4 reja kirish asosiy qism
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING TUZILISHI
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING TUZILISHI Bitiruv malakaviy ish kirish, asosiy qism (6 ta paragraf), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va internet materiallaridan iborat. 17 ASOSIY QISM 1-§. MODEL TUSHUNCHASI, IMITATSION MODELLASHTIRISH Sistema yoki boshqaruv masalalarini o‘rganayotgan tadqiqotchi tomonidan o‘rganilayotgan sistemaning modelini qurish jarayonini intuitiv (hissiy) san’ant deb qarash mumkin. Modellarni qurish uchun ishlab chiqilgan ixtiyoriy qoidalar to‘plami eng yaxshi xolatda bo‘lg‘usi model uchun karkas yoki boshlang‘ich punkt bo‘lishi mumkin. Modellashtirish jarayonini aniq atamalar yordamida tashkil qilishda biz intuitsiyaga asoslangan va ilgari modellashtirish bilan shug‘ullangan mutaxassislarning bilimlarini sistemaga solishga xarakat qilamiz. Baxtga qarshi, barcha ilmiy izlanishlarning natijalari olingan natijalarni to‘g‘ri ekanligini isbotlashga qaratilgan mantiqiy tuzilmalar ko‘rinishida bayon qilinadi va umumlashtiriladi. Bu mantiqiy tuzilmalar tadqiqotlar olib borilgan sharoitlarga xar doim xam mos kelavermaydi. Birorta xam ilmiy xisobotda keyinchalik tuzatilgan xato muloxazalar, falstartlar xaqida biror jumla topib bo‘lmaydi. Bunday xisobot va maqolalarda faqat xodisalar ketma-ketligi va tadqiqotchining izoxlari keltiriladi xalos. Albatta, modellarning tajribasiz quruvchisi uchun adabiyotlarda mantiqiy qurilgan retrospektiv ma’lumotlardan boshqa xeq narsa keltirilmaganligi uchun, u bu ma’lumotlarni tadqiqot jarayonini ifodalash uchun qabul qiladi. Ishlari kitoblarda aytilganidek (ko‘ngildagidek) ketmayotganligini ko‘rganidan keyin u o‘ziga ishonchni yo‘qotadi. Modellarning tajribali quruvchi esa model ishlab chiqish bilan bog‘liq muloxazalar qurish jarayoni adabiyotlarda keltirilganidan ancha farq qilishini biladi. Aftidan, modellashtirishning asosiy samarali metodikasi modellarni sinchkovlik bilan tanlab olishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Odatda, juda sodda modeldan boshlab, murakkab vaziyatni to‘laroq ifodalovchi mukammalroq modellarga ketma-ket o‘tib boriladi. YAxshi tuzilgan strukturalarga o‘xshashlik va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling