4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
20
holatning asosiy tomonlarini o‘zida aks ettiruvchi sun’iy tajriba o‘tkaziladi. Buning uchun esa sistemada ro‘y berayotgan xodisalar ketma-ketligining sun’iy imitatsiya qilish usulini o‘ylab topishimiz lozim bo‘ladi. Masalalarni echishda eng muhim tushuncha – bu model tushunchasidir. Model - ob’ekt, sistema yoki tushuncha (g‘oya) ning uning mavjudlik ko‘rinishdan farqli bo‘lgan biror bir holatdagi ifodasidir. Model bizga sistemaning o‘rganish, tushunish, izohlash, mukammalshtirish sohasida yordam berishi mumkin bo‘lgan vosita hisoblanadi. Model biror ob’ektni to‘la va aniq yoki biror bir xususiyatlarini ifodalashi mumkin. Eslatma: Ob’ektning absolyut aniq modeli uning o‘zidir. +olgan barcha modellar taqribiy model hisoblanadi. Imitatsiya – modellashtirish ko‘rinishlaridan biridir Model – bu mantiqiy yo‘l bilan u yoki bu xarakat natijasini bashorat qilish yoki qiyoslashga imkon beruvchi vosita bo‘lib, oqibatda qilinishi mumkin bo‘lgan xarakatlardan eng yaxshisini tanlab ko‘rsata oladi. Imitatsiya – modellashtirishning ana shunday ko‘rinishlaridan biridir. Mohiyati jihatidan fan va texnikaning rivojlanishi insonning tabii xodisalarni imitatsiya qilish qobiliyatini rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Murakkab masalalarni samarali echishning asosiy elementlaridan mos keluvchi modellarni qurish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Bunday modellar turli hil ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ammo ulardan eng ko‘p qo‘llaniladigani – bu matematik modellardir. Unda real olam, ob’ekt va xodisalar matematik belgilar orqali ifodalanadi. Baxtga qarshi, har doim ham qo‘yilgan masala uchun matematik model qurib bo‘lavermaydi. Ko‘plab sanoat va xarbiy sistemalarni o‘rganar ekanmiz, biz maqsadni aniq o‘yishimiz, zarur cheklanishlarni o‘rnatishiz, bir qurayotgan konstruksityalar texnik va iqtisodiy qonunlarga bo‘ysunishini nazorat ilishimiz mumkin. Bunda sistemaning komponentalari o‘rtasidagi muhim bog‘lanishlarni ani qlashimiz va u yoki bu matematik ko‘rinishda ifodalashimiz mumkin. Ekologik muammolarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling