5 – mavzu. Maxsus fanlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish, O’quv maqsadlari va mazmunini belgilash hamda o’qitish vositalari va didaktik materiallar tayyorlash reja
Download 177.6 Kb.
|
5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi moslamalar va murakkab didaktik materiallar .
Namuna materiallari. Turli nazariy va amaliy mashg’ulotlarda yoki auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda talabalarga o’rganilayotgan ob’yektlar to’g’risida gapirganda imkon qadar ularning namunalaridan foydalanshimiz kerak. Bunday didaktik materiallar namuna materiallari deyiladi. Ularni biz tabiiy namunalar, xom ashyolarning namunalari va tayyor mahsulotlarning namunalari deb farqlashimiz mumkin.
Tabiiy namunalarga tabiatdan olingan, inson ta’sir etmagan narsalarni olishimiz mumkin. Masalan, qazilmalar, mineral boyliklar, paxta, o’rmon va h.k. Mana shu tabiiy namunalarga ishlov berish natijasida ularda sifat o’zgarishi sodir bo’ladi. Bular paxtadan tola, daraxtdan taxta, rudadan temir va h.k. Bu namuna materiallar endi xom ashyolarning namunalari hisoblanadi. Endi xom ashyolardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko’rishimiz mumkin. Masalan: toladan gazlama, taxtadan mebel, temirdan detal va hokazo. Bular endi tayyor mahsulotlarning namunalari sifatida qo’llaniladi. Ayrim vaqtda xom ashyo va tayyor mahsulot orasida qat’iy chegara bo’lmaydi. Toladan gazlama ishlab chiqarilayotganda gazlama tayyor mahsulot sifatida qaralsa, gazlamadan kiyim tikilayotganda gazlama xom ashyo sifatida qaralishi tabiiy. Namuna materiallaridan namoyish qilishda, tajriba o’tkazishda, texnologik jarayonlarni ko’rsatishda qo’llash mumkin. Mashg’ulotlarda namuna materiallardan foydalanilayotganda talabalarning tushunishlari va tasavvur qilishlari oson kechib, ularning fanga bo’lgan qiziqishlari oshadi. Yordamchi moslamalar va murakkab didaktik materiallar. Didaktik materiallardan foydalanish va ularni saqlashda yordamchi moslamalar kerak bo’ladi. Ular qo’llaniladigan didaktik materiallarga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, ko’rgazmali materiallar uchun ularni osadigan doskalar, flipchartlar, ramkalar, ilgaklar, sim torlar zarur bo’ladi. Tarqatma materiallar uchun pinvand, stol, lototron, ularni saqlash qutilari kerak bo’ladi. O’quv uslubiy materiallar uchun javonlar va stendlar kerak bo’lsa, namuna materiallari uchun shkaflar va namoyish stollari kerak bo’ladi. Modellar va ko’chma maketlarni saqlash uchun maxsus xonalar, namoyish qilish uchun esa namoyish stollari, ko’chirish aravachalari bo’lishi mumkin. Ba’zan model, maket va stendlardan foydalanish uchun elektr toki, yonilg’i, havo bosimi kabi manbalar kerak bo’ladi. Buning uchun esa maxsus jihozlangan laboratoriya va ustaxonalarga ehtiyoj tug’iladi. D idaktik materiallar hajmiy o’lchamlarga ega bo’lsa (namuna materiallarini hisobga olmaganda), o’rganilayotgan materialning harakat va xususiyatlarini ko’rsata olsa yoki statsionar foydalanish xususiyatiga ega bo’lsa, ularni murakkab didaktik materiallar deb ataymiz. Ularni shartli ravishda sinflab chiqishimiz mumkin (5-rasm). 5-rasm. Murakkab didaktik materiallarning klassifikatsiyasi Download 177.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling