4. Tabiatdan foydalanish konsepsiyani qayta qurish
Download 309.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiatdan notog\'ri foydalanishning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari
9 Tabiatdan noto`g`ri fodalanishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baxolash Tabiat o`ta murakkab tuzilmaga ega, ayni zamonda u juda nozik xisoblanadi. Tabiat geografik qobiq miqyosida geosferalarning o`zaro bog`liqligi va ta`sirida bo`lish bilan birga uning xoxlagan geotizimida tabiiy komponentlari xam o`zaro bog`liqligi va ta`siri nixoyatda kuchliligi bilan ifodalanadi. Binobarin, yer kurrasida va uning sfera doiralari va komponentlari xamda majmualari yaxlit dinamik geotizim tashkil qilganki, agarda bu tabiiy xolatga me`yordan ortiqcha ta`sir etilsa, ma`lum xududda turli o`zgarishlar sodir bo`ladi. O`zgarishning miqyosi tashqi (yoki ichki) ta`sir kuchi va uning muntazamligiga bog`liq. Shu jixatdan qaraganda inson xo`jalik faoliyatining tabiatga ta`siri natijasida uch turdagi oqibatlar kelib chiqadi: ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy. Tabiatdan noto`g`ri foydalanishning ekologik oqibati mavjud qulay vaziyatning jiddiy vaziyat bilan almashishida aniq ifodalanadi. Vaziyatning o`zgarishi, odatda, atmosfera xavosi, suv, tuproq, o`simlik va boshqa komponentlarning ifloslanishi, shuningdek, axoli sog`lig`ining jiddiylashuvi natijasida sodir bo`ladi. Bu o`zgarishlarning katta xududlar misolida iqtisodiy jixatdan baxolash aslida mumkin emas, juda murakkab masala xisoblanadi. Tabiat resurslarining degradatsiyasi, qashshoqlanish va muomaladan chiqib qolishi xam katta iqtisodiy zararga olib keladi. O`tgan asrning 70-yillarida Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog`istonda paxta yetishtiriladigan mintaqada tuproq sho`rlanishi xisobiga yiliga 2 mln t. (shundan O`zbekistonda 600-700 ming t.) kam paxta xosili olingan, xozirda xam tuproq sho`rlanishi katta maydonlarda rivojlangan, demak, yiliga kamida 1,5-2 mln t. kam xosil yig`ishtirib olinmoqda. Bu raqamni tegishli xisob-kitob qilish yo`li bilan qancha iqtisodiy zarar ko`rilayotganini bilish qiyin emas. Tabiatdan noto`g`ri foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baxolash amaliy jixatdan axamiyatga ega. Iqtisodiy zararni, odatda, tabiiy resurslarning degradatsiyaga berilishi, qashshoqlanishi, muomaladan chiqib ketishini pul vositasida baxolash tushuniladi. Ekologik zararni itqtisodiy baxolash xar bir 10 komponent yoki resurs tabiiy xolda (yoki inson tomonidan o`zgartirilgan- madaniylashgan vaziyat) miqdoriy aniqlanadi, so`ngra, u iqtisodiy jixatdan baxolanadi. Aytaylik, ma`lum sug`orma yer irrigatsiya eroziyasi natijasida kuchli darajada yuvilib ketdi. Bu vaziyatda tuprog`i yuvilib ketgan maydon aniqlanadi, uning xosildorlik darajasi, mexanik tarkibi, sifat belgilari baxolanadi, avval paxta yoki boshqa (g`alla, poliz va b.) ekinlardan olingan o`rtacha (xar ga maydonga s. xisobida) maxsuldorligi belgilanadi. Shundan so`ng yuvilgan yerning iqtisodiy baxosi aniqlanadi. Baxolashda yetkazilgan zarar faqat bir yil (o`sha yilning pul qadriga nisbatan) uchun xisob-kitob qilinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni baxolash ikki yo`nalishda amalga oshiriladi. Birinchi yo`nalishda oqibatlarni xisob-kitob qilish mavjud bozor narxlariga asoslanadi. Bu yo`nalishda resurslarning unumdorligini o`zgarishi, maxsulotlarning xosildorligi kamayishi, (tuproqlarning sho`rlanishi tufayli maxsuldorligining keskin o`zgarishi, qishloq xo`jalik ekinlarining xosildorligi kamayishi, baliqchilikda baliq ovlash xajmining qisqarishi, yaylovlarda biomassa o`sishining keskin tushib ketishi, o`rmonlar degradatsiyasi va b.), axoli turmush sharoitining jiddiylashuvi (yoki daromadning yo`qolish uslubi turli kasalliklarning ko`payishi, o`lim, o`rtacha umr ko`rishning qisqarishi, rekreatsiya resurslarining qashshoqlanishi va boshq), mol mulkning xizmat muddatlarini qisqarishi (binolar, jixozlar, ishlab chiqarish qurollari va boshq.) tegishli xisob-kitob qilish yo`li bilan iqtisodiy zararlar baxolanadi. Ikkinchi yo`nalish baxolash bevosita sarf-xarajat bilan bog`liq. Bu yo`nalishdagi baxolash uslublari oldingi bo`limlarda (2.2.) taxlil qilindi. Bunda tabiiy boyliklarni sarf-xarajat yo`li bilan baxolash, sarf-xarajat taxlili kabi uslublarda mazkur yo`nalish bayon etilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni baxolash, yuqorida aytib o`tilgandek, oson emas. Bunda mavjud bozor narxlariga asoslangan xolda xar bir zarar turini aniq xisoblab chiqish taqozo etiladi. Quyida Orol dengizi va Orolbo`yi misolida mutaxassislar ishlab chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni baxolash tamoyillari va uslubiyoti bilan tanishasiz. 11 Orol dengizi satxining tushib ketishi va Orolbo`yi suv rejimining tartibga keltirilishi natijasida vujudga kelgan salbiy ijtimoiy-iqtisodiy zarari mutaxassislar tomonidan 70- yillarda yiliga 30-60 mln. rubl deb baxolangan. Buni xisobga olgan ba`zi iqtisodchilar va suv xo`jaligi mutaxassislari daryolar suvini Orolga yubormay, sug`orma dexqonchilikni rivojlantirib, yiliga bir necha milliard rublga teng bo`lgan maxsulotlar yetishtirilishi maqsadga muvofiq, deb xisoblab, dengiz satxining tushib borishiga jiddiy munosabatda bo`lmadilar. Ular ijtimoiy-iqtisodiy oqibatning boshqa jixatlarini, xususan ijtimoiy oqibatini chuqurroq o`ylab ko`rmadilar. M.X. Baydal va A.K. Kiyatkinlar (1972) Orol dengizi taqdirini iqtisodiy jixatdan xisoblash bilan xal qilib bo`lmaydi, deb juda to`g`ri fikrda bo`lishgan. 70- yillar oxiri va 80-yillar boshlarida iqtisodchilar va suv xo`jaligi mutaxassislari Orol dengizi qurib borishining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini barcha jixatlari bo`yicha qat`iy xisobga olib, yetkazilayotgan va kelajakda sodir bo`ladigan barcha xalq xo`jaligi zararlarini sarxisob qila boshladilar. Dengiz akvatoriyasida bevosta iqtisodiy zarar Orolning kemachilikdagi mavqei yo`qolishi bilan bog`liq. 60-yillargacha dengizda Mo`ynoq-Aralsk, Uchsoy-Qozoqdaryo kabi portlar oralig`ida kemalar qatnovi muntazam yo`lga qo`yilgan bo`lib, ko`plab yo`lovchilar va xalq xo`jalik yuklari tashilar edi. Dengiz sayozlanishining kuchayishi natijasida barcha portlar quruqlikka aylandi va kemalar qatnovi 1979 yilga kelib to`xtadi. O`sha vaqlardagi xisob-kitoblarga ko`ra (S.N Kritskiy; 1973), kemachilikka yetkazilgan umumiy zarar xajmi 3 mln rublni tashkil qilgan. Orolda kemachilik to`xtatilishining jami zarari, bizingngcha, bu miqdordan xam ko`p bo`lgan bo`lishi mumkin, chunki avvalo barcha port xo`jaliklari to`liq ishdan chiqdi, kemalar, barjalar quruqlikda qolib ketdi, ular bilan band bo`lgan dengizchilar ishsiz qolishdi, yo`lovchilar va yuklar arzon suv yo`li bilan tashilmay qo`ydi va boshqalar. 70-yillarga qadar Mo`ynoq yarim orolining shimoli-sharqiy qirg`og`i ajoyib dengiz kurort zonasi xisoblangan, bu go`shada xar yili minglab kishilar va bolalar xordiq chiqarishgan. 1978 yilda kurort va bolalar oromgoxlari butunlay yopildi, 12 kurort zonasi xuvullab qoldi, dengiz qirg`og`idan ancha (2-5 km) uzoqlashib qolgan va unda cho`milishning iloji qolmagan edi. Bu xam xalq xo`jaligi uchun jiddiy zarar keltirdi. Orol dengizi chuchuk suvda xayot kechiruvchi qimmatbaxo baliq zotlariga boy noyob xavza xisoblangan, unda yiliga o`rtacha 500 ming s baliq ovlanar edi, shundan 20 ming s juda qimmatli orol usachi (so`zan-baliq) iga to`g`ri kelgan. Shuningdek, zog`ora baliq, osyotr, leshch, sudak va boshqalar ovlanar edi. Dengizning sayozlanishi, suvning minerallashuv darajasini ortib borishi, Amudaryo deltasida ularning ikra qo`yishi murakkablashuvi tufayli baliq zotlari kamayib bordi. 1979 yilda jami 20 ming s, 198 yilda ,2 ming s baliq ovlangan. 198 yildan dengizda baliq ovlash amalda to`xtatildi. S.N. Kritskiy (1973) ma`lumotlariga ko`ra, 70-yillarning boshlarida baliqchilikka yetkazilgan umumiy zarar miqdori yiliga 6 mln rubl, deb baxolandi. Mo`ynoq shaxri yirik port, unda baliqni qayta ishlovchi kombinat bo`lgan, u yiliga 20 mln donadan ortiq baliq konservasi tayyorlab chiqarardi. Xozirda kombinat 20-25% quvvatda faoliyat ko`rsatmoqda. Baliq maxalliy kichik ko`llardan, suv xavzalaridan tutilib, kombinatga yetkazib beriladi. Urga, Uchsoy, Qozoqdaryo va boshqa joylardagi baliq sexlari 70-yillarda yopilgan. K.I Lapkinning xisob-kitobicha, Amudaryo deltasida baliq xo`jaligiga yetkazilgan jami zarar 1980 yil narxlari bo`yicha yiliga 18,9 mln rublga teng bo`lgan. Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi qamishzorlarning degradatsiyaga uchrashi va ko`l-botqoqliklarning qurishi natijasida qimmatbaxo mo`yna beruvchi ondatrachilikka katta zarar yetkazildi. Xar yili deltalarda 3 mln. dan ortiq ondatra terisi tayyorlanar edi. Xisob-kitoblarning natijasiga ko`ra, faqat Amudaryo deltasi byo`icha yiliga ,7 mln rubl zarar yetkazilgan. Orolbo`yida maxsuldor yaylovlar va pichanzorlar katta maydonlarni egallagan edi. Lekin cho`llashish jarayonining kuchayishi tufayli ularning maxsuldorligi keskin kamayib bordi, chunki qamish va turli o`tlar o`rniga sho`rga chidamli galofitlar va kserofitlar tarqala boshladi. Amaliy jixatdan qaraganda galofitlar va kserofitlarning yaylov chorvachiligida unchalik axamiyati yo`q. I.P. 13 Gerasimov va boshqalarning (1980) xisob-kitobiga ko`ra, o`sha vaqtlarda Qozog`istonning Qizil O`rda viloyati xo`jaliklarida sigirlarning o`rtacha sut berishi yiliga 72-998 litrga qadar kamaygan. 1963-1978 yillar mobaynida qo`ylar 300 ming boshga, 10 ming qorako`l va qoramollar 5,5 ming boshga kamaygani qayd etilgan. Bularning jami iqtisodiy zarari 20 mln. rublni tashkil qilgan. K.I. Lapkinning xisob-kitobicha, 1980 yildagi narx bo`yicha Amudaryo deltasida yaylov va go`sht-sut chorvachiligidan kelgan zarar xajmi 9,0 mln. rublga teng bo`lgan. Axolining mexnat qilish va yashash sharoitlari yomonlashuvi natijasida Orolbo`yida avval baliqchi, ovchi, kema xaydovchi va kemalarni ta`mirlovchilarning, keyinchalik Mo`ynoq baliq kombinatining turli shaxarlardagi sexlari yoppasiga yopilishi 70-80-yillarda katta qiyinchiliklar tug`dirdi. Axoli yangi ish joylarini topguncha ancha qiynaldi. Bu soxada Qoraqolpog`istondagi umumiy iqtisodiy zarar 1980 yilgi pul qiymati bo`yicha yiliga 6,0 mln rubl ni tashkil qilgan. O`zFA Ishlab chiqarish kuchlarini o`rganish kengashining bir gurux iqtisodchilari Qoraqolpog`istonda Orol dengizi satxining pasayishi va Amudaryo deltasida cho`llashish jarayonining kuchayishi natijasida xalq xo`jaligiga yetkazilgan jami iqtisodiy zararni 1980 va 1985 yillar bo`yicha aloxida xisoblab chiqdilar. Ushbu xisob-kitob natijasiga ko`ra, xudud 1980 yilda 92,6 mln. rubl va 1985 yilda 128,9 mln rubl iqtisodiy zarar ko`rgan. Bu ko`rsatkichlar yuqorida qayd etganimizdek faqat ma`lum yillargagina tegishli ekanligini e`tiborda tutsak, barcha yillar davomida ko`rilgan zarar salmog`i nixoyatda kattaligi ayonlashadi. Orol dengizining baliqchilik, yaylov chorvachiligi, ovchilik, kemachilikka bevosita ta`siridan tashqari bilvosita ta`siri xam mavjud bo`lib, u ko`proq sug`orma dexqonchilik, sanoat va transport, qurilishga zarar keltirdi. E.D. Raximov (1990) ning xisob-kitoblariga qaraganda, Janubiy Orolbo`yida qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining tabiiy potensiali kamayishi evaziga kelajakda taxminan agrosanoat majmuasining jami maxsuloti va daromadi 1-15% ga kamayishi bashorat qilinadi. Orol dengizi satxining tushib borishi va shu munosabat bilan baliqchilik va qishloq 14 xo`jaligi, sanoat soxalarida jami zarar o`lkaning istiqbolda rivolanishini e`tiborga olgan xolda kelajakda taxminan yiliga 600 mln rublni tashkil qilishi aniqlangan. Orol dengizi ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlarining talofatlari shular bilangina chegaralanmaydi, ular ishlab chiqarish xajmining kamayishi, axolining ish bilan ta`minlanishiga, farovonlik darajasi, ishlab chiqarishning xajmi va sur`ati, noishlab chiqarish soxalariga xam salbiy ta`sir etadi. Iqtisodchi mutaxassislar (Raximov, 1990) ning bashoratli iqtisodiy xisob- kitoblariga ko`ra, Amudaryo deltasida 500-600 ming ga yer o`zlashtirish imkoniyatlari mavjud bo`lib, yangi sug`orma yerlarda bo`rdoqichilik, beda va poliz ekinlari urug`chiligini rivojlantirish evaziga 600 mln. rubllik maxsulot tayyorlash imkoniyatlari, shu jumladan, taxminan 0 mln rubllik sof maxsulot yetishtirish mumkin. Yerlarni o`zlashtirish va xo`jaliklarni tashkil qilish uchun sarflanadigan kapital mablag`lar muayyan muddatlarda qoplanadi. Tayyor maxsulotlarni baxolashdan yer resurslarini baxolashga o`tish uchun sof maxsulotning qiymatiy me`yordagi samaradorlik koeffitsiyenti (0,07, u «Ekonomicheskaya gazeta» ning 1981 yil, 2-sonida e`lon qilingan «Metodika opredeleniya ekonomicheskoy effektivnosti kapitalnix vlojeniy» nomli maqolada bayon etilgan) bo`yicha uni 1 martaga ko`paytirdik. Bunda deltaning yangi o`zlashtirilishi mumkin bo`lgan qismi binobarin, 6,3 mlrd rublni tashkil qiladi. Bu tabiiy potensial Orol dengizining qurishi va Amudaryo deltasining degradatsiyasi tufayli butunlay yo`qotilishi mumkin. Demak, tabiatdan noto`g`ri foydalanishning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari inson uchun katta zarar keltiradi, eng muximi, tabiiy saloxiyat ishdan chiqadi, resurslarning qashshoqlanishi xalq xo`jaligining rivojlantirish imkoniyatlarini yo`qqa chiqaradi, axolining salomatligiga putur yetkazadi. Download 309.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling