4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


FK 1: she’rni ongli va ifodali o‘qish. Tarbiyaviy


Download 0.84 Mb.
bet197/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

FK 1: she’rni ongli va ifodali o‘qish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiat hodisalarini diqqat bilan kuzatish, onalarni hurmat qilish, ularning maslahatiga doim amal qilish, gapini ikki qilmaslik kabi xislatlarni tarbiyalash.
TK 3: tevarak-atrofga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning so‘zlarni adabiy qoidalarga muvofiq talaffuz etish, mustaqil o‘qish, savollarga to‘liq javob berish malakalarini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish.
FK 2: savollarga to‘liq javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “T-chizma” , “Pantomima”, “Adashib qolgan satrlar”, “Gapni to‘ldiring” mashqlari.
Dars jihozlari: tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlar, so‘z va gaplar yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar uyga berilgan vazifa “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati mazmunini so‘zlab beradilar.
Pantomima” o‘yini. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar. O‘quvchilarga “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati mazmunini ovoz chiqarmasdan pantomima ko‘rinishida ko‘rsatib bering,
deb aytiladi. Guruhlar ishlarini rejalashtirib olishlari uchun 3–5 daqiqa vaqt beriladi. Ular ovoz chiqarmasdan o‘tgan mavzu pantomimasini ko‘rsatib beradilar.
  1. Yangi mavzu bayoni.


Yangi mavzu e’lon qilinadi. “So‘zlovchi yomg‘ir” (Abdurahmon Akbar).
O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi:

  • Siz qanday tabiat hodisalarini bilasiz?

  • Tabiat hodisalari haqida maqollar bilasizmi?

O‘quvchilar tabiat hodisalari haqida bilgan maqollarini navbat bilan aytib, ma’nosini qisqacha tushuntirib o‘tadilar.
Qarg‘a ketmay, qor ketmas,
Turna kelmay, muz ketmas. Qor yog‘di – don yog‘di, Yomg‘ir yog‘di – osh yog‘di. Qora bulutdan tiniq suv tomar. Yomg‘ir – ekinning joni.
Tog‘ havosi – dard davosi. O‘qituvchi “So‘zlovchi yomg‘ir” she’rining muallifi Abdurahmon Akbar haqida qisqacha ma’lumot be- radi.
She’r mazmuniga mos videolavha namoyish etiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga she’rni ifodali o‘qib beradi.
O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etiladi.

  • Bu she’r nima haqida ekan?

  • Uni eshitganingizda ko‘z oldingizga nimalar keldi? O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar.

  • She’rdagi tushunarsiz so‘z va iboralarni belgilang.

She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling