5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mu taxassislar tayyorlashdagi roli
Download 94.13 Kb.
|
5 мавзу O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi
Ma’ruzani bayon qilish metodlari
Induktiv metod ma’ruzada xususiylikdan umumiylikka, deduktiv metod esa-umumiylikdan xususiylik tomon bayon qilishni ifodalaydi. Induktiv metod dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoida-lar, aniq faoliyat uchun amaliy xulosalar tarzida bayon qilinsa, deduktiv metod-nazariy xulosa, umumiy, xususiy, faoliyat uchun praktik xulosa tarzida bayon qilinadi.Talabalarning iqtisodiy fanlarni o‘rganishlarida, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ma’ruzaning roli beqiyosdir. Shu bilan birga, ma’ruzaning mazmunini talabalarga yetkazishda o‘qi-tuvchining rolini uning barcha metodlar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va boshqalarni qo‘llashdagi mohirligini hisobga olmay, ma’ruzaning rolini ko‘rsatib bo‘lmaydi. Birinchi kursdan boshlab, xususiylikdan umumiy mantiqiy xulosa chiqarish o‘rganilar ekan, o‘qituvchi shu tizimni buzmagani holda undan fanni chuqurroq o‘zlashtirish uchun foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana shuni ham hisobga olish zarurki, talabalarda xulosani shoshilinch umumlashtirishga harakat qilish holati uchrab turadi. Ayrim paytlarda talabalar o‘ylab o‘tirmay dangal, umumlashtirib bo‘lmaydigan xususiy faktlarni ham umumlashtirishga harakat qilishadi. O‘qituvchi ma’ruza o‘qishga tayyorlanar ekan, bu tendensiyani ham hisobga olishi zarur. Ma’ruzada materialni qay tarzda bayon qilinishiga qarab da-lillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoidalar-aniq faoliyat uchun amaliy xulosalarga kelish tarzida berilishi mumkin. In-duktiv metodda ma’ruza ko‘pincha qiziqarli, ko‘zga tashlanadigan fakt yoki misoldan, ayniqsa, shu kunning biron dolzarb masalasi bo‘lgan, auditoriyaning diqqatini jalb qiladigan masaladan boshlanadi. Induktiv metod talabalarni xususiy kuzatuvlardan ketma-ket umumiy xulosa chiqarishga o‘rganish imkonini beradi. Ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Deduktiv metodda esa ma’ruza umumiy nazariy masalalardan boshlanadi. Bu metod iqtisodiy fanlarning umumiy qonunlari, qoidalarini real hayotga tatbiq qilish, amaliyotda ko‘rish va baholash, xo‘jalik hayotida qo‘llash, iqtisodiy hayot hodisalari, jarayonlarini, xo‘jalik yuritish siyosatini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ma’ruza ham induktiv, ham de-duktiv metod asosida olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Avval ishchi gipoteza, taklif shaklida auditoriyaga umumiy savol tashlanadi, so‘ngra talabalarni mulohazalari dalillari, fakt-lari tahlil ma’lumotlari shu savolga to‘g‘ri kelishi birgalikda muhokama qilinadi, xulosalar chiqariladi. Bu holda ma’ruza-asosiy g‘oya, uni dalillar asosida tasdiq-lash - xususiy savollarni izchillikda bayon qilish, deduktiv me-todda mavzuning umumiy xarakteristikasini berish tarzida tuziladi. Ma’ruzaning samarasini oshirishda ko‘rgazmali qurollar (di-agramma,sxema, jadval, grafik kabilar)ning ahamiyati kattadir. Ko‘rgazmali qurollar orqali axborotni qabul qilish, mavzuni chuqurroq tushunishga, o‘quv materialini xotirada uzoq saqla-nishiga yordam beradi. Lekin ko‘rgazmali qurollarga haddan tash-qari berilib ketish ham kerak emas, chunki auditoriya bilan muloqot yo‘qoladi va natijada ma’ruzaning samarasi pasayadi. Ammo tanlab olingan, tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar so‘zsiz ma’ruza samarasini anchagina oshiradi. Ma’ruzaga iloji boricha talabalar diqqatini qaratish kerak. Buning uchun ma’ruzaning kirish yoki uning asosiy qismida masalaning mohiyatini ochib berishga qaratilgan savol qo‘yish maqsadga muvofiq. Pedagoglar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘qi-tuvchining mavzuni bayon qilishidan avval yoki bayon qilish jara-yonida savol qo‘yishi, uni bayon qilib bo‘lgach, qo‘yilgan savoliga qaraganda to‘liqroq, yaxshiroq natijaga olib kelar ekan. Chunki ilgari qo‘yilgan savol talabani javob qanday bo‘lishi kerak, deb o‘ylantira boshlaydi va javobni o‘qituvchidan eshitishga diqqa-tini qaratadi. Ikkinchidan, ma’ruza boshlanganidan 20 daqiqacha vaqt o‘tgach, talabalar diqqati susayadi. Buni hisobga olib, har 15-20 daqiqa-da yoki har bir uzviy savolni bayon qilishda turli metodlardan foydalanish, talabalar diqqatini jalb qiladigan savollar tashlash maqsadga muvofiqdir. Dars berish jarayonida misol keltirganda guruhdagi talaba-larga bevosita misollar keltirishi diqqatni o‘ziga jalb qiladi. Masalan, “Odiljon bilan Erkinjon biznes bilan shug‘ullanish-moqchi, lekin ishni nimadan boshlashni o‘ylanib turishibdi. Sizningcha, ular nimadan ish boshlashi kerak?”, “Dilbar doimiy o‘rtacha xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortgan sayin kamayib boradi, deydi, Dinora esa yo‘q, o‘zgarmaydi, deydi. Sizningcha, ularning qaysi biri haq?” singari murojaatlar jonli muloqotga boshlaydi. Boshqa o‘quv shakllariga qaraganda ma’ruzachining ma’ruzasini his-hayajon, jo‘shqinlik bilan bayon etishi muhim rol o‘ynaydi. Ma’ruzachi his-hayajonini o‘zgartirish, mimikasi orqali talabalarni darsga qiziqishini kuchaytirishi yoki aksincha, susaytirishi mumkin. 1. Ma’ruzaning emotsional ta’siri o‘qituvchining ma’ruza materialini erkin bayon qilishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Erkin bayon qilish orqali auditoriya bilan bog‘lanish yaxshilanadi. Talabalarning aks tasirini kuzatish imkoni vujudga keladi. Og‘zaki nutq xususiyatlari, ya’ni dialogdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Aksincha, ma’ruza matniga qarayverish auditoriya bilan kontakt o‘rnatishni qiyinlashtiradi, uni buzadi, chunki yozma nutq, odatda, monolog tarzida bo‘ladi.Bu yerda gap faqat ma’ruzachining tayyorlangan materialni erkin egallagan bo‘lishi, matnni zerikarli tarzda o‘qimasligi haqida bormoqda. 2. Og‘zaki nutq, ya’ni ma’ruza tushunarli, eshitib, qabul qi-lishga oson, qisqa jumlalardan tuzilgan bo‘lishi kerak, chunki uzun, murakkab jumlalar fikrni xiralashtiradi. O‘qituvchi bayon qilinayotgan materialni yaxshi bilishidan tashqari o‘z ovozini ham nazorat qilishi zarur. Intonatsiyanigoh baland, goh past qi-lib nutq o‘zgartirish orqali talabalar diqqatini tortish, o‘z vaqtida pauza va boshqa intonatsiyalardan ham foydalanish zarur. «Erkin manera» tarzida dars berish, ma’ruzachining auditoriyada u yoqdan bu yoqqa yurishi talabalarni diqqatini tortadi va tushunishni qiyinlashtirib, ularni mavzudan chetlashtiradi. Pedagog o‘zining «ish zonasi»ga ega bo‘lishi, undan foydalanishni bilishi kerak. 4. Ma’ruzachi o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e’tiborberishni yoddan chiqarmasligi zarur. 5. Ma’lumki, ma’ruzaning jo‘shqinligi, ma’lum darajada uning yorqinligiga bog‘liq. Jo‘shqin, ma’noli nutq faqat aniq misollar bilangina emas, balki maqol, matal, badiiy obrazlar bilan boyitilishi zarur. Bu hol ma’ruzani qiziqarli qilib, talabalar diqqatini jalb etadi. Shunday qanotli so‘zlar ham bo‘ladiki, ular nihoyatda ajablanarli darajada nishonga tegishi bilan murakkab hodisalar mohiyatini ochib beradi. Faqat ana shu badiiy so‘z, maqollar, matallar bayon qilinayotgan material bilan bir butunlikni tashkil qilishi zarur. Masalan, meyoriy naflilikni tushuntirganda talabalarga «Meyoriy naflilik mazmunini ifodalovchi qanday maqolni bilasiz?» -deb murojaat qilish yoki «Naflilikni darajasi pasayib borishi qonunini ifodalovchi qanday maqolni bilasiz? Naflilik tovarning narxini shakllanishida qanday rol o‘ynaydi?» yoki «Hisobini bilmagan - hamyonidan ayrilar» maqoli nimaga ishora qilyapti? deb murojaat qilish mumkin. Birinchisida talabalardan «holvaning ozi shirin», ikkinchisida «oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q», uchinchisida, «hisob-kitobning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi» javobini olishga ahamiyat berish yoki maqolni bayon qilib, uni bayonini talabalar bilan birgalikda naflilik nazariyasi bilan yoki xarajatlar, foyda va boshqalar hisob-kitobi bilan bog‘lash mumkin. 6. Ma’ruzaning to‘g‘ri tuzilishi, darsning har bir minutidan samarali foydalanish mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatini taminlaydi. 7. Auditoriya bilan «qayta aloqa» o‘rnatishda talabalarning savoli va o‘qituvchining javobi muhim rol o‘ynaydi. Odatda, ko‘pincha ma’ruzaning oxirida savollarga vaqt ajratiladi, lekin bu ma’ruza jarayonida savol berilmaydi, degani emas. Savollarga javob berganda javobning qisqa, asoslangan bo‘-lishiga ahamiyat berish kerak. Agar savol qo‘shimcha dalillarni talab etadigan bo‘lsa, buni ochiq aytish mumkin, (aytaylik, statistik ma’lumotlar shu daqiqada yo‘q bo‘lsa) sababini ko‘rsatib, kelgusi darsda javob berishga va’da qilsa, buning aybi yo‘q. Agar savol individual tarzda bo‘lsa, ma’ruzadan so‘ng yoki maslahat darsida javob berish mumkin. Savol-javobda o‘qituvchining nutq ohangidan doimo xayrixohlik sezilib turishi, savoldan salbiy munosabat sezilmasligi kerak, aks holda auditoriyaning ishonchi yo‘qoladi. 8. Har qanday sharoitda (tashqaridagi shovqin-suron, eshik ortidagi g‘ala-g‘ovur, qurilish va hokazo) o‘qituvchi o‘zini tuta bilishi lozim. 9. Nutqda taqliddan qochish, bir gapni bir necha marta takrorlamaslik kerak. 10.Nutqda siyqasi chiqqan so‘zlarni imkon qadar ishlatmaslik zarur. Albatta, ideal tarzda ma’ruza o‘qib bo‘lmaydi. Lekin har bir o‘qituvchi o‘zining barcha imkoniyatini, mahoratini ishga solib, dars o‘tishi shubhasiz, ma’ruzaning ijobiy tomonlarini ustun bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimidagi o‘rniga ko‘ra, ma’ruzalar - mavzuni, bo‘limni, kursni o‘rganishni boshlovchi yoki ta’limning ma’lum bir bosqichini tugallovchi ma’ruzalarga bo‘linadi. Axborotni talabalarga yetkazish nuqtai nazaridan monolog yoki dialog tarzida o‘tkazilgan ma’ruzalar bo‘ladi. Monolog tar-zidagi ma’ruzada asosan ma’ruzachi gapiradi, ko‘rsatadi. Ting-lovchilar ma’ruza o‘qish jarayoniga sust ishtirok etadilar. Aksincha, dialog tarzidagi, tinglovchilarning ham fikrini eshit-gan holda o‘tkaziladigan ma’ruzalar jonli bo‘lish unda ting-lovchilar faolligi ta’minlanadi. Ta’lim berishning asosiy metod va usullariga ko‘ra, ma’ruzalarni-axborot beruvchi, muammoli, jadallashtirilgan, binar (bir-biridan farq qiluvchi ikki xil fikr bildiriluvchi), avvaldan ataylab xato fikr ham bayon qilinishi rejalashtirilgan, maslahat ma’ruzalariga bo‘lish mumkin. Hozirgi paytda nisbatan ko‘p qo‘llaniladigan yoki borgan sari ommalashib borayotgan ma’ruza shakllari: axborot beruvchi, muammoli va jadallashgan(chuqurlashtirilgan) ma’ruzalar bo‘lib, ulardan hozirgacha eng ko‘p qo‘llaniladigani axborot beruvchi ma’ruzadir. U an’anaviy metodga asoslangan bo‘lib, asosiy vazifa o‘quv axboroti – mavzuning mazmunini talabalarga bayon qilish, tushuntirishdan iborat. Unda o‘qituvchi asosan bilim beruvchi rolini bajaradi. Bu monolog tarzida bayon qilinadi. Mamlakatimizda 80-yillardan boshlab ma’ruzalarni muammoli tarzda bayon qilishga e’tibor berila boshlandi. Bunda maqsad yangicha bilim olish, ya’ni yangi mavzuni o‘rganish, muammoli savollar, masalalar qo‘yish, muammoli vaziyat yaratish orqali amalga oshiriladi. Bilish jarayoni dialog tarzida amalga oshirilib, o‘qituvchining faoliyati talabalar bilan hamkorlikda kechadi. Dars tadqiqot faoliyatiga o‘xshab ketadi. Dars o‘tishda pedagogik vazifa - yangi mavzuni muammo sifatida o‘rtaga qo‘yib, turli nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, uni yechish yo‘llarini topish orqali uddalanadi. Hozirgi kunning talablaridan kelib chiqib, darsda talabalar faolligini oshirishga qaratilgan jadallashtirilgan(chuqurlashtirilgan) ma’ruza metodini qo‘llash borgan sari ommalashmoqda. Download 94.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling