5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mu taxassislar tayyorlashdagi roli


% eshitganini xotirada saqlab qoladi


Download 94.13 Kb.
bet8/21
Sana10.02.2023
Hajmi94.13 Kb.
#1188126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
5 мавзу O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi

20% eshitganini xotirada saqlab qoladi;
30% ko‘rganini o‘zlashtiradi;
50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi;
70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida o‘zlashtiradi;
100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi or=ali o‘zlashtiradi.
Lekin bilimni o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa xotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz aytmagan ”Takrorlash-bilimning onasidir” deb.
Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan foydalanmaslik, takrorlamaslik oqibatida olingan bilim (faol) aktiv bilim zahirasi yoki passiv (sust) bilim zahirasiga aylanadi.
Olingan axborot filtrdan o‘tgach qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, shu bilimni yodda saqlash, foydalanish, takrorlash tufayli aktiv (faol) bilim zahirasiga aylanadi.
Agarda bu bilimlardan foydalanib, takrorlab turilmasa, passiv (sust) bilim zahirasiga aylanadi va bora-bora xotiradan ko‘tariladi. Bilimni takrorlash tufayli yoddan ko‘tarilishini oldini olish mumkin. Bulardan shunday xulosa chiarish mumkin: talabalarning eng avvalo, o‘quv materialini o‘zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko‘rish orqaligina emas, balki o‘zi gapirishi, o‘z faoliyatida sinab ko‘rish orqali yetkazish katta ahamiyatga ega ekan. Bunga erishishning yo‘li seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir.
Aynan seminar darsida talabalar ma’ruza, kitob, jurnal va xokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u yoki bu uslubni tanlash, avvalo o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga; ikkinchidan, esa o‘tilayotgan mavzuga; uchinchidan, seminar darsida qo‘yilgan maqsadga; to‘rtinchidan, tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq.
Hozirgi paytda iqtisodiyot nazariyasi fanini o‘rganishda nisbatan keng qo‘llaniladigan uslublardan ekspert savol-javob savollar tizimiga asoslangan muhokama, seminar mashg‘uloti rejasi bo‘yicha atroflicha suxbat, modellashtiruvchi o‘yin, doklad va referatlarni mushokama qilish, masala, mashq, test yechish va ularning natijasini muhokama qilish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo‘lishi shart emas. Ayrim paytlarda mavzu savollarini ma’ruzada ko‘tarilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Xozirgi paytda shunday tajriba amal qiladiki, ma’ruzada ko‘rilgan mavzu albatta seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondoshish mumkin. Aytaylik, mustaqil o‘rganish uchun turli adabiyotlar, boshqa axborot manbalari mavjud bo‘lsa, seminarda mustaqil o‘rganilgan mavzuni muhokama qilish mumkin. Ayniqsa mavzuni o‘rganish uchun vaqt yetishmagan paytda bunday usul qo‘l keladi.
Seminar darsini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun eng avvalo asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o‘rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bo‘lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida o‘rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi. Ayniqsa auditoriyada jonlanish, muhokama qilish munozaraga sabab bo‘ladigan savollar qo‘yilganda yuz beradi. Natijada mavzuni chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.
Shuning uchun ham bunday savollarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Mavzuning mazmunini o‘zlashtirishni chuqurlashtirishning eng oddiy yo‘li bu savollarni murakkablashtirish hamda alohida savollardan savollar tizimiga o‘tish orqali amalga oshirish mumkin.
Bu esa qo‘yilgan savollarga javob berish, muammoni, savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uni yechish imkoniyatini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima( degan savol qo‘yilgan. Bu yerda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi - resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz extiyojlarni qondirish muammosi - deb javob berishi mumkin.
Ana shu savolni boshqacha savollar tizimi asosida qo‘yish mumkinki, natijada talabalar qo‘yilgan masalani chuqurroq tushunishiga olib keladi. Uni aytaylik, quyidagicha savollar tizimi asosida qo‘yish mumkin: Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima( Nima sababdan bu muammoni bosh muammo deb ataymiz( Sizningcha iqtisodiyotda yana qanday muammolar bor( Ana shu savollar tizimiga javob berish jarayonida talabalar uni chuqurroq o‘rganib olishadi: iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz extiyojlarni qondirish muammosi ekanligi, uning bosh muammo bo‘lishiga sabab, bu muammo iqtisodiyotdagi barcha muammolarni o‘z ichiga qamrab olishi ekanligidir. Ularga misol qilib, bir necha muammolar: tanlash muammosi, har bir uy xo‘jaligi, firma, davlatning oldiga qo‘ygan maqsadi va unga erishish muammosi va hokazolarni ko‘rsatish mumkinki,ularning barchasi resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liqdir.
Mavzuni o‘rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini o‘zgartirib, uni murakkablashtirish orqali erishish mumkin. Aytaylik iqtisodiyot nazariyasining bosh maqsadi nima va uni nimaga bosh muammo deyiladi(Sababini ko‘rsating( degan tarzda qo‘yish mumkin. Talabalarni mavzuni u yoki bu kategoriyani qay darajada tushunganlarini sinash va puxtaroq tushunishlari uchun javoblarini talabalar bilan birgalikda muhokama qilish asosida mini -test o‘tkazish usulini qo‘llash mumkin. Seminar darsining talabalar tomonidan bilim, iqtidor, nutq so‘zlash, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni talab etadiganuslublaridan munozara bo‘lib, u murakkab.
O‘qituvchi seminar darsi o‘tishga hozirlik ko‘rar ekan, seminar mashg‘uloti rejasiga binoan darsni qanday, qaysi uslublarni qo‘llab o‘tkazadi. Qanday ko’rgazmali qurollar, tarqatiladigan materiallardan foydalanadi. Avvaldan rejalashtirib, zarur materiallarni tayyorlab qo‘yishi kerak. Seminar darsiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni quyidagi namunaviy seminarda ko‘rib chiqamiz. Mazkur seminar darsi o‘tishga doir uslubiy ko‘rsatmalar dars o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirish va o‘tkazishga yordam beradi.


Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling