4+2 tartibida amalga oshiriladigan malakaviy pedagogik amaliyot dasturi


Download 202.5 Kb.
bet1/6
Sana25.02.2023
Hajmi202.5 Kb.
#1228675
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-курс 4 2 dasturi yangi talabalarga 4-sem


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI


4+2 TARTIBIDA AMALGA OSHIRILADIGAN
MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOT
DASTURI
(II-kurs uchun)



Ta’lim yo‘nalishi

60110100-Pedagogika va psixologiya (qo’shimcha tarbiya fani o’qituvchisi)

Semestr

4-semestr



Kredit miqdori

2




taqsimot

Vaqt (soat)

1.

Kunlik maksimal yuklama

4\6

s

2.

Haftalik yuklama

6

s

3.

Umumiy yuklama

60

s


Termiz shahridagi 12-maktab
direktori: M.Xalliyeva
imzo muhr
17.02.2023


Termiz – 2023
Tuzuvchilar:



1

Axmedov Baxtiyor

-

Psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi













2

Eshmurodov Olmosbek

-

Psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi













3

Sattarova Dilshoda

-

Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi


























Taqrizchilar:









Institut









M.O. Norbosheva

___________

Psixologiya kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent



Tashkilot







F.S.Berdiyeva

____________

Termiz shaxar xalq ta’limi bo’limi, bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazi metodist psixologi



O‘quv uslubiy bo’lim boshlig‘i:








“______” ______________ ____________ A. Samiyev








Surxondaryo viloyati xalq ta’lim boshqarmasi pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho’ba rahbari





______” ______________ ____________A. U. Bekpulatov







Amaliyot bo‘yicha umumiy rahbarlar:



1

Norbosheva Mexri

-

Psixologiya kafedrasi mudiri, dotsent

2

Axmedov Baxtiyor

-

Psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

3

Eshmurodov Olmosbek

-

Psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi,PhD

4

Sattarova Dilshoda

-

Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi



Ish joyi: TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Bog‘lanish telefon raqami: (90)747-08-83
E-mail: baxti2225@umail.uz


Prerekvizitlar:
Mazkur amaliyotni o‘tash uchun talaba quyidagi fanlarni egallagan bo‘lishi kerak: Psixologiya nazariyasi va tarixi, muloqot psixologiyasi, psixofiziologiya, rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya, psixodiagnostika va eksperimental psixologiya, ijtimoiy psixologiya, art-terapiya, pedagogika nazariyasi va tarixi, ijtimoiy pedagogika, kreativ pedagogika
Postrekvizitlar:
Mazkur amaliyot Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya, Ijtimoiy psixologiya, Kreativ pedagogika, ijtimoiy pedagogika fanlarini egallash uchun amaliy yordam beradi.
Mazkur amaliyot jarayonida talabalarga uchun quyidagi fanlar fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular, Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya, Ijtimoiy psixologiya, Kreativ pedagogika, ijtimoiy pedagogika fanlaridir.
Malakaviy amaliyotining zarurati
O‘quv tanishuv amaliyoti davomida amaliyotchi-talabalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ijtimoiy muhiti, psixologik muhitini, muassasa sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsiplari, va boshqalar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar xosil qilishlari lozim.
Talabalar muassasa psixologining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchilik faoliyati, amaliyotchi psixologning ish faoliyati hamda sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyat yuzasidan o‘quvchilarga munosabatlari, me’yoriy hujjatlari bilan tanishishlari kerak.
Amaliyotning maqsadi – talabalarni bo‘lajak amaliyotchi psixolog va tarbiya fani o’qituvchisi sifatida amaliy-kasbiy ko‘nikalarini shakllantirish va o’quv tarbiya jarayoniga tayyorlash.
Amaliyotning vazifasi – talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish, ko‘nikmalarini shakllantirish, nazariy olingan bilimlarni mustaxkamlash, rivojlantirish; o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hususiyatlari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish; talabalarda kommunikativ-pertseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish kabilar.
Amaliyot yakunida natijadorlik:
- umumiy o‘rta ta’lim muassasasi to‘g‘risida tasavvurga;
- muassasa rahbariyatining jamoa bilan ishlashi to‘g‘risida tushunchaga;
- pedagogik jamoa o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida;
- o‘quvchilarning o‘zaro va pedagoglar bilan munosabatlari, o‘quvchilarning - yosh xususiyatlari to‘g‘risida;
- ota-onalar murojaatlari va ular bilan maktab jamoasining munosabati;
- darsda va sinfdan tashqarida o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlari;
- o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi;
- sinf xonalariga qo‘yilgan gigienik talablar to‘g‘risida;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi va ularning me’yoriy hujjatlarini rasmiylashtirilishi va boshqalar to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling