Darslik bilan ishlash.
“Ikki qismli kundalik” uslubi. O‘quvchilar ertakni juftlikda nav- bat bilan g‘ing‘illab o‘qiydilar. Hamma ertakni o‘qib bo‘lganiga ishonch hosil qilib, daftarni vertikal chiziq bilan ikkiga bo‘lish
so‘raladi. O‘quvchilarga, daftarning chap tomoniga muallif fikrlarini yoq- qanlarini yoki yoqmaganlarini yozishlari aytiladi. O‘ng tomonga o‘quvchi mazkur fikrga berilgan o‘zining izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan ertak haqi- dagi tushunchasini umumlashtirib beradi. Topshiriqning shu qismi tuga- gandan keyin o‘quvchilarga bittadan fikrni va ularga yozilgan izohni o‘qish taklif etiladi. Fikrlar va ularning izohlari o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur fikrga o‘z izohini berish ruxsat etiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida test topshiriqlari bajariladi.
Test topshiriqlari:
“Baqa bilan taqa” ertagining muallifi kim?
A) Rauf Tolib B) Anvar Obidjon D) Aziz Abdurazzoq
E) Shukur Sa’dulla
Baqa qayerda yashar ekan?
A) daryoda B) ko‘lmakda D) hovuzda E) ariqda
Baqa kimning oldiga boribdi?
A) zargar B) temirchi D) soatsoz E) taqachi
Baqaga xos bo‘lgan asosiy xususiyatni aniqlang.
qaysar B) dangasa D) yolg‘onchi E) quvnoq
Taqachi bolg‘ani qo‘yib, sandon ustidagi temirni … solayot-
ganda baqa yana salom beribdi. Gapdagi tushirib qoldirilgan so‘zlarni aniqlang.
suvga B) olovga D) loyga E) kulga
“Baqaga yordam bering” mashqi.
– Aziz o‘quvchilar, biz baqani maqollar yordamida tarbiya- lashimiz, to‘g‘ri yo‘lga solishimiz mumkin. Buning uchun maqollardagi tushib qolgan so‘zlarni topishda baqaga yordam
berishimiz lozim.
Ko‘rpangga qarab oyoq …(tuzat, uzat, kuzat)
Yetti o‘lchab bir … (o‘yla, so‘zla, kes)
O‘ynab gapirsang ham o‘ylab … (gapir, o‘qi, kul)
Ahmoq kalla oyoqqa dam … (kelmas, turmas, bermas)
Do'stlaringiz bilan baham: |