• Ikki yoki bir necha mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida 
tashkil etilgan qo‘shma korxonalarda tadbirkorlar o‘z 
sheriklari-ning davlatidagi nafaqat amaldagi qonunchiligi, 
balki o‘ziga xos mehnat etikasi, milliy xususiyatlarini, 
madaniyatini, urf-odatlarini ham juda yaxshi bilishlari talab 
etilmoqda. SHuning uchun, aytaylik, yaponiyalik 
ishbilarmonlar o‘zlarining AQSHda joylash-tirilgan 
korxonalarida xodimlarni boshqarishning an’anaviy uslublarini 
amerikaliklarning ichki ishlab chiqarish munosa-batlari va 
turmush tarzini hisobgaolgan holda sezilarli darajada 
o‘zgartiradilar. 


• Gollandiya modelida imzolangan bitimlarga hurmat 
hamda firmaning har bir a’zosi tomonidan bu bitimlar 
ijrosini eng yaxshi tarzda bajarish uchun maqbul 
yo‘llarni izlash xosdir. Ammo belgilab qo‘yilgan qoida 
va tamoyillar o‘zgargan taqdirda ishlab chiqarish 
tarkibidagi xohlagan bo‘g‘in yangi bitim bo‘yicha o‘z 
tashabbusi bilan chiqishi va uni yangi bitim 
imzolangunga qadar himoya qilish huquqiga ega. 
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, boshqaruvning bu 
modeli gollandiyaliklarning XVI asrdayoq tarkib 
topgan siyosiy tamoyillariga borib taqaladi. O‘sha 
davrda muhim qarorlar qabul qilish uchun mamlakat 
provinsiyalari aholisiga yangi qarorlarning ahamiyati 
to‘g‘risida uzoq vaqt tushuntirish olib borish va ularni 
ushbu prinsipial masalalarda bir murosaga keltirish 
kerak bo‘lgan. 


 
 
E’tiboringiz uchun raxmat 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling