4. Tabiatdan foydalanish konsepsiyani qayta qurish


Tabiatdan foydalanish konsepsiyasini qayta qurish


Download 309.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana06.04.2023
Hajmi309.18 Kb.
#1331484
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiatdan notog\'ri foydalanishning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari

4.Tabiatdan foydalanish konsepsiyasini qayta qurish 
Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni optimallashtirish 
masalalari naqadar murakkab va chigalligi fan va texnika yutuqlarini ishlab 
chiqarishni muntazam taraqqiy qildirishga tatbiq etilishi bilan bog`liq. Inson 
tabiatdan keragicha va xatto undan xam ko`p xom ashyo xamda boyliklar olishga 
xarakat qiladi, lekin ularning o`rnini nima bilan to`ldirish lozimligini ko`p 
xollarda xayoliga xam keltirmaydi. Boz ustiga mineral xom ashyolarni qazib olish 
va ulardan zarur bo`lgan oz miqdordagi, aytaylik, metallarni ajratib olgandan so`ng 
bo`sh tog` jinslarini ma`lum joylarda yig`ib qo`yaveradi, keyin ulardan sun`iy
«tog`lar» vujudga keladi. Yoki daryo suvlarini sug`orish maqsadlarida xaddan 
tashqari ko`p xajmda olib, extiyojdan ortiq qismi qaytgan, sifati buzilgan suvlar 
sifatida berk botiqlar va yana o`sha daryolarga qaytariladi. Binobarin, tabiatda 
mavjud bo`lgan birlamchi ekologik muvozanat buziladi, yangi vaziyat tarkib 
topadi. Albatta, bu jarayonda inson o`zi uchun zarur bo`lgan yutuqqa ega bo`ladi, 
ya`ni tayyor maxsulot yetishtiradi, ma`lum tovarlarni ishlab chiqaradi va xokazo. 
Lekin tabiiy muxit avvalgi xolatiga nisbatan jiddiy zarar ko`radi, chunki ko`p 
asrlik muvozanat va vaziyat buziladi, tabiatning qulay bo`lib kelgan sharoitlari 
izdan chiqadi, o`z-o`zini idora qilish xususiyatlariga ziyon yetadi. Bu insonning 
xo`jalikni yuritish an`anaviy usullari bilan obyektiv ravishda mavjud bo`lgan 
tabiiy muxit (biosfera) o`rtasidagi ziddiyatdir. 
Aslini olganda tabiat ko`rayotgan zararning bir uchi insonga xam salbiy 
ta`sir etadi. Buni, odatda, tabiatning aks ta`siri, deb xam yuritiladi. Ma`muriy-
buyruqbozlik xukm surgan tizimda paxta yakkaxokimligi sug`orma 
dexqonchilikka katta ziyon yetkazdi. Surunkasiga katta maydonlarda paxta 
yetishtirish tufayli yerning maxsuldorligi kamayib bordi. Chunki xar ga 
maydondan eng ko`p xosil yetishtirish maqsadida tuproqqa mineral o`g`itlar (500-
600 kg gacha), xasharotlar, begona o`tlarga qarshi zaxarlilik darajasi yuqori 
bo`lgan turli pestitsidlar (xar ga ga 0-50 kg gacha) xaddan tashqari ko`p va 
muntazam ishlatildi. Natijada tuproqdagi gumus miqdori 0-50% ga kamaydi, 


20 
chuvalchang va boshqa foydali mikroorganizmlar butunlay qirildi, tuproq o`z-
o`zini tozalash va maxsuldorligini tiklash qobiliyatini yo`qotdi. Bu xususiyatlarni 
sun`iy ravishda tiklab turish uchun dexqonlar yerga ko`plab mineral o`g`it va 
boshqa kimyoviy ashyolar solishni kuchaytirdilar. Shu zayilda 60-80 - yillarda 
paxta va boshqa ekinlardan tegishli xosil olindi, davlat rejalari bajarildi. Jamiyat bu 
bilan o`z maqsadiga erishdi, lekin tabiiy muxit ulkan darajada ziyon ko`rdi.
Chunonchi, tekislikdagi voxalarda grunt suvlari satxi keskin ko`tarilib, yer 
betidan uning chuqurligi 1-3 m ni tashkil qildi. Grunt suvlari minerallashganligi 
tufayli tuproqda tuz to`planishi kuchaydi. Tog` oldi tuproqlari, ayniqsa och va 
oddiy bo`z tuproqlar mintaqasi qashshoqlashdi, eroziya va deflyatsiyaning xarakat 
maydonlari kengaydi. Voxalarda daryo va sug`orish kanallari, quduqlarning suvlari
axoli ichishi uchun mutlaqo yaroqsiz xolga keldi. Boz ustiga daryolarga 
voxalarning qaytgan suvlari tashlanishi sug`orish jarayonida tuproqda tuz 
to`planishini tezlashtirishdi. Orolbo`yida esa xavodan tuz yog`ila boshladi. 
Bu tabiiy-iqtisodiy o`zgarishlar xo`jaliklarga, xususan, davlatga qimmatga 
tushadi. Chunki yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash uchun tegishli 
uzunlikdagi kollektor-zovurlar tizimini bunyod etish, mavjudlarini muntazam 
tozalab, ishchi koeffitsiyentini rostlab turish taqozo etiladi. Umuman, sug`orma 
irrigatsiya massivlarini barqaror boshqarish uchun murakkab sug`orish-meliorativ 
tizimlarni bunyod etish, ulardan oqilona va samarali foydalanish lozim. Chunki 
boshqaruv darajasi va uning sifati, muntazamligi xamda keng qamrovligi voxaning 
qulay meliorativ rejimi (maromi)ni bir xil tarzda yoki sun`iy ravishdagi ekologik 
muvozanat xolida saqlashga xizmat qiladi. Zotan, bu murakkab muxandislik 
inshootlari va tadbirlari muayyan darajada sarf-xarajatlarni talab etadi. Agarda
sarf qilinayotgan xarajatlar yig`indisini olinayotgan daromadlar bilan solishtirilsa 
buning nisbati unchalik katta ko`rsatkichdan iborat bo`lmasligi o`z-o`zidan ayon. 
Bunday xolni, ayniqsa, mashina usulida sug`orish tashkil qilingan xududlarda, 
masalan, Qarshi dashti, Buxoro va Qorako`l voxalari va boshqa suv nasos 
stansiyalari asosida tortib olinayotgan sug`orma yerlarda paxta va ekinlar tannarxi 
ancha qimmatga tushayotganligida yaqqol ko`rish mumkin. 


21 
Inson ishlab chiqarish jarayonida tabiiy boyliklardan foydalanishning turli 
muddatlarga 
mo`ljallangan 
strategik 
rejalariga 
amal 
qilmasligi 
tufayli 
nobudgarchilikka yo`l qo`yishi oqibatida ancha pand yeydi, lekin vaqt o`tganligi 
sababli yuzaga kelgan nomaqbul xodisalar bilan murosa qilishga to`g`ri keladi. 
Resurslardan oqilona foydalanmaslik va uzoqni ko`ra olmaslik, puxta xisob - 
kitoblarga ega bo`lmay sodir bo`layotgan murakkab tabiiy-xo`jalik xodisalaridan 
boshqa resurslar xisobiga osonlik bilan tezda qutilishga inson o`rganib qolgan. Bu
xol aslida keyinchalik boshqa xunuk bir (yoki guruxli) keng miqyosli xodisalarni 
keltirib chiqarishini u to`g`ri bashorat qila olmaydi. Tabiiy xodisalarning bir-birlari 
bilan uzviy bog`iqligini oldindan ko`ra olmaslik jamiyatga katta kulfatlar keltiradi, 
iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazadi, axolining sog`lig`ini yomonlashtiradi. 
Masalan, 70-80 - yillarda Markaziy Osiyoda ko`plab yangi yerlar 
o`zlashtirilib, sug`orma dexqonchilik muomalasiga kiritildi. 1960 yilda jami 
sug`oriladigan yerlar 106 ming ga ni tashkil qilgan edi. Endilikda xammasi bo`lib 
7,1 mln ga dan ziyod maydonda sug`orma dexqonchilik bilan shug`ullanilmoqda. 
Shuncha yerni sug`orish uchun o`lkada 105,2 km3 suv daryolardan olinmoqda, 
kollektor-zovurlar oqimi esa jami 33,9 km3 ni tashkil qiladi. O`rtacha xar gektar 
sug`oriladigan maydonga sarf qilinayotgan suv miqdori O`zbekistonda 1980 
yildagi o`rtacha 18,7 ming m3 dan 1986 yilga kelib 13, ming m3 ga, 1996 yilda
12, ming m3 ga kamaydi. Lekin bu ko`rsatkich xali xam talabga javob bermaydi, 
paxta uchun sug`orish me`yori o`rtacha 7-8 ming m3 bo`lishi amalda 
tasdiqlangan. 
Sug`oriladigan dexqonchilikning muttasil va keng miqyosda rivojlantirilishi 
natijasida O`zbekistonda kutilmagan tabiiy-antropogen xodisalar tarkib topa 
boshladi. 70-yillarda voxalarda vujudga kela boshlagan qaytgan suvlar 
irrigatsiyada asosiy muammo darajasiga ko`tarildi, chunki ularning xajmi yil 
sayin progressiv ravishda orta bordi. Qaytgan suvlar minerallashganligi tufayli
sug`orishda foydalanishga yaroqsiz, daryolarga yana qaytadan tashlansa, ularning 
suvini ifloslaydi va sho`rligi oshishiga sabab bo`ladi, berk botiqlarga yuborilsa, suv 
bug`lanishga sarf bo`lib, isrofgarchilikka yo`l qo`yiladi. Shuning uchun xam 


22 
qaytgan suvlar muammosi o`ta murakkab, xozirgi fan va texnika yutuqlari 
doirasida bu muammoni ijobiy xal qilish mushkul. Shuni xisobga olib, Respublika 
melioratsiya va suv xo`jaligi vazirligi (sobiq, xoxirgi qishloq va suv xo`jaligi 
vazirligi) mutaxassislari ularning katta qismini Amudaryo va Sirdaryoga, kamroq 
qismini esa berk botiqlarga tashlashga jazm qilishdi. Shu tariqa daryolar suvining
ifloslanish va minerallashuv darajalarining oshishi boshlandi, Markaziy Osiyoning 
tekislik qismidagi sho`rxokli botiqlarda sho`r ko`llar tarkib topa boshladi, Turon 
pasttekisligining qoq markazida joylashgan ulkan va noyob Orol dengizi quriy 
boshladi. Chunki unga daryolardan suvning kelishi borgan sari kamayib bordi. 
Xullas, Turon o`lkasida 60-yillardan boshlab sug`orish ishlari mislsiz katta 
sur`atlarda taraqqiy qilishining ekologik oqibati shularga olib keldi. Bu xususda 
so`z ketganda, shunday tang, xalokatli ekologik vaziyatlarni tarkib topishini 
mutaxassislar bashorat qila olishgan edimi, degan mantiqiy savol tug`ilishi turgan 
gap. Eslatib o`tish kerakki, o`sha paytlarda Orol dengizi xavzasi suv resurslari
bo`yicha ko`zga ko`ringan mutaxasssislar (V.L. Shuls, S.Y. Geller, V.N. Kunin, 
L.S. Litvak va b.) Orolning qurishi o`lka uchun unchalik qo`rqinchli emas, uning 
satxidan suv bug`lanishga bekorga sarf bo`lganidan ko`ra, sug`orma 
dexqonchilikni rivojlantirish afzalroq, shu boisdan dengizning mavjud bo`lishi 
shart emas, degan fikri asosida Orol muammosi xas-po`shlangan edi. Orolbo`yida
axolining sotsial-iqtisodiy oqibatlarga duch kelishi, sanitariya-gigiyenik 
sharoitlarning og`irlashishi, turli kasalliklar va go`daklar o`limi keskin darajada 
ortishi kabi masalalar bo`yicha esa ekologik va sotsial-iqtisodiy bashorat ishlab 
chiqilmagandi. Amudaryo va Sirdaryoga kollektor suvlari tashlanishi natijasida 
sifati keskin o`zgarishi va ichish uchun mutlaqo yaramas xolga kelishi xam 
avvaldan chuqurroq xisob-kitob qilingan, ekologik ekspertiza ishlarini o`tkazish 
xech kimning xayoliga xam kelmagandi. 
Berk botiqlarga tashlama suvlarning yuborilishi ularda baliqchilik taraqqiy 
etishiga asos bo`ladi, degan xayolda ish tutilib, katta maydonlardagi tabiiy 
yaylovlar suv ostida qolib ketishi bilan xech kim qiziqmagan. Faqatgina Aydar 
ko`li o`rnida xozirda 600 ming ga dan ziyod yaylov suv ostida qoldi. O`sha 


23 
vaqtlarda sobiq Ittifoq xukumatiga jaxon bozorlarida chaqqon bo`lgan paxta 
tolasini ko`plab sotish va undan mo`may daromad olish xar qanday boshqa 
yumushlardan afzalroq edi, uni maxalliy axolining ichimlik suvisiz qolishi xech 
qiziqtirmagan, Orolning qurishi va uning ekologik xamda sotsial-iqtisodiy 
oqibatlariga mutlaqo e`tibor bermagan. 
Endilikda sayyoraviy, xududiy va maxalliy ekologik muammolar tobora 
keng miqyosda shakllanayotgan bir paytda tabiatdan foydalanishning an`anaviy 
usulini qayta ko`rish vaqti yetdi, deb xisoblash maqsadga muvofiq. Avvalo, 
ekologik qayta qurish konsepsiyasi nimaga asoslanishi lozim? Bu borada ilmiy 
asoslangan konsepsiya mavjudmi? Bizningcha, bu borada quyidagi tamoyillarga 
asoslanish yuqori samara beradi. 
Butun biosferani makro-geotizim deb qaralsa, uning bo`laklari (quruqliklar, 
okeanlar) mezotizimlar, quruqlikning ayrim bo`laklari xududiy geotizimlar, 
ularning qismlarini provinsiyali geotizim, undan so`ngra okrugli, rayonli, 
landshaftli geotizimlar va xokozolarga ajratish mumkin. Binobarin, biosfera
bexisob geotizimlardan iborat, bu Yer kurasini geotizimlardan tashkil topganidan 
darak beradi. Xar bir geotizim yaxlit (o`sha xududda) tabiat, axoli va xo`jalik
integratsiyasidan tashkil topgan. Boshqacha aytganda, xar bir geotizimdagi tabiiy 
sharoit va resurslar, axoli va xo`jalik bir-birlariga mos keladigan xususiyatlarga
ega. Sug`oriladigan dexqonchilikning muttasil va keng miqyosda rivojlantirilishi 
natijasida O`zbekistonda kutilmagan tabiiy-antropogen xodisalar tarkib topa 
boshladi. 70-yillarda voxalarda vujudga kela boshlagan qaytgan suvlar 
irrigatsiyada asosiy muammo darajasiga ko`tarildi, chunki ularning xajmi yil 
sayin progressiv ravishda orta bordi. Qaytgan suvlar minerallashganligi tufayli
sug`orishda foydalanishga yaroqsiz, daryolarga yana qaytadan tashlansa, ularning 
suvini ifloslaydi va sho`rligi oshishiga sabab bo`ladi, berk botiqlarga yuborilsa, suv 
bug`lanishga sarf bo`lib, isrofgarchilikka yo`l qo`yiladi. 

Download 309.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling