4-tamoyilga binoan, ishlab chiqarishni ekologiyazatsiyalash, y a’ni
Tablatdan oqilona foydalanish asoslari
Download 367.62 Kb. Pdf ko'rish
|
3-maruza (sirtqi)
Tablatdan oqilona foydalanish asoslari
1. Bir tabiiy resursni himoya qilish yo‘li bilan boshqa tabiiy resursni himoya qilishni ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlami amalga oshirish. Masalan, o ‘rmonlami himoya qilish hisobiga tuproqni suv erroziyasidan saqlash. 2. Insonlami tabiatga ko‘rsatayotgan har bir ta’sirlami oqibatlarini oldindan aytib berish. 3. Tabiiyga nisbatan yuqori hosildor komplekslar (agrobiot- senozlar) hosil qilish. 39 4. Наг bir joyning tabiiy va ekologik sharoitlarini hisobga olgan holda tabiiy resurslami xalq xo‘jaligiga ketma-ket ravishda jalb etilishini tashkil qilish. 5. Tugalanmaydigan resurslarga vaqt va fazoda ratsional qayta taqsimlanishini yuqori darajada saqlash. 6. Xomashyo va energiyaning yangi manbalarini izlab topish. 7. Qayta tiklangan resurslarga kengaytirilgan ravishda qayta tiklash (meliorativ ishlami kengaytirish, mineral o ‘g ‘itlami qoilashni kengaytirsh, genetika va seleksiya ishlari natijalaridan keng foydalanish, hosilni turli kasallik va zararkunandalardan saqlash (fotosintez jarayonining samaradorligini oshirish hisobiga). 8. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslami o ‘rganish va izlab topish, ulardan tejamli va kompleks ravishda foydalanish. 9. Atrof-muhit sifatini yaxshilash va resurslar tejash maqsadida resurslardan yopiq siklga binoan, foydalanishni, y a’ni sanoat chiqindilaridan ko‘p marta qaytadan fodalanishni y o ig a qo‘yish. Tabiat tomonidan yaratilgan estetik va ilmiy go‘zallikni saqlash, landshaftni boyitish. MONITORING Jamiyat bilan tabiat o ‘rtasidagi o ‘zaro bog‘liqlikni optimallashtirish (muvofiqlashtirish) uchun biosfera haqida obyektiv informatsiya (ma’lumot) zarurdir. Tabiatda sodir b o ‘layotgan o ‘zgarishlami kuzatuvchi va nazorat qiluvchi sistema — monitoring deb ataladi. Monitoringning asosiy maqsadi tabiatdagi antropogen o'zgarishlami aniqlashdir. Monitoring uch pog‘anadan tashkil topgandir: 1. kuzatish; 2. baho berish; 3. ro ‘y berishi mumkin b o ‘lgan o ‘zgarishlami oldindan aytib berish. Monitoring antropogen o'zgarishlaming manbalari; antropogen ta’siming kimyoviy, fizikaviy, biologik omillari va ulaming ta’sirida tabiatda sodir bo‘layotgan o ‘zgarishlami kuzatadi. U biosfera elementlaridan qaysi biri inqirozga uchrashi mumkinligi va inqirozga olib keluvchi asosiy omillami aniqlaydi. Monitoring mahalliy hamda yer shari miqyosida kuzatish ishlarini olib boradi. Monitoringning quyidagi turlari mavjuddir: 1. Sanitar zaharlilik monitoring - atrof-muhitning sifatini (atmosfera, havo, suv) tekshiradi, ifloslilik darajasini aniqlab, ulami inson salomatligiga ko‘rsatayotgan ta’sirini o ‘rganadi. 40 2. Ekologik monitoring - ekologik sistemalar tarkibidagi ro‘y berayotgan o'zgarishlar, biogeotsenoz, tabiiy komplekslar va ulaming samaradorligini, yer osti boyliklarining zaxiralarini aniqlash bilan shug'ullanadi. 3. Biosfer monitoring - tabiatdagi ro ‘y beradigan global-fon o ‘zgarishlarini aniqlaydi (radiatsiya, changlilik darajasi, C 0 3, 0 3ning miqdori, okean bilan atmosfera o ‘rtasidagi gaz sirkulyatsiyasini, ob-havo o‘zgarishlarini). 4. Kosmik monitoring - kosmik apparatlar yordamida kuzatuv ishlarini olib boradi. 0 ‘zbekiston Respublikasida turli bosqichlarda: mahalliy, regional va global kuzatuv ishlarini olib boruvchi monitoring sistemasi ishlab chiqilgan. U quyidagilami o ‘z ichiga oladi: 1. Yer usti suvlarining nazorat qiluvchi stansiya mavjud bo‘lib, u o ‘z kuzatuv ishlarini 94 manba, 134 ta tekshiruv nuqtalari, 187 ta namuna olish joylarida amalga oshiradi. U yerlarda suvlaming tarkibidagi mineral komponentlar, biogen moddalaming miqdori, neft mahsulotlari, fenol, xlororganik va fosfororganik pestitsidlar, og‘ir metallar, ftor, erimaydigan zarrachalar va boshqalaming miqdori aniqlanadi. 2. Shuningdek, atmosfera yog‘in-sochinlarining kimiyoviy tarkibini kuzatib turuvchi kuzatish sistemasi ham mavjuddir. Namunalar tarkibidagi sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kalsiy, magniy, kaliy, ftoridlar va boshqalaming miqdori aniqlanadi. 3. Sanoati eng rivojlangan shaharlaming qor qatlamalarining 26 tur modda bilan ifloslanishini kuzatuv ishlari olib boriladi. 4. Atmosfera havosini holatini doimiy tekshirib turuvchi 25ta shaharda 65 ta doimiy postlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Gidrometeorologiya xizmati markazi tarkibiga quyidagilar kiradi: 0 ‘zbekiston respublikasi atrof-muhitni kuzatuvchi markazi. Uning 2 ta kompleks laboratoriyasi Farg‘ona va Havoiy shaharlarida, 7 ta laboratoriyasi Olmaliq, Angren, Andijon, Bekobod, Samarqand va Chirchiq shaharlarida, 4 ta kuzatuv gumhlari Buxoro, Guliston, Nukus, Namangan shaharlarida joylashgandir. Yana Sariosiyo tarmoqlararo laboratoriyasi, 2 ta stansiya Chotqol qo‘riqxonasida hamda «Abramov muzligida» atrof-muhitni ifloslanishini kuzatib turadi. Respublikamiz qishloq markazlari, sanoati rivojlangan shahar atroflari va noxiya markazlarida tuproqning ifloslanishi va o ‘simliklar zaharlanishi ustidan nazorat ishlari doimiy ravishda olib boriladi. Suv resurslari bo‘yicha m a’lumot yig‘uvchi baza suv kadastri b o iib , u 1979- 41 yildan buyon faoliyat k o ‘rsatmoqda va u har 5 yilda suvdan foydalanish sohasida 0 ‘zbekiston davlat suv xo‘jaligini loyihalash institutiga, yer usti suvlari sohasida esa, Davlat ekologiya q o ‘mitasiga o ‘z nazorat va kuzatuv ishlari natijasini berib turadi. 1977-yildan buyon 0 ‘zbekiston yer resurslaridan foydalanishi loyhalash instituti tuproqning sifatii va miqdorini doimiy hisobga oluvchi — yer kadastr yordamida kuzatuv ishlarini olib boradi. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining analitik nazorat inspeksiyalari tomonidan 11 noxiya markazlarida, Toshkent shahri va 10 ta shaharda oqava suv tarkibidagi 42 modda, atmosfera havosiga tushayotgan 10 turli zaharli moddalar va ulaming manbalari ustidan analalitik nazorat ishlari olib boriladi. Toshkent shahridagi davlat inspeksiyasi laboratoriyalariga uslubiy rahbarlik ishlarini va faoliyatlarini tashkil qilish, boshqarish ishlarini olib boradi. Download 367.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling