44-mavzu bugungi g еosiyosat va o‘zbеkiston hozirgi kunda butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlararo hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda
Download 70.77 Kb. Pdf ko'rish
|
44 - мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli mintaqalarda u yoki bu ko‘rinishdagi xavfsizlikka tahdidlar sonining ortib borishiga tabiiy resurslarning, oziq-ovqat
https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi 44-mavzu BUGUNGI G ЕOSIYOSAT VA O‘ZBЕKISTON Hozirgi kunda butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlararo hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli mintaqalarda u yoki bu ko‘rinishdagi xavfsizlikka tahdidlar sonining ortib borishiga tabiiy resurslarning, oziq-ovqat zaxirasining kamayib ketayotgani va uni egallashga intilish uchun raqobat muhitining kuchayishi omil bo‘lmoqda. Shuning uchun ham Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 78- sessiyasidagi nutqida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni birgalikda ta’minlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston rahbari «Jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilmoqda. Global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq me’yorlaridan chekinish kuchaymoqda. Va bularning barchasi keng ko‘lamdagi keskinlik ortishiga sabab bo‘lmoqda» deya ta’kidlaganida, hududlar va mintaqalarda yuz berayotgan to‘qnashuvlar, harbiy harakatlar, qudratli davlatlarning kichik davlatlarga tazyiqi kuchayishi, bir paytlar strategik sherik va hamkor bo‘lgan mamlakatlarning bugungi kunga kelib urush iskanjasiga tushib qolayotganligiga o‘zaro ishonchning yo‘qolib borayotganligi sabab bo‘layotganini ko‘zda tutgandi. Shuningdek, BMT sammitidagi nutqida ham https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi davlatimiz rahbari «Geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli savdo, investitsiya va innovatsiya sohalarida erkin almashish yo‘lida yangi to‘siqlar vujudga kelmoqda. Hatto iqlim o‘zgarishlari, ochlik va tengsizlikka qarshi kurash singari butun bashariyat taqdiriga daxldor bo‘lgan masalalarda ham o‘zaro muloqot izdan chiqqani sezilmoqda. Bunday murakkab sharoitda amaliy hamjihatlik va hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda, mamlakatlarni jipslashtirish g‘oyasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda» deb ta’kidlagan edi. Haqiqatan ham, bugungi kunda geosiyosiy qarama-qarshiliklar, turli mintaqalarda mineral xomashyolar va jahon bozorlarini egallash borasida kuchli raqobat sababli mana shunday vaziyat yuzaga kelayotganligini anglash mumkin. Dunyo davlatlari tomonidan xalqaro huquq normalariga binoan, davlatlarning hududiy yaxlitligini tan olish, uni hurmat qilish belgilangan. Bugungi kunda ayrim geosiyosiy kuchlar tomonidan hatto BMT nizomi va ushbu tashkilotning qator hujjatlari normalari buzilayotganligini kuzatishimiz mumkin. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 17-moddasida davlatlarning hududiy yaxlitligi prinsipiga amal qilinishi aniq belgilab qo‘yildiki, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida mana shu prinsipga amal qiladi va davlatlar hududiy yaxlitligini hurmat qiladi. Respublikamizni bu geosiyosiy jarayonlardan chetdagi davlat deb bo‘lmaydi. So‘nggi yillarda dunyoda xavfsizlik va barqarorlik, millatlararo, dinlararo hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgan o‘ziga xos platformani ilgari surayotgan davlat sifatida, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqani chinakam muloqot va hamkorlik makoniga aylintirish bo‘yicha haqiqiy yetakchiga aylanib bormoqda. Download 70.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling