49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar
-Ma’ruza CHastotani avtomatik ravishda rostlash
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun (1)
59-Ma’ruza
CHastotani avtomatik ravishda rostlash CHastota avtomatik ravishda rostlashdan asosiy maqsad: - oraliq chastotaning qiymatini muttasil saqlab turish, - uzatish qurilmalari va geterodinda behosdan paydo bo‘lib qoladigan signla to‘lqinlarini yo‘qotish va nihoyat, - qurilmani ishlash holatini barqaror ushlab turishlikdir. CHastotani avtomatik rostlash (CHAR)larning ishlash jarayoni rostlanuvchi generatorning chastotasi o‘zgarib qolganda u rostlanuvchi generator o‘zining nominal chastotasidan qanchaga o‘zgarib qolganligini avtomatik ravishda o‘lchashlikdan iboratdir. CHARlarning samarali ishlashi rostlanuvchi generator chastotasi uning etalon chastotasidan o‘zgarib qolgan qiymatini, shu qiymaning qoldig‘iga bo‘lgan nisbati aniqlanadi. YA’ni, K uam = Δf 0 / Δf k1 (11.2) Bu nisbatni avtomatlash koeffitsienti deb ataladi. Agarda qoldiq nolga teng bo‘lmasa rostlovchi tizimni statik, aks holda astatik tizim deb ataladi. Demak CHARlarning tarkibida asosan etalon chastota, o‘lchov elementi, rostlovchi tizim bo‘lishi kerak ekan. Bularga qo‘shimcha sifatida kuchaytirgich qurilmalari, filtrlar ham bo‘lishi mumkin. Supergeterodin priyomniklarida chastotani muttasil ushlab turishlik uchun oraliq chastotani muttasil ushlab turiladi yoki geterodin chastotasini me’yorlanadi. Ularga asosan CHAR tizimlari ikki katta guruhga bo‘linadi. 1. Oraliq chastotani meyorlashga asoslangan CHAR tizimlari (11.2- rasm). 2. Geterodin chastotasini meyorlashga asoslangan CHAR tizimlari (11.3-rasm). 11.2-rasmda oraliq chastotani kuchaytirilgan kuchlanishi o‘lchov elementiga beriladi. Bu elementda o‘lchanilgan chastotaning o‘zgarishining kuchlanishi o‘zgarmas kuchlanishga aylantiriladi. Bu kuchlanishning qiymati va ishorasi Δf or chastotasi kuchlanishining qiymati va ishorasiga mutanosib bo‘ladi. Bu kuchlanish o‘zgaruvchan tashkil etuvchisidan tozalanilgach, o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga beriladi. Kuchaytirgichning asosiy parametrlari van kerakli kuchaytirish koeffitsienti rostlashning qonuniyatlari bilan aniqlanadi. Kuchaytirgichning chiqimidagi kuchlanishning ta’sirida rostlovchining sxemasi geterdin chastotasini o‘zgarib qolgan chastotasiga mutanosib ravishda o‘zgartiradi. Natijada oraliq chastotaning qiymatimuttasil ushlab turiladi. Bu tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Bu sxemaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ya’ni oraliq chastota meyorlagichi sifatida ham xizmat qiladi. CHunki u generator yoki geterodin chastotalari o‘z ishchi doirasidan chiqib ketsa, sxema o‘sha chastotalarni avtomatik ravishda qayta etalon qiymatiga keltirib qo‘yadi. 41 11.2-rasm. 11.3-rasmda geterodinning chiqish kuchlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elementning kirimiga berialdi. Bu element chastotaning etalon chastotadan qanchalik o‘zgarib qolganini hisobga oladi. Bu sxema orqali, faqatgina geterodin chastotasining o‘zgarib qolgan qiymatini kompensatsiyalab, chastotani asl holatiga keltirib beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan rostlashning ikki usulidan tashqari yana o‘lchov elementining ishlash jarayoniga qarab ikki turga bo‘linadi. 1. CHastotani avto rostlash-CHAR. 2. Fazani avto rostlash-FAR. Yuqorida ko‘rib chiqilgan usul CHAR tarkibiga kiradi. Agarda o‘sha usulni fazalar siljishi bo‘yicha olib borsak, u holda u usul FAR tarkibiga kiradi. 11.3-rasm. Rostlash zanjiri elementlarining asosiy xarakteristikalari Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling