4-tamoyilga binoan, ishlab chiqarishni ekologiyazatsiyalash, y a’ni
Download 367.62 Kb. Pdf ko'rish
|
3-maruza (sirtqi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xomashyo manbalari
8-rasm. Tabiiy resurslaming iqtisodiy sinflanishi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari - resurslaming aylanma harakatini ilmiy jihatdan tashkil qilishdan iboratdir. Jamiyatning resurslarga bo‘lgan talablarini va aholini sonini oshib borishini hisobiga olgan holda, kengaytirilgan ishlab chiqarishni tashkil qilish zamrdir. Demak, resurslarga sarflash emas, balki qaytadan aylanma harakatini tashkil etish kerakdir. Shu vaqtga qadar inson tabiiy resurslardan tugallanmaydigan manba sifatida foydalanib kelgan. Lekin qayta tiklanmaydigan resurslar (ruda, neft, gaz, ko'm ir) tugay boshlayapti va insoniyat oldida xomashyo va energetik resurslar yetishmovchiligi muammosi paydo bo‘la boshladi. Hozirgi kunda insoniyat oldida quyidagi myammolar mavjuddir: 1. Xomashyo yetishmasligi muammosi; 2. Energiya bilan ta’minlash muammosi; 3. Oziq-ovqat muammosi. 33 Yuqoridagi muammolami hammasi birgalikda ekologik inqirozni vujudga keltiradi. Endi ushbu inqirozdan chiqishi yo'llari bormikan? - degan savolni ko‘rib chiqamiz. Xomashyo manbalari Jahonda urushdan keyingi davrda butun insoniyat jamiyati paydo bo ‘lgan davrdan buyon qancha xomashyodan foydalanilgan b o ‘lsa, shuncha miqdorda xomashyo ishlatiladi. Yiliga 100 mlrd. tonnagacha tog‘ jinslari qayta ishlanadi. Inson o ‘z faoliyati davomida mavjud bo'lgan 88 elementning 85 tasidan foydalanadi. Eng boy ruda konlari tez ishlatilishi hisobiga kamayib borayapti. Insoniyatning zaxiralaridagi metallar bilan ta’minlanish miqdori quyidagi yillarga etadi. A1 - 570 yil Rb - 19 yil F e - 2 5 0 y i l S n - 3 5 y i l Zn - 23 yil Ag, Rt - 20 yil Su - 29 yil Au - 17 yil O ‘zbekiston Respublikasi kelajakda tog'-kon sanoatini rivojlantirish uchun mustahkam xomashyo bazasiga egadir. Uning hududiga 50 ta kon bo‘lib, unda 94 tur mineral xomashyo bordir. Hozirgi kunda 33 ta konda nodir metallar va 32 ta konda rangli metallar qazib olinmoqda, 27 ta oltin va kumush konlardan 19 tasi ishlab turibdi, undan 7 tasida faqat oltin qazib olinmoqda 0 ‘rta Osiyodagi eng yirik Olmaliq tog'-kon kombinatini mis-molibdenli va qalay-ruxli konlar ta’minlab turibdi. Ushbu konlar rudalari tarkibida misdan tashqari, oltin, kumush, molibden, selen va boshqa elementlar ham bor. Respublikamizda yana 7 ta volfram konlari, 2 ta ko‘rg‘oshin konlari bor, fosforit zaxiralari esa, 100 mln. tonna fosfor angidridi hisobiga ta’minlangandir. Lekin, mavjud mineral xomashyodan yetarli darajada ratsional, tejamli foydalanilayotgani yo‘q. Ulami qazib olish va foydalanish jarayonlarida ko‘pgina qismi bekorga yo‘qotilyapti. Yiliga Respublikamizda 100 mln. tonna turli xil chiqindilar hosil bo'ladi va ulaming yarmidan ко‘pi zaharli moddalardan tashkil topgandir. Ulaming m a’lum qismi ikkilamchi xomashyo sifatida xalq xo‘jaligida foydalanilayapti. Lekin, asosiy qismi esa (umumiy miqdori 2 mlrd. tonna) ishlatilmaydi v abir yerga to‘planib qo‘yiladi. 34 Chiqindilaming ko‘p qismi (1,3 mlrd tonna) tog‘-kon va qayta ishlovchi korxonalarida hosil bo‘ladi. Qora va rangli metallami qayta ishlash jarayonida 350 ming tonna shlak hosil bo'ladi. Shunday qilib, kam takomillashgan texnologiya bilan tog‘ jinslarini qayta ishlash jarayonida juda ko'p miqdorda chiqindilar hosil bo'ladi. Ular esa ko‘p yer maydonini egallashi nafaqat u yerlanii band qiladi, balki Yeming unumdorligini ham yomonlashtiradi. Respublikamizda zaharli qattiq chiqindilami zaharsizlantirish, ulardan foydalanishni tashkil qilish kabi ishlar ham yo‘lga qo‘yilgan emas. Hozirgi kunda mineral xomashyo inqirozidan chiqish yo'llari quyidagicha: 1. Foydali qazilmalaming yangi konlarini izlab topish. Masalan, okean tubida juda boy konlar mavjud bo‘lib, kelajakda ulardan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish zarur. 2. Ikkilamchi xomashyodan foydalanishni tashkil qilish. Mavjud texnologik jarayonlami takomillashtirish, asosiy rol o'ynaydi. Masalan, hozir rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda 3 0—40 foiz mis ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash hisobiga ajratib olinmoqda. Yana biometallurgiyani rivojlantirish hisobiga qoldiq tog‘ jinslari tarkibidan arzon yo‘l bilan bir qancha metallami ajratib olish mumkin. Ushbu usul tarkibida turli bakteriyalar uchun zamr b o ig an moddalari bor b o ‘lgan suyiqlik bilan rudani yuvishga asoslangandir. Bakteriyalar minerallami parchalab, kerakli metallni eritmaga o'tqazadi va u keyin ajratib olinadi. Bu usul bilan Cu, Zn, Ni, Mo, Cr, A1 va hatto oltinni ham ajratib olish mumkin. 3. Metallami plastmassalar bilan almashtirish hisobiga ulami tejash. Masalan, 1 tonna plastmassa 3 tonna bronza, qalay va boshqa rangli metallami almashtiradi. Download 367.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling