5 – mavzu. Maxsus fanlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish, O’quv maqsadlari va mazmunini belgilash hamda o’qitish vositalari va didaktik materiallar tayyorlash reja


Download 177.6 Kb.
bet4/11
Sana08.03.2023
Hajmi177.6 Kb.
#1254074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-маъруза

An’anaviy o’quv adabiyotlari. Ta’lim berishda talabalarning bilim olishlari, mustaqil o’qishlari uchun ularga uslubiy yordam ko’rsatish muhim ahamiyatga egadir. Bunday vaqtlarda qo’llaniladigan didaktik materiallar o’quv adabiyotlari bo’lib, ular an’anaviy (bosma) va elektron ko’rinishlarda bo’ladi. Ular darsliklar, uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar, to’plamlar, ma’lumotnomalar, lug’atlar, ma’ruzalar matni bo’lishi mumkin. Ulardan mashg’ulotlar davomida ham, mustaqil ishlashda ham keng foydalaniladi.
An’anaviy o’quv adabiyotlaridan o’qituvchining o’zi ham, talabalar ham foydalanishlari mumkin. Ularsiz ta’lim jarayonini olib borishning imkoni yo’q. Shuning uchun ta’limning o’quv-uslubiy materiallar bilan etarli darajada ta’minlanganligi katta ahamiyatga ega.
Darsliklardan nazariy bilimlarni olishda, darsdan tashqari mustaqil o’qish uchun foydalaniladi. Misol va masalalar to’plamlari, ma’lumotnomalar, lug’atlar va kataloglardan ko’proq amaliy mashg’ulotlar va mustaqil topshiriq bajarganda keng foydalaniladi. Mashg’ulot davomida yoki mustaqil ravishda topshiriq bajarayotganda talabalarga uslubiy ko’rsatmalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Fanni o’zlashtirishda ma’ruzalar matni ham talabalarga yaqindan yordam beradi.
Tarqatma materiallar. Mashg’ulot davomida o’quv materiallarini guruhdagi har bir talabaga yoki guruh ichidagi kichik guruhchalarga alohida etkazishga to’g’ri keladi. Bunday vaqtda didaktik material tarqatib chiqiladi. Shuning uchun bunday didaktik materiallar tarqatma materiallar deb yuritiladi.
Didaktik materiallarning bu turidan asosan talabalar bilan individual yoki kichik guruhlarga bo’lib ishlashda, amaliy va nazorat mashg’ulotlarida keng foydalanamiz. Tarqatma materiallarning ham bir nechta turi bor.
Test materiallari bizning ta’lim tizimimizda ko’pdan beri qo’llanilib kelinmoqda va bu sohada katta tajriba orttirilgan. Talabalarning bilimlarini sinashda ulardan foydalanishning ustunlik tomonlari shuki, qisqa vaqt ichida, istalgan hajmdagi o’quv materiali bo’yicha, guruhdagi talabalar sonining ko’pligidan qat’iy nazar sinovni o’tkazish mumkin. Odatda testlar bir necha mavzular yoki to’liq fan bo’yicha savollarni o’z ichiga oladi.
Test materiallari asosan ikki qismdan iborat bo’ladi, savollar kitobchasi va javoblar varag’i. Ba’zan savollarni berishda qo’shimcha material va vositalardan ham foydalanilishi mumkin.

Download 177.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling