Uyga vazifa berish. “Bahor ta’rifida” rivoyatini ifodali o‘qish.
Mavzu: “Jala darakchisi”. (Habib Rahmat).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmunini chuqur tahlil qilish, she’rdagi urg‘u tushadigan so‘zlarni aniqlash, to‘xtam o‘rinlarini ajratish, asar tahlilida matndan misol tanlay olish, she’rni ifodali o‘qish- ga o‘rgatish.
TK 3: she’riy kitoblarni o‘qib, o‘rganib borish.
FK 1: she’rlarni o‘qib tushunish va mazmunini qayta so‘zlab berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda yangilanish fasli bo‘lgan go‘zal bahor tabiati, uning dillarga beradigan quvonchi, tabiat hodisalari haqida tushuncha berish, go‘zallikni his qilish tuyg‘usini tarbiyalash.
TK 4: tevarak-atrofga mehribon bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning adabiy til talaffuzi qoidalariga rioya qilgan holda ongli, to‘g‘ri o‘qish, she’rdan tabiat manzarasini ifo- dalash uchun zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni topa olish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: she’rdagi so‘z ma’nolarini izohlash.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Zukkolar bahsi”, “Topgan topaloq” , “To‘rtinchisi ortiqcha” mashqlari.
Dars jihozlari: tabiat hodisalari, rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozir- lash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Yusuf Xos Hojibning “Bahor ta’rifida” rivoyatini nav- bat bilan o‘qib, mazmunini so‘zlab beradilar.
“Zukkolar bahsi” mashqi. O‘quvchilar matndan olingan so‘zlarga ularni ifodalash uchun zarur bo‘lgan o‘xshatish va iboralarni topishlari kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |