4. Tabiatdan foydalanish konsepsiyani qayta qurish
Download 309.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiatdan notog\'ri foydalanishning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari
15 3. Xududiy-ishlab chiqarish majmualari rivojlanishining iqtisodiy-ekologik strategiyasi Ishlab chiqarish ko`p xollarda xududning tabiiy sharoiti, resurslar turlarining boyligi, mexnat resurslari va boshqa omillarga juda xam bog`liq. Atrof - muxit va ekologik vaziyat nuqtai nazardan tabiiy ekologik sharoit ishlab chiqarishning rivojlanishiga ma`lum (ba`zan kuchli) darajada ta`sir etadi. Chunki yer osti va yer usti boyliklarining mavjudligi, resurs turiga qarab unga mos (sanoat) korxonalarning vujudga kelishi va tayyor maxsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishga imkon beradi. Sanoat korxonalarining tarkib topishi axoli sonining ortib borishi va pirovardida ishga tushirilgan korxona(lar) negizida axoli yashash punkti va ba`zan me`yordagi shaxarlarning vujudga kelishiga turtki bo`ladi (masalan, Uchquduq, Muruntov, SHo`rtan va b.). Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish xududning tabiiy - ekologik sharoitlariga juda mos tushishi va asosan uning xususiyatlaridan kelib chiqishi shart (bu tamoyil quyiroqda taxlil qilib o`tiladi). Ammo 30-50 va xatto 70-80- yillarda xam bunga jiddiy e`tibor berilmadi va natijada turli miqyosda ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar yuzaga keldi. Masalan, Chirchiq va Oxangaron vodiylarida ko`plab turli sanoat korxonalarini joylashtirish, Surxondaryo vodiysi (qo`shni Tojikiston) da alyuminiy kombinatining ishga tushirilishi va boshq. Buning oqibatida atrof - muxit xozirga qadar aziyat chekmoqda, axoli salomatligi, chorva mollari, qishloq xo`jaligi jiddiy zarar ko`rmoqda. Boshqacha aytganda, sanoat ishlab chiqarishidan ko`plab daromad olinishi bilan birga atrof - muxit, axoli va qishloq xo`jaligiga keltirilayotgan zarar va uning iqtisodiy baxosi (qiymati), bizningcha, bir-birlariga to`g`ri kelmoqda. Chunonchi, ishlab chiqarish juda xam kam samara bilan ishlayotganligi to`g`ri, xolisona taxlil qilinsa, bular o`rtasidagi xaqiqiy ayirma obyektiv baxolangan bo`lar edi. To`g`ri, odatda, ishlab chiqarish rivojlanishining birinchi bosqichlarida tabiiy ekologik sharoit o`zgarishi, axolining joylashuvi va zichlik darajasi o`sishi e`tiborga olinmasligi natijasida keyinchalik turli oqibatlar kelib chiqishi mumkin. 16 Xech kimning xayoliga xam kelmagan edi-ku, Chirchiq yoki Oxangaron vodiysida sanoat ishlab chiqarishining shu darajada o`sishi xavo va suv xavzalarini, tuproqni jiddiy tarzda ifloslaydi deb. Bu xodisa sanoat korxonalarining quvvatini xamda axoli sonining ortib borishi bilan to`g`ridan - to`g`ri bog`liq. Ishlab chiqarishni joylashtirish jarayonida obyektiv bashorat qilinganda vaziyat shunchalik taxlikali bo`lmasligi mumkin edi. Ishlab chiqarish majmualarini vujudga keltirish mavjud tabiiy ekologik sharoitlar to`liq xisobga olinishini taqozo etadi. Birinchi navbatda iqlimiy omillar, xususan, shamol rejimini aniq e`tiborga olish katta axamiyatga ega. Chunki shamolning xarakati, tezligi va yo`nalishi sanoat chiqindilarini turli tomonga yoyadi, bunda bir yoki ikki tomonga yil davomida barqaror esish yo`nalishini ko`proq nazarda tutish muximdir. Tojikistondagi alyuminiy korxonasini loyixalash va qurish jarayonida tog`-vodiy shamolining qo`shni O`zbekistonga tomon esishi to`liq xisobga olinmaganligi tufayli Uzun, Sariosiyo, Denov tumanlari muntazam aziyat chekib kelmoqda. Surxondaryoning ushbu tumanlariga yetkazilayotgan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zarar miqdori Tojikistondagi alyuminiy korxonasidan olinayotgan daromadning ma`lum qismini tashkil qiladi. Buni korxona loyixachilari va ekspertlari o`ylab ko`rmaganmikinlar?! Bundan ne foyda?! Xuddi shunday xodisa Oxangaron vodiysida xam kuzatilmoqda. Tog`-vodiy shamoli Olmaliq, Oxangaron, Angren sanoat korxonalarining chiqindilarini tunda tog`dan vodiy bo`ylab, kunduzi esa tog` oldidan vodiy bo`ylab tog` yonbag`rilariga `yoyadi. Bunda texnogen chiqindilar Oxangaron vodiysi xududida muntazam bir tekisda taqsimlanadi va atrof - muxitga yog`iladi, yer usti va yer osti suvlariga aralashib, ularni ifloslaydi. Piskent shaxri axolisi shaxar xududidagi yer osti suvi ifloslanganligi uchun tog` etagidan quvurlar orqali keltirilgan yer osti suvidan foydalanmoqda. Quvurlar, ularni o`rnatish, suv xaydash va umuman, suv tizimining foydalanish xarajatlari xisobga olinsa sanoat korxonalari keltirayotgan daromadning bir qismi bu soxaga sarflanishidan korxona raxbarlari xabardormikin? Axoli sog`ligini tiklash uchun sarflanayotgan tibbiy yordam va 17 kasallik varaqalari uchun kasaba uyushmalari to`layotgan mablag` qaysi xisobdan amalga oshiriladi? Yuqorida keltirilgan misollar va aytilgan fikrlarni xisobga olib xududiy- ishlab chiqarish majmualarini rivojlantirishning uzoqqa mo`ljallangan iqtisodiy- ekologik strategiyasini ishlab chiqish katta amaliy axamiyat kasb etadi. Iqtisodiy- ekologik strategiyaning dastlabki tamoyili xududning xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish jarayonida uning tabiiy sharoiti, resurslari va ekologik vaziyatdagi o`zgarishlar, yangi tarkib topadigan nomatlub antropogen xodisalar, sabab-oqibat zanjirining uzluksiz taraqqiyoti natijalari, ro`y beradigan ekologik va ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlar atroflicha va chuqur asoslanishi, prognostik xulosalar ishlab chiqilishi, tarkib topadigan yangi anropogen tizimning boshqaruv yo`llari oldindan taxliliy usullar asosida tayyorlanishi maqsadga muvofiq. Aks xolda xududiy ishlab-chiqarish majmualarining istiqbolda keltiradigan iqtisodiy samaralari ijobiy bo`lmasligi mumkin. Qisqacha qilib aytganda, iqtisodiy majmua rivojlanishi xududning ekologik tizimi (yoki geotizim) ga qanchalik ta`sir ko`rsatadi, uning miqyosi oldindan bashorat qilinishi va shu asosida korxonalar ishlab chiqarishini optimallashtirish tadbirlari amalga oshirilishi zarur. “Korxona(lar) taraqqiyoti- xudud” tizimi xar qanday iqtisodiy rejalashtirishda doimo uzluksiz bir-birlariga bog`liq xolda qaralishi va o`rganilishi lozim. Xududning iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirishda istiqbolda korxonalar quvvatini oshirish va yangilarini barpo etishni nazarda tutganda ishlab chiqarishning atrof - muxitga ta`sirini e`tiborga olish bilan birga tabiatning xalq xo`jaligi obyektlariga aks ta`sirini xam to`g`ri va xaqqoniy xisobga olish maqsadga muvofiq. Bu xodisa, odatda, insonning tabiiy muxitga me`yordan ortiq darajada ta`sir etishi natijasida yuz beradi. Ekologik muvozanatning buzilishi negizida tabiat atrof - muxitga qayta aks ta`sir eta boshlaydi. Bu ta`sirning kuchi, miqyosi va umumiy qudrati insonning tabiatga ko`rsatgan ta`siridan kuchliroq va kengroq miqyosda bo`lishi mumkin. Bunga Orol dengizi misolida yaxshi tasavvurga ega bo`linadi. Shuni to`g`ri xisobga olish zarurki, tabiatning insonga aks ta`siri 18 muddati yangi ekologik muvozanat barqaror bo`lguncha (topguncha) davom etadi. Bu xodisa bir necha o`n yillargacha davom etishi mumkin. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning strategiyasini asoslaganda ular qanday tabiiy geografik muxitda amalga oshirilayotganini xisobga olish o`ta muxim vazifa xisoblanadi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda geografik o`rin birinchi darajali amaliy axamiyat kasb etadi. Tog` daryo vodiylari (Chirchiq, Oxangaron, Qashqadaryo va boshq.), tog` vodiylari (tog`larning ichki qismidagi berk vodiylar), tog` oldi tekisliklari sanoat korxonalarini joylashtirishda bir necha tabiiy ekologik omillarni to`g`ri xisobga olishni talab qiladi. Bunda asosan iqlimiy (meteorologik), gidrologik, gidrogeologik, geomorfologik, geologik, tuproq va boshqalar nazarda tutiladi. Bunda sanoat chiqindilarining atmosfera xavosida tarqalish jarayonining tezligi va yo`nalishi, to`planishi yoki tarqalishi ustivor axamiyatga ega. Atmosferaga chiqaraliyotgan chiqindilarning tog` vodiylarida to`planishi xududda og`ir metallar, kimyoviy birikmalar akkumulyatsiyasiga sabab bo`ladi (masalan, Olmaliq, Oxangaron sanoat tuguni xududida). Tog` oldi prolyuvial tekisliklar korxonalardan chiqayotgan iflos grunt suvlari suv xavzalariga qo`shilib, ularni ifloslantiradi, ayniqsa, ichimlik suvlarini yaroqsiz axvolga olib keladi (Farg`ona neftni qayta ishlash korxonasi). Kimyoviy chiqindilarning korxonalar atrofida yog`ilishi («ishqorli yog`inlar») ekinzorlar, yaylov o`simliklari va o`rmonlardagi dov-daraxtlarning o`sishiga salbiy ta`sir etadi, ularning tarkibida og`ir metallar miqdori me`yordan ortib ketadi (Olmaliq tog`-metallurgiya korxonasi ta`sir doirasidagi xudud). Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash majmuasi cho`lda, axoli yashash punktlaridan uzoqda qurilganligi tufayli uning atrof - muxitga ta`siri kamroq, buning ustiga texnologiya samaradorligi ancha yuqoriligi sababli muxitning ifloslanishi me`yorida. Shuningdek, Muborak va SHo`rtan gazni qayta ishlash majmualari xam xamma jixatdan qulay joyda qurilgan va atrof - muxitga salbiy ta`siri ancha zaif. Ularda chiqindilarning chiqarlishi xam me`yordan uncha katta emas. Xuddi shunday ijobiy tavsifga Talimarjon IES xam ega. Uning atrof - muxitga ta`siri kamroq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling