49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar
Tranzistorli amplitudaviy cheklagichlar
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun (1)
Tranzistorli amplitudaviy cheklagichlar
Tranzistorli ACHlar bir necha turlarga ega: oddiy, ikki tranzistorli va umumiy Re rezistorli, o‘zgaruvchan siljitishli. Oddiy tranzistorli ACH Bunday ACH oddiy tranzistorli kuchaytirgichga o‘xshash. Kuchaytirgichdan farqli ravishda ACH nochiziqli rejimda ishlaydi, buning uchun E kollektor kuchlanishini oddiy kuchaytirgichdan kamroq tanlanadi, U kir kuchlanishi etarlicha katta amplitudaga ega bo‘ladi. I k =f(U ke ) tranzistorning chiqish xarakteristikalarida (10.12-rasm) o‘zgaruvchan tok dinamik xarakteristikasi (yuklama chizig‘i) chizilgan. U kir ning katta amplitudasidayopilishi va to‘yinishi soxalarining mavjudligi keltirib chiqaradigan kollektor tokining ikkiyoklama kesilishi vujudga keladi. 10.12-rasm Bunda Ik tok maksimum va minimum bo‘yicha cheklangan bo‘ladi; rezonansli kontur kollektor tokining birinchi garmonikasini ajratadi. U kir < U bo‘s (10.11-rasm) bo‘lganida Ik tokning kesilishi vujudga keladi, U kir kuchlanishining ortishi bilan kollektor toki birinchi garmonikasining ortishi sekinlashadi, bu ma’lum chegaralarda U chik chiqish kuchlanishini o‘zgarmas bo‘lishini ta’minlaydi. Ikki tranzistorli va umumiy Re rezistorli ACH Uning sxemasi 10.13-rasmda keltirilgan, ACHning chiqish konturidagi kuchlanish VT2 tranzistor Ik chiqish toki birinchi garmonikasi orqali aniqlanadi. Kirish kuchlanishlarining (VT1 tranzistorning bazasidagi kuchlanish) turli satxlarida Ik tokning diagrammalari 10.14-rasmda keltirilgan. Agar Ukir=0 bo‘lsa, u holda chiqish toki i 2 = i 20 bo‘ladi, Odatda VT1 va VT2 tranzistorlar va ularning ish rejimlari bir xilda tanlanadi, shuning uchun i 20 =i 10 bo‘ladi. i20 tok tranzistorlarning boshlanishi rejimlariga bog‘liq. Ukir kirish kuchlanishi ortib boradi deb olinsa, ya’ni VT1 tranzistor bazasidagi musbat potensial ortadi. Bu VT1 tranzistorining yopila 28 boshlanishiga olib keladi, bunda uning ie1 emitter toki kamayadi. Bu kuchlanish VT1 va VT2 tranzistorlarni yopuvchi kuchlanishi bo‘lganligi uchun, uning kamayishi VT2 tranzistorining yanada ochilishini vujudga keltiradi, demak i e2 va i 2 toklar ortadi. i e2 tok VT1 tranzistorini U kir kuchlanishi yopgunga qadar ortadi, bunda i 2 = i 2max bo‘ladi. Keyin U kir kuchlanishining va VT1 bazasidagi (VT1 tranzistor yopik) musbat potensialning istalgan ortishida i2 tok o‘zgarmaydi, i 2max ga teng ushlab turiladi. YOpik VT1 tranzistoridagi i2 tok R3, R4 va Re rezistorlar qarshiliklari orqali aniqlanadi. U kir kuchlanishi nolga nisbatan kamaydi deb olsak, ya’ni VT1 tranzistor bazasiga manfiy potensial berildi deb xisoblaymiz. Bunda ie1 tok va Ue kuchlanish ortadi, VT2 tranzistor yopila boshlaydi i e2 tok kamayadi; VT1 tranzistor bazasidagi manfiy potensialning qandaydir qiymatida VT2tranzistor to‘lik yopiladi va i Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling