5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mu taxassislar tayyorlashdagi roli
Ma’ruza va unga qo‘yiladigan asosiy talablar
Download 94.13 Kb.
|
5 мавзу O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi
Ma’ruza va unga qo‘yiladigan asosiy talablar
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda talabalar-ningijodiy fikrlarini rivojlantirish-ga ta’sirko‘rsatishi, ularni jamiyatri-vojlanishi iqtisodiy qonun, tendensiyalarini chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan amaliyotni bog‘-lash mahoratini hosil avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot ke-chirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim.Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo‘yilishini ilmiylik bilan hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak. Iqtisodiy fanlardan ma’ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: talabalarga iqtisodiyot fanlarining nazariy boyligini ochib berish; dunyodagi mashhur iqtisodchilar, O‘zbekiston respublikasiPrezidenti va taniqli iqtisodchi olimlarning ishlarini chuqur-roq o‘rganishga yordam berish; bir fandan olgan bilimlarini boshqa fanlarni o‘rganishda ijodiy qo‘llashlariga yordam berish; talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab ijti-moiy-iqtisodiy muammolarni yechish uchun to‘g‘ri yo‘l topish bora-sida o‘ziga ishonch ruhini tarbiyalash. Ma’ruza talabalarda fanni o‘rganishga qiziqish, ishtiyoq uyg‘oti-shi kerak. Ma’ruzani shunday tuzish kerakki, talabada fanni chuqur o‘rganish uchun mustaqil ravishda adabiyotlar topish, ularni ustida ishlash, tushunishga xohish-istak tug‘ilsin. Shuning uchun zarur materiallar, kitoblar, jurnal va boshqa manbalarni tan-lash prinsipial ahamiyatga ega. Ma’ruzaning ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi uning ilmiy-ligi bilan bog‘liq. Ma’ruzachi real hayotning obyektiv tahliliga, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga, iqtisodiy hodi-salar va xo‘jalik hayotining omillari o‘rtasidagi ichki bog‘lanish-larni aniqlashga, tahlil qilishga asoslanishi kerak. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, talabaga ishonchli dalillar, chu-qur tahlil ko‘proq ta’sir qiladi. Har qanday fan, jumladan, iqtisodiy fanlar ham ishonchli dalillar, ma’lumotlar, nazariy va amaliy xulosalarga tayanadi. Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o‘rganish jarayoni fikrlar qarama-qarshiligi asosiga qurilsa, samarali bo‘ladi. Ilmiy munozara talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Iqtisodchi-pedagoglar uchun mo‘ljallangan ma’ruzada munozarali savol-larni qo‘yish, turli nuqtai nazarlarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o‘zi ma’lum bir nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlar ekan, talabalarga ham ana shu qarash to‘g‘riligini tu-shuntirishi, auditoriyani ishontirishi kerak. Ma’ruzaning ilmiyligi materialni bayon qilishning izchilligi, savollarni aniq, tushunarli qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Il-miy-iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy hayotni tahlil qilishda ta-rixiylik va mantiqiylikka amal qilishni talab etadi. Ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida o‘qituvchi mavzu bo‘yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo‘llashini ko‘z o‘ngiga keltirishi kerak. Ana shundagina mavzu bo‘yicha adabiyot-larni, zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlashi mumkin. O‘qituvchi, zarur dalillar, ma’lumotlarga ega bo‘lsada, ularni ishonarli, asos-langan holda bayon qilmasa fandagi dolzarb savollarga javob be-rishdan chetlab o‘tishi yoki chetga chiqishi mumkin. Bu hol talaba-larda ma’ruzadan qoniqmaslikka, uning ishonchliligi va tarbiya-viy ahamiyatini tushirishga olib keladi. Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘lanishi nihoyatda murakkab jarayon. U turli-tuman: ichki, tashqi, bilvosita va bevo-sita, muhim va uncha muhim bo‘lmagan omillar bilan aniqla-nadi. Shuning uchun ham ma’ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayon-larni chuqur tahlil qilishni bilish, u yoki bu hodisani rivoj-lanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash kerak. Mavzudan chetdagi turli-tuman misollar bilan cheklanish yaramay-di. Nazariyani asoslash uchun xo‘jalik hayotidagi turli-tuman hodisa-larni ijobiy yoki salbiy misol sifatida keltirish unchalik qiyin emas. Lekin real voqelikni noto‘g‘ri ko‘rsatish, faqat yuzaki tashqi aloqalarni takidlash bilan cheklanish yaramaydi. Ular masalaning mohiyatini ifodalamaydi va ochib bermaydi. Download 94.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling