5 – mavzu. Maxsus fanlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish, O’quv maqsadlari va mazmunini belgilash hamda o’qitish vositalari va didaktik materiallar tayyorlash reja
Download 177.6 Kb.
|
5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geometrik modellar
- Fizik modellar
Modellar – ta’limda qo’llaniladigan didaktik materiallarning bir turi bo’lib, ular ilgarigi oddiy didaktik materiallardan hajmiy o’lchamga egaligi, harakatni ko’rsata olishi, qo’l bilan ushlab ko’rish va uning harakatini boshqarish mumkinligi kabi ustunliklari bilan farqlanadi. Shuning uchun ulardan foydalanganimizda talabalar o’rganilayotgan murakkab ob’yektlarni oson tasavvur qila oladilar.
Modellar ta’lim muassasasiga tayanch oliy ta’lim muassasalaridan tayyor holda ham kelishi mumkin, ularni o’quv yurti sharoitida o’zimiz ham tayyorlashimiz mumkin. Model – o’rganilayotgan ob’yektning o’ziga o’xshash qilib tayyorlangan prototipi bo’lib, u har tomonlama soddalashtirgan holda tayyorlanadi. Bu modellashtirish bo’lib, tayyorlanayotgan model mos masshtabga keltiriladi. Avvalo geometrik masshtabga e’tibor beriladi, ya’ni u auditoriya masshtabiga keltiriladi. Kichik ob’yektlar kattalashtirilishi, katta ob’yektlar kichraytirilishi, ba’zi ob’yektlar, o’lchamlari bilan auditoriya masshtabiga yaqin bo’lsa, o’z kattaligida tayyorlanishi mumkin. Natijada ulardan foydalanish qulay bo’ladi. Modelimiz harakatlanuvchi bo’lsa, kuch masshtabiga ham e’tibor berishimiz kerak. Harakatni beruvchi kuchlar, masalan, aylanma harakat, bosim, harorat, ishqalanish, tok kuchi va boshqa kattaliklar modelning geometrik o’lchamlariga proporsional bo’lishi kerak. Aks holda, kuch model o’lchamlariga nisbatan kichik bo’lsa yoki katta bo’lsa, biz kerakli harakatni ko’rsata olmaymiz. Modelni imkon qadar soddalashtirish kerak. Unda asosiy geometrik elementlar va asosiy ish bajaruvchi detallar bo’lishi kifoya, aks holda undan foydalanish noqulay bo’lib qoladi. Modellarning asosan uchta turini farqlaymiz. Bular geometrik, fizik va funksional modellar. Geometrik modellar o’rganilayotgan ob’yektning geometrik xususiyatlari, ya’ni nisbiy o’lchamlari, shakli va geometrik elementlari to’g’risida ma’lumot beradi. Masalan, ichki yonuv dvigateli silindri va porshenining geometrik modeli uning geometrik tuzilishi, nisbiy o’lchamlari to’g’risida ma’lumot beradi. Fizik modellar o’rganilayotgan ob’yektning fizik xususiyatlarini namoyon qiladi. Masalan, ishqalanish, bosim, harorat, magnit maydoni, aylanma harakat va boshqa xususiyatlarni ko’rsatish uchun fizik modellardan foydalanamiz. Yuqoridagi misolni davom ettirsak, ichki yonuv dvigateli silindri va porshenining fizik modeli silindr yonuv kamerasida temperatura oshishi natijasida bosim paydo bo’lishi va porshenni harakat qilishga majbur etishini tushuntirishimiz mumkin. Download 177.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling