49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775853
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun (1)

 
 
CHastota – impulsli detektorlar 
 
CHID Lar chastota bo‘yicha modulyasiyalangan signal impulslar ketma-
ketligiga aylantirilib beriladi. Impulslarning takrorlanish soni, ya’ni chastotasi kirish 
chastotasining o‘rtacha qiymatiga nisbatan og‘ishiga mutanosibdir. Impulslar soniga 
mutanosib bo‘lgan chiqimdagi kuchlanishni impuls hisoblagichlari orqali ham 
shakllantirib berish mumkin. Bunday detektorlarni, odatda impuls hisoblagich 
impulshisoblagich detektorlar oilasiga kiradi. SHunday detektorlardan birining 
sxemasi 10.23-rasmda ko‘rsatilgan. 
Detektor asosan uchta qismdan iboratdir. Ular komparator, vibrator va 
integratorlardir. Komparatorning sxemasi 10.31-rasmda ko‘rsatilgan. 
U operatsion kuchaytirgich asosiga qurilgan bo‘lib, kirish signalini ketma-ket 
impulsga aylantirib beradi. Undan chiqayotgan impuls NE-I operatsiyasini bajaruvchi 
vibratorga kelib tushadi. 


35 
10.23-rasm. 
Sxemadagi R1 C1 NE-I operatsiyasining vaqtini ta’minlab turadi. Vibrator 
chiqimidagi impulslar balandligi va uzunligi bir meyorda turadi. CHastotasi esa 
kirimdagi signal chastotasiga mos tushadi. Integrator ham operatsion kuchaytirgich 
asosiga qurilgan bo‘lib. U impuls chastotasiga mos tushuvchi kuchlanishni 
shakllantiradi va bir vaqtning o‘zida u impulslarni ketma-ketligini o‘rtachalab beradi. 
Bunday detektorlarning ahamiyati detektorlashni Yuqori sifatli qilib berishligi. 
Detektorlashning kirish signalining o‘rtacha chastotasini og‘ishga bog‘liq bo‘lmasligi, 
ularni integral sxemada qurish mumkinligidadir. 


36 
58-Ma’ruza 
RADIOQABUL QILUVCHI QURILMALARNI ROSTLASH 
Rostlashning turlari 
Ma’lumki, har qanday qurilmani, jumladan radio qabul qilgich samarali 
ishlashini oshirish uchun ularga qulay sharoit yaratiladi. Qurilmalarga ishlarsh 
sharoitlarini yaxshilash uchun u qurilmalarni tashkil etgan elementlarni qiymatlarini, 
asosiy ko‘rsatgichlari va ularning xossa va xususiyatlari turli yo‘llar bilan rostlanadi. 
Rostlash usullari turlichadir. Lekin ular qanday bo‘lmasin rostlash usullarini ikki katta 
guruhga ajratiladi. 
Birinchi guruhga kiruvchilikni parametrlarini rostlash usullari kiradi. 
Parametlarni rostlash usullari orqali radiopriyomniklarning chastota va fazaviy 
xarakteristikalari 
kerakli 
me’yorda 
shakllantiriladi 
va 
shu 
yo‘l 
bilan 
radiopriyomniklarning samarali ishlash qobilyatini orttiradi. 
Ikkinchi guruhga radiopriyomniklarning elementlarini elektr rejimlarini rostlash 
usullari kiradi. Rostlashning birinchi gurhiga radiopriyomniklarning chastotasi, 
tanlovchanligini, chastota o‘tkazish yo‘llarini rostlash kiradi. Rostlashning ikkinchi 
guruhiga esa elektron asboblarning oldindan tanlanilgan elektr rejimlarini, ayrim 
elementlarni talab bo‘yicha oldindan o‘rnatilgan elektr rejimlarini ta’minlab turish, 
qabul qiluvchi traktning kuchaytirishini rostlash, ayrim elementlar orasidagi aloqani 
rostlash va hakozolar kiradi. Bu ikki guruhdan tashqari rostlash ishlab chiqarish 
texnologik va ekspluatatsion guruhlarga ham bo‘linadi. Bu guruhlarning birinchisiga 
qurilmalarni zavod sharoitida ishlab chiqarilayotgan hamda ta’mirlayotgan paytdagi 
rostlashlar kiradi. Bu rostlash asosan qo‘lda bajariladi. 
Rostlashning bu usuli orqali qurilmalarning xarakteristika va parametrlariga 
qo‘yilgan texnik talablar amalga oshiriladi. Bu rostlash turiga misol tariqasida kontur 
va filtrlarni rostlash, asboblarning elektrodlariga kerakli bo‘lgan kuchlanishlarni 
o‘rnatish, kaskadlar aro aloqani sozlash va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
Qurilmalarni ekspluatatsiya qilinayotgan paytda ishlab chiqarish- texnologik 
rostlashlardan foydalanish mann etiladi. Ekspluatatsiya paytida radiopriyomniklarning 
chastotasini, kuchaytirish koeffitsientini, tanlovchanlik xossalarini va shu kabi 
ko‘rsatgichlarni rostlashga ruxsat beriladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling