4 reja kirish asosiy qism


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/59
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1556148
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
Kitob 9035 uzsmart.uz

40 
 
chegaralangan shartlari, u yoki bu vositalarning xarajatlari va hajmlaridan iborat 
bo‘ladi. Ular tadqiqotchi tomonidan kiritilishi yoki sistemaning mavjudligi va 
ichki-tashqi hususiyatlari bilan berilishi mumkin. 
Borlik olamning kichik bir uchastkasi xam to‘liq ifodalash, inson tomonidan 
tushunish uchun etarlicha murakkab xisoblanadi. Deyarli barcha muammoli 
vaziyatlar o‘ta murakkab bo‘lib, cheksiz sondagi ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, 
parametrlar va munosabatlarni qamrab olishi mumkin. Model qurishga xarkat qilar 
ekanmiz, biz unga cheksiz faktlarni kiritishimiz, katta vaqt sarf qilishimiz 
mumkin. Misol tariqasida, qo‘lga qog‘oz olib, xat yozish masalasini ko‘raylik. 
Buning uchun qog‘ozning kimyoviy tarkibi, qalam grafiti va o‘chirgichning turi, 
xavo namligini qog‘ozga ta’siri, qog‘ozga ishqalanish kuchi kabi ma’lumotlarni 
to‘plashga to‘g‘ri kelar edi. Ammo bu vaziyatda bizni faqat jo‘natiladigan xat 
qiziqtiradi va yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning birortasi ham bu masalaga 
aloqasi bo‘lmaydi. Demak, biz o‘rganilayotgan ob’ektga xos bo‘lgan real 
ma’lumotlarning kattagina qismini tashlab yuborishimiz mumkin. SHuning uchun 
ayta olamizki, barcha modellar real olamning soddalashtirilgan ifodasi yoki 
abstraksiyadir. Agar ular korrekt bajarilgan bo‘lsa, real vaziyatning aksi asliga 
yaqinlashtirilgan bo‘ladi.
Modelning u ifodalayotgan ob’ekt bilan o‘xshashligi izomorfizm deb ataladi. 
Model ikkita shartni qanoatlantirishi lozim. Birinchidan, model va u ifodalayotgan 
ob’ektning elemientlari o‘rtasida o‘zaro bir qiymatli moslik mavjud bo‘lishi lozim. 
Ikkinchidan, elementlar o‘rtasidagi munosabatlar aniq saqlangan bo‘lishi lozim. 
Modelning izomorfizmlik darajasi nisbiydir va ko‘pchilik modellar izomorfdan 
ko‘ra gomomorfroqdir.
Gomomorfizm deganda biz asosiy strukturalari farqli bo‘lsa ham shakl 
bo‘yicha o‘xshashlikni tushunamiz. Bu erda ob’ekt va uning modeli o‘rtasidagi 
faqat yuzaki o‘xshashliklar nazarda tutilmoqda. Gomomorf modellar 
soddalashtirish va abstraksiyalashning mevasi xisoblanadi.



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling