4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISH MAVZUSINING DOLZARBLIGI
14
Nazariyani qayerda qo‘llash mumkin, uni qo‘llashni mustaqil ravishda hal qilish yoki ancha tajribali dasturchiga maslahat olish uchun murojaat etish bilan bog‘liq barcha hodisalarni amalga oshirishga qodirlik. Muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda o‘zini qo‘lga olish va boshqa yondashuvlarni izlashga qodirlik. Shunday ekan, ilmiy va texnik jarayonlarning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini hisobga olib, yuqori malakali, raqobatbardosh va kasbiy kompetentli dasturchilarni tayyorlash vazifasini birinchi o‘ringa qo‘yish mumkin. Bunday kadrlar mamlakatimizning axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirishga va haqiqiy dasturiy mahsulotlar yaratib ichki va tashqi bozor ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. BITIRUV MALAKAVIY ISH MAVZUSINING DOLZARBLIGI Ushbu bitiruv malakaviy ish dasturlarni bajarilish jaryonini imitatsiya qilish haqida bo’lib, so'nggi yillarda, axborotlashgan jamiyatga o‘tish ta’lim tizimidan, atrofdagi real voqeliklarga tezda moslasha oladigan, nafaqat axborotlarni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash, balki yangilarini yaratish, axborot oqimlarini boshqarish hamda ularga samarali ishlov berishga qodir bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashning printsipial jihatdan yangi muammolarini hal etishni talab etadi. Mutaxassislarga qo’yilayotgan talablarning o‘zgarishi, kutilishi mumkin bo‘lgan natijalarning globalligi, nostandartligi, tizimli va fanlararo xususiyatlari bilan farqlanuvchi yangi turdagi nazariy va amaliy vazifalarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Dasturlashni o’rgatishda talabalarga dastur tuzishni ularning bajarilish jarayonini imitatsiya qilishni qo’llash natijasida o’quv jarayoni qiziqarli bo’ladi, talabalar dars mazmunini chuqurroq, tеzroq tushunishadi, darsni mustahkam o’rganishadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini yuqorida ma’lumotlardan ham ko’rinib turibdi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling