4 reja kirish asosiy qism


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/59
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1556148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
Kitob 9035 uzsmart.uz

11 
 
mutaxassislarga nisbatan samarali hal qilish uchun yetarli bo‘lgan resurslari holati 
orqali belgilanadi. 
Oliy ta’lim muassasasida dasturchilarni tayyorlashda mavjud ish beruvchilar 
bilan chambarchas aloqani o‘rnatish va ko‘mak olish eng muhim hisoblanadi. 
Bugungi kunda yosh mutaxassislarning ish o‘rinlariga moslashishlari bilan bog‘liq 
talaygina muammolar mavjud. Ulardan biri, ish jarayonida yuzaga keluvchi, 
guruhda yangi yosh mutaxassislarni kasbiy rivojlantirish, ularda dasturiy 
ta’minotni jamoaviy ishlash tamoyillari va qoidalari haqidagi ma’lumotlarning 
amalda mutlaqo mavjud emasligi muammosi bo‘ldi. Bunga qo‘shimcha ravishda 
dasturiy ta’minot yaratishning umumiy tamoyillarini yetarlicha tushunmasligi, 
shuningdek, ingliz tilini va algoritmlashning qoniqarsiz darajada bilishi. 
Axborot texnologiyalari sohasida tayyorlanayotgan bo‘lajak mutaxassislarga 
zamonaviy ish beruvchilarning talablarini o‘rganib va tahlil qilib, quyida bizning 
fikrimizcha, eng muhim deb hisoblangan jihatlarni keltirdik: 

Ingliz tilini bilish. U malakalar majmuidan tashkil topib, uning tarkibida 
quyidagilarni belgilash mumkin: matnlarni o‘qish va yozish malakasi, og‘zaki 
nutqni tushunish va so‘zni tinglab talaffuz qilish malakasi. 

Matematikaga oid bilimlarni yaxshi egallaganlik. Dasturchi o‘zining 
fikrlarini aniq va ravshan ifodalashi lozim. Mantiqiy fikrlash, matematik apparatga 
ega bo‘lish, matematikadan to‘g‘ri foydalanish uzoq fikrlashdan vaqt tejalishiga 
olib keladi. 

Dasturlashtirishning asosiy g‘oyalaridan foydalanishni bilish. Eng muhim 
sanalganlardan ba’zilarini keltiramiz: tizimli dasturlashtirish g‘oyasini bilish zarur, 
obyektga yo‘naltirilgan dasturlashtirish asoslari va yuqoridan-pastga va pastdan-
yuqoriga loyihalash ta’minoti vositalarini tasavvur qilish; ma’lumotlar tuzilmasini 
bilish zarur, oddiylardan murakkablarni qura olish; oddiy va hodisaga 
yo‘naltirilgan dasturlashtirish o‘rtasidagi farqni tushunish foydali; Internet uchun 
dasturlashtirish va mijoz-server arxitekturasi haqida tasavvurga ega bo‘lish; 



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling