49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


-Ma’ruza  Kuchaytirishni avtomatik rostlash


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775853
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun (1)

60-Ma’ruza 
Kuchaytirishni avtomatik rostlash 
 
KARlar, qabul qilinayotgan signallarning jadalligi o‘zgarib qolgan sharoitlarda 
ham radiopriyomniklarning chiqimidagi kuchlanishni berilgan qiymatda saqlab 
turishlik uchun xizmat qiladi, ularning ishlash jarayoni kuchaytirgich asboblari hamda 
elementlarning xossalarini avtomatik ravishda o‘zgartirishga asoslangandir. 
Agarda qabul qilinayotgan signalning sathi ortib ketsa kuchaytirish koeffitsienti 
kamayadi va aksincha. Bu ta’rif KARlarning kuchaytirishni avtomatik rostlashning 
asosiy negizini tashkil etadi. KARlarning samaraligi chiqimdagi kuchlanishning nisbiy 
o‘zgarishi bilan baholanadi. U quyidagicha topiladi. 
V = U
φ maks 
/ U
φ min 
(11.6) 
Yoki, 


(1.7) 
Bu erda –ning qiymati 1,1÷10,0 oralig‘ida D-ning qiymati 104÷105 oralig‘ida 
bo‘ladi. 
KARlar quyidagi turlarga bo‘linadi. 
- teskari aloqali KARlar, 
- teskari aloqasiz KARlar, 
- aralash KARlar va hakozo. 
Teskari aloqali KARlarda rostlash chiqimdagi kuchlanishning sathitga bog‘liq 
bo‘ladi. Bunday KARlarni «orqaga» rostlashli KARlar deb ataladi (11.6-rasm). 
Agarda KARlarda teskari aloqa bo‘lmasa bu holda rostlovchi kirimdagi 
kuchlanishning sathi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday KARlarni «oldingga» rostlovchi 
deb ataladi (11.6-rasm). 
11.6-rasm. 
Bulardan tashqari KARlar uzluksiz va impulsli, inersion vainersionsiz, soda va 
ushlab qoluvchi turlarga bo‘linadi. 
 
 
 
 
 
 
 


45 
KAR elementlarining asosiy xarakteristikalari 
va strukturaviy sxemasi 
11.6-rasmda barcha asosiy elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan teskari 
aloqali KARlarning strukturaviy sxemasi ko‘rsatilgan. 
Sxemada priyomnikning to‘g‘ri chiziq xarakteristikali bo‘lagi chiqimidagi 
kuchlanish rostlash zanjirida qo‘shimcha kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va 
KARning to‘g‘rilagichiga beriladi. To‘g‘rilagichdagi kuchlanishning doimiy tarkibiy 
qismi kirish signalining kuchlanishiga mutanosib bo‘ladi. Quyi chastotali filtr orqali 
ajratilgan kuchlanish o‘zgarmas tok kuchaytirgichida kuchaytiriladi va u go‘yo 
rostlovchi sifatida priyomnikning kaskadalariga beriladi. Kirimdagi signal 
kuchlanishining sathi qanchalik katta bo‘lsa, rostlovchi kuchlanish ham shunchalik 
kata bo‘ladi. Lekin rostlanuvchi kaskadning uzatish koeffitsienti shunchalik kichik 
bo‘ladi. To‘xtatib qo‘yadigan sxema orqali KAR ishlash holatining boshlanishiga 
qo‘yiladi. 
11.7-rasm. 
Quyida KARlarning asosiy xarakteristikalari bilan tanishamiz. 
1. Rostlanuvchi kuchaytirgich. 
Rostlanuvchi kuchaytirgich tarkibiga rostlanuvchi kuchaytirgich koeffitsientli 
kaskadlar, muttasil kuchaytirilishi boshqarilmas kaskadlar, kaskadlararo bog‘lovchi 
elementlar kiradi. 
Kuchaytirgichli kaskadlar orasida Yuqori va oraliq chastotali kuchaytirgichlarni 
rostlangani ma’qul. CHunki rostlashning bu usulida egri chiziqli buzilishlar bo‘lmaydi. 
Rostlanadigan kaskadalarning soni KARlarning samarali ishlashlariga qo‘yilgan 
talablar orqali aniqlanadi. 
Rostlanadigan kuchaytirgichlarning samarali ishlashini baholashda uning 
kuchaytirish koeffitsientini o‘zgartirish qonuniyatini bilish kata ahamiyatga egadir. Bu 
qonuniyat kuchaytirgichlarning rostlaydigan xarakteristikasi orqali topiladi. Bu 
xarakteristika (11.7-rasm) rostlanuvchi kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti 
bilan rostlovchi kuchlanish orasidagi munosabatni ko‘rsatadi. 


46 
11.8-rasm. 
Bu xarakteristika orqali rostlash usuli rostlanuvchi va rostlanmaydigan 
kaskadlarning soni bilan aniqlanadi. Bu munosabatni analiptik ko‘rinishini 
quyidagicha ko‘rsatish mumkin. 
(11.8) 
Bu erda – rostlanuvchi kaskadlarning soni 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling