5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mu taxassislar tayyorlashdagi roli
Ma’ruzada realfaktlar, ma’lumotlarning o‘rni
Download 94.13 Kb.
|
5 мавзу O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi
Ma’ruzada realfaktlar, ma’lumotlarning o‘rni
Iqtisodiy fanlar bo‘yicha o‘qiladigan ma’ruzada faktlar, real ma’lumotlarning o‘z o‘rni bor. Chunki ular iqtisodiy jarayon, muammolarni mohiyatini ochishga yordam bera-di. Lekin ulardan mahorat bilan foydalanishgina kutilgan na-tijani beradi. Buning uchun qonuniy bog‘lanishlar, tendensiya-larni ko‘rsata oladigan raqamlarni qo‘llash kerak. Raqamlar, ma’lumotlar o‘rganilayotgan predmetning mazmunini tasavvur etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Albatta raqam-lardan o‘z fikrini tasdiqlash uchun foydalanish, mumkin. Lekin nazariy qoidalar iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatiga tushu-nishda ham muhim rol o‘ynashini yoddan chiqarmaslik kerak. Har bir pedagog raqamlardan yuzaki, shunchaki foydalanishdan qochishi kerak. Iqtisodchilarning fikricha, dalillar, raqamlar qayta ish-lashni talab etadigan ma’lum qurilish materiali, xolos. Real ma’lumotlar, raqamlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: hozirgi zamon xo‘jalik hayotining o‘ziga xos ayrim tomonla-rini ko‘rsatishi, ko‘z o‘ngiga keltirishiga yordam berishi; sinchkovlik bilan ularni tanlab olish hodisani o‘rganishga, uning o‘ziga xos tomonlari, tutgan o‘rnini aniqlashga yordam berishi; ma’lumotlar, dalillarni tanlayotganda xilma-xil bo‘lishiga ahamiyat berish, shu bilan birga, tasodifiy faktlardan eh-tiyot bo‘lish kerak. Chunki ular u yoki bu hodisani mohiyatini ochib bera olmaydi, aksincha, talabalarni chalg‘itishi mumkin. Shuning uchun: ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘rganda yangiligi nuqtai nazaridan eng so‘nggi raqamlarni keltirish kerak; tanlangan dalillar ishonchli, sinalgan bo‘lishi, hech kimda ikkilanish uyg‘otmasligi; har qanday ma’ruzada faktlarga nazariy qoidalar mohiyatini ochishga xizmat qiladigan darajada o‘rin berilishiga e’tibor qilish kerak. Agar nazariya bilan faktlar o‘rtasida optimal nisbat buzilsa, talaba faktlarni chalkashtira boshlaydi. Vaholanki, ma’ruzada asosiy maqsad nazariy konsepsiyalarni talabalar ongiga yetkazishdir. Ma’ruzada negativ faktlarni ham to‘g‘ri sharhlash, ularni qanday oqibatga olib kelishi, bartaraf qilish yo‘llari ha-qida to‘xtash kerak. Ma’ruzachining vazifasi negativ fakt-larni e’lon qilish emas, balki ularni tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatishdir. Faktlar ma’ruzaga jonli mazmun, hayotiylik nafasini baxsh etadi, uning ahamiyati bu jihatdan bebahodir. Download 94.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling