Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Anvar Obidjonning “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida er- tak” ertagini 2-qismini rollarga bo‘linib o‘qib, hikoya qiladilar. O‘quv- chilar bilan “Kim ko‘p hayvon nomini biladi?” o‘yini o‘tkaziladi.
Yangi mavzu bayoni.
“Shifrlangan so‘z” ta’limiy o‘yini.
– Aziz o‘quvchilar, hozir biz siz bilan “Shifrlangan so‘z” o‘yinini o‘ynaymiz. Buning uchun berilgan so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inini tanlab olib, ulardan so‘z tuzasiz. Agar siz bu topshiriqni to‘g‘ri bajarsangiz, bugungi darsimiz mavzusini bilib olasiz.
Masalan: A-ba-diy, yup-qa, na-bi-ra, chi-lan-gar, mar-ta-ba, laq-qa.
O‘qituvchi ertak muallifi Aziz Abdurazzoq haqida qisqacha ma’lumot beradi.
“Baqa bilan taqa” ertagi lavha orqali namoyish etiladi, ekran ortidan matn o‘qiladi.
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:
– Baqa qanday jonivor?
Baqa haqida nimalarni bilasiz?
Milliy hunarmandchilikka oid qanday kasblarni bilasiz? Turli kasb va hunar egalarining suratlari ko‘rsatiladi.
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
taqa – ot-ulov oyog‘ini zararlanishdan saqlash uchun tuyoq ostiga mixlab qoqiladigan metal buyum
ko‘lmak – chuqur joyga to‘planib qolgan yomg‘ir suvi
sandon – temirchi, miskar va zargarlarning qizdirilgan metallga ish- lov berishda uning ostiga qo‘yadigan asbobi
otashkurak – yonib turgan narsani qisib olish, olovni tuzatish uchun ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or asbobi
Ertak mazmuni tahlil qilinadi.
Bu ertak nima haqida ekan?
Ertak kimning nomidan aytilgan?
Ertak qahramonlari kimlar?
Nima deb o‘ylaysiz, baqa to‘g‘ri ish qildimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |