4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet199/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uyga vazifa berish. “So‘zlovchi yomg‘ir” she’rini yod olish.




Mavzu: “Danak ichidagi daraxt” (Aziz Аbdurazzoq) 1-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri va ongli o‘qishga, tabiat hodisalariga mustaqil ravishda munosabat bildi- rishga, tegishli xulosa chiqarishga o‘rgatish.
TK 2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
FK 1: ertakni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga ezgulik, mehribonlik kabi go‘zal insoniy fazilatlarni singdirish.
TK 3: tevarak atrofga oqilona munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: tabiat hodisalariga mustaqil ravishda munosabat bildirish. Axborot manbalaridan foydalanish.
FK 1: hikoyaga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: bahs-munozara, tushuntirish, “Gapning egasini top” mashqi.
Dars jihozlari: rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


Bir necha o‘quvchidan “So‘zlovchi yomg‘ir” she’ri so‘raladi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar she’r mazmuniga asosida savol-javob o‘tkazadilar.

    1. She’rga nima uchun “So‘zlovchi yomg‘ir “ deb nom qo‘yilgan?

    2. Yomg‘irga onasining bergan maslahatlarini aytib bering.
  1. Yangi mavzu bayoni.


Rebus”. O‘quvchilar rebusni ye- chadilar va yangi mavzuni topadilar. Bugun biz “Danak ichidagi daraxt” hikoyasi bilan tanishamiz. “Danak ichi- dagi daraxt” hikoyasining muallifi ha- qida qisqacha ma’lumot o‘qituvchi to- monidan beriladi.

  • Hikoyani o‘qiyotganingizda tushunarsiz so‘z va iboralarni belgi- lab qo‘ying.

Hikoyada uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi. O‘quvchilar hikoyani ovoz chiqarmay o‘qiydilar.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling