O‘qitish «piramida»si1
A X B O R O T N I E S L A B Q O L I SH
1.Ma’ruza, doklad. Eshitganimizning 5 foizi;
2.O‘qish. O‘qiganimizning 10 foizi;
3.Video, rasm, ko‘rgazmalarni ko‘rish. Ko‘rganimizning 20 fo-izi;
4.Tajribani namoyish qilish. Ko‘rgan va eshitganimizning 30 foizi;
5.Munozara. Birga muhokama qilganimizning 40%;
6.Mashq. O‘qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50%;
7.Ishbilarmon o‘yini, loyiha usuli. Mustaqil o‘qigan-larimizning, tahlil qilganlarimizning, muhokama, himoya va yoz-ganlarimizning, namoyish qilganlarimizning 75 foizi;
8. Boshqalarni o‘qitish. Boshqalarni o‘qitgan narsalarimizni 90 foizi.
Boshqayangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot xotiradan ko‘tarilib ketadi. Axborotlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, inson har kuni o‘z hayotida qabul qiladigan axborotlar miqdori turlicha bo‘lib, xotirada saqlanib qolish jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Psixologlarning fikricha, axborotni xotirada uzoq saqlab qolish uchun, u go‘yoki miyamizdafiltrdan-boshqacha aytganda elakdan o‘tishi, saralanishi, go‘yoki xotira qurilmasiga o‘tkazilishi kerak ekan. Axborotlar saralanib, oxir-oqibat alohida u yoki bu tomoni bilan ajralib turadiganlarigina xotiraga o‘tar ekan.
Uzoq muddat xotirada qoladigan axborotlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Nihoyatda qiziqarliligi, jo‘shqinligi va boshqa shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turuvchi axborotlar;
Tasavvur, his-tuyg‘u va shu kabi bir-birini eslatadigan o‘zaro bog‘lanishdagi axborotlar;
Inson tomonidan tushunib, mohiyatiga yetilgan axborotlar;
Faollik bilan qabul qilingan, o‘rganilgan, masalan, takrorlanib turadigan axborotlar.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, olimlarning ilmiy tadqiqoti ko‘rsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni quyidagicha o‘zlashtirar ekan:
Do'stlaringiz bilan baham: |