49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


-Ma’ruza  CHastotani avtomatik ravishda rostlash


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/26
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775853
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun (1)

59-Ma’ruza 
CHastotani avtomatik ravishda rostlash 
 
CHastota avtomatik ravishda rostlashdan asosiy maqsad: 
- oraliq chastotaning qiymatini muttasil saqlab turish, 
- uzatish qurilmalari va geterodinda behosdan paydo bo‘lib qoladigan 
signla to‘lqinlarini yo‘qotish va nihoyat, 
- qurilmani ishlash holatini barqaror ushlab turishlikdir. 
CHastotani avtomatik rostlash (CHAR)larning ishlash jarayoni rostlanuvchi 
generatorning chastotasi o‘zgarib qolganda u rostlanuvchi generator o‘zining nominal 
chastotasidan qanchaga o‘zgarib qolganligini avtomatik ravishda o‘lchashlikdan 
iboratdir. CHARlarning samarali ishlashi rostlanuvchi generator chastotasi uning 
etalon chastotasidan o‘zgarib qolgan qiymatini, shu qiymaning qoldig‘iga bo‘lgan 
nisbati aniqlanadi. YA’ni, 
K
uam
 = Δf
0
 / Δf
k1
 (11.2) 
Bu nisbatni avtomatlash koeffitsienti deb ataladi. 
Agarda qoldiq nolga teng bo‘lmasa rostlovchi tizimni statik, aks holda astatik 
tizim deb ataladi. 
Demak CHARlarning tarkibida asosan etalon chastota, o‘lchov elementi
rostlovchi tizim bo‘lishi kerak ekan. Bularga qo‘shimcha sifatida kuchaytirgich 
qurilmalari, filtrlar ham bo‘lishi mumkin. 
Supergeterodin priyomniklarida chastotani muttasil ushlab turishlik uchun oraliq 
chastotani muttasil ushlab turiladi yoki geterodin chastotasini me’yorlanadi. Ularga 
asosan CHAR tizimlari ikki katta guruhga bo‘linadi. 
1. Oraliq chastotani meyorlashga asoslangan CHAR tizimlari (11.2- rasm). 
2. Geterodin chastotasini meyorlashga asoslangan CHAR tizimlari (11.3-rasm). 
11.2-rasmda oraliq chastotani kuchaytirilgan kuchlanishi o‘lchov elementiga 
beriladi. Bu elementda o‘lchanilgan chastotaning o‘zgarishining kuchlanishi 
o‘zgarmas kuchlanishga aylantiriladi. Bu kuchlanishning qiymati va ishorasi Δf
or
 
chastotasi kuchlanishining qiymati va ishorasiga mutanosib bo‘ladi. Bu kuchlanish 
o‘zgaruvchan tashkil etuvchisidan tozalanilgach, o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga 
beriladi. Kuchaytirgichning asosiy parametrlari van kerakli kuchaytirish koeffitsienti 
rostlashning 
qonuniyatlari 
bilan 
aniqlanadi. 
Kuchaytirgichning 
chiqimidagi 
kuchlanishning ta’sirida rostlovchining sxemasi geterdin chastotasini o‘zgarib qolgan 
chastotasiga 
mutanosib ravishda o‘zgartiradi. Natijada oraliq chastotaning 
qiymatimuttasil ushlab turiladi. Bu tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Bu sxemaning 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, ya’ni oraliq chastota meyorlagichi sifatida ham xizmat 
qiladi. CHunki u generator yoki geterodin chastotalari o‘z ishchi doirasidan chiqib 
ketsa, sxema o‘sha chastotalarni avtomatik ravishda qayta etalon qiymatiga keltirib 
qo‘yadi. 


41 
11.2-rasm. 
11.3-rasmda geterodinning chiqish kuchlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elementning 
kirimiga berialdi. Bu element chastotaning etalon chastotadan qanchalik o‘zgarib 
qolganini hisobga oladi. Bu sxema orqali, faqatgina geterodin chastotasining o‘zgarib 
qolgan qiymatini kompensatsiyalab, chastotani asl holatiga keltirib beradi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan rostlashning ikki usulidan tashqari yana o‘lchov 
elementining ishlash jarayoniga qarab ikki turga bo‘linadi. 
1. CHastotani avto rostlash-CHAR. 
2. Fazani avto rostlash-FAR. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan usul CHAR tarkibiga kiradi. Agarda o‘sha usulni 
fazalar siljishi bo‘yicha olib borsak, u holda u usul FAR tarkibiga kiradi. 
11.3-rasm. 
Rostlash zanjiri elementlarining asosiy xarakteristikalari 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling