4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
42
modellashtiramiz. Bu erda ikki momentni nazarda tutish kerak bo‘ladi. Birinchidan, sintez uchun tanlab olingan kism yoki elementlar to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, ularning o‘zaro munosabatlari to‘g‘ri ifodalangan bo‘lishi kerak. Bu amallar analiz, soddalashtirish va abstraksiyalash jarayoni bo‘lib, o‘rganilayotgan sistema ishini approksimssiya qiluvchi modelni qurishga yordam beradi va biz real sistemani emas, balki uning modelini optimallashtiramiz. Biz qurgan model va real sistema o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mavjudligi va mosligi masalasi analiz, abstraksiya va sintez ishlarini qay darajada amalga oshirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 5-§. IMITATSION MODELLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. Borliq olamning kichik bir uchastkasi xam to‘liq ifodalash, inson tomonidan tushunish uchun etarlicha murakkab xisoblanadi. Deyarli barcha muammoli vaziyatlar o‘ta murakkab bo‘lib, cheksiz sondagi ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, parametrlar va munosabatlarni qamrab olishi mumkin. Model qurishga xarkat qilar ekanmiz, biz unga cheksiz faktlarni kiritishimiz, katta vaqt sarf qilishimiz mumkin. Misol tariqasida, qo‘lga qog‘oz olib, xat yozish masalasini ko‘raylik. Buning uchun qog‘ozning kimyoviy tarkibi, qalam grafiti va o‘chirgichning turi, xavo namligini qog‘ozga ta’siri, qog‘ozga ishqalanish kuchi kabi ma’lumotlarni to‘plashga to‘g‘ri kelar edi. Ammo bu vaziyatda bizni faqat jo‘natiladigan xat qiziqtiradi va yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning birortasi ham bu masalaga aloqasi bo‘lmaydi. Demak, biz o‘rganilayotgan ob’ektga xos bo‘lgan real ma’lumotlarning kattagina qismini tashlab yuborishimiz mumkin. SHuning uchun ayta olamizki, barcha modellar real olamning soddalashtirilgan ifodasi yoki abstraksiyadir. Agar ular korrekt bajarilgan bo‘lsa, real vaziyatning aksi asliga yaqinlashtirilgan bo‘ladi. Modelning u ifodalayotgan ob’ekt bilan o‘xshashligi izomorfizm deb ataladi. Model ikkita shartni qanoatlantirishi lozim. Birinchidan, model va u ifodalayotgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling