5-amaliy mashg‘ulot epik asarlar tahlilining oʻziga xos xususiyatlari. Topshiriqlar


Download 20.17 Kb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1270899
1   2   3
Bog'liq
4-amaliy mashg`ulot

MUHOKAMA UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Suhbat metodiga xos bo‘lgan zamonaviy talab va talqinni ajratib yozing. Ulami avvalgi xususiyatlari bilan taqqoslang. O‘xshash va farli tomonlarini ko‘rsating.


2. Suhbat metodining asosiy ashyosi bo‘lgan savollar haqida aytilgan: «Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, о‘ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan» singari sifatlaming har birini alohida tahlilga torting. Badiiy asarlar misolida ulami ifodalab beradigan savol-topshiriqlar tuzing. Yaratiqlaringizni kursdoshlar bilan baham ко‘ring.
3.Jaloliddin Rumiy hazratlarining: «Yaxshi savol yarim bilimdir», - degan hikmatini sharhlang. Yaxshi savolning bilimga qanday ahamiyati bor deb o‘ylaysiz?
4. Suhbat metodiga xos bo‘lgan quyidagi: «Asar ustida ishlash jarayonida bo'ladigan suhbatlar nafaqat ovoz chiqarib fikrlash, balki ovoz chiqarib his etish hamdir», degan fikrga diqqat qiling. O‘ylab ko‘ringchi, «ovoz chiqarib his etish»ni qanday tushunish mumkin, Sizningcha?
5. Matndan suhbat metodidan foydalanganda o‘qituvchi qo‘llaydigan amallami ajratib yozing. Ularning har birini izohlang.
6. Suhbat metodidan foydalanganda o‘qituvchi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan jihatlami ajratib yozing. Ulaming nima uchun ta’qiqlanganligi sabablarini aniqlang, izohlashga urinib ko‘ring.
7. Suhbat metodiga xos bo‘lgan quyidagi fikrga e ’tibor qiling: «Savolning berilish ohangi ba’zan o'quvchiga javobning yo ‘nalishini belgilashga ко ‘maklashishi mumkin». Sizningcha, bu nima degani? Uni qanday tushundingiz? Fikringizni izohlang.
8. Suhbat metodidan foydalanib o‘tishga tavsiya etilgan «Uch og‘a-ini botirlar» ertagi mazmuni yuzasidan berilgan savoltopshiriqlarga o‘zingiz javob berishga urinib ko‘ring. Nima deb o‘ylaysiz, 5-sinf o‘quvchilari bu savol va topshiriqlarga javob bera oladimi? Bu savolga javob berishdan oldin mazkur o‘quv qo‘llanma mualliflarining yetakchi g‘oyalarini eslang.
9. Evristik metodning suhbat metodidan farq qiladigan asosiy jihatlarini topib ajratib yozing. Bu farqlami qanday anglaganingizni biror badiiy asar misolida savol-topshiriqlar tuzib tushintirib bering.
10. O‘.Hoshimov qalamiga mansub «Urushning so‘nggi qurboni» hikosi tahliliga qaratilgan savol va topshiriqlar orasidan qaysi biri evristik metod talablariga monand ekanini aniqlab, fikringizni ayting, qarashlaringizni asoslang.
11. Mazkur hikoyaning mohiyatiga kirishga qaratilgan savol va topshiriqlarga javob berishga urinib ko‘ring. Javoblaringizni asardan misollar keltirgan holda asoslang.
12.Tadqiqot va evristik metodlaming o‘xshash hamda farqli tomonlarini aniqlang. Metodlarga xos bo'lgan umumiylik va xususiylikni bittama-bitta izohlang. Xulosalaringizni biror asar misolida asoslay bilsangiz, go‘zal ish boMardi.
13. Avval O.Yoqubov ijodining mahsuli «Muzqaymoq» hikoyasini o‘zingiz o‘qing. So‘ngra mazkur savol va topshiriqlarga javob berishga astoydil urinib ko‘ring. Ish asnosida ruhiyatingizninazorat qiling, ko‘nglingizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga diqqat qiling. Shuuringizda kechayotgan hislarga nom topishga harakat qiling. Shunda ish faoliyatingizda o‘quvchilaringizni his qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
14. Taqqoslash metodi xususiyatlari bilan bog‘liq qarashlami «O‘tgan kunlar»dagi Kumushbibi va Zaynabni, «Muzqaymoq» bilan «Nido»dagi bolalarni, «Bemor» bilan «Ming bir jon»dagi kasal ayollami, «Uch og‘a-ini botirlar»dagi va Kenja botir hikoyasidagi shohlami, «Mening owg‘rigina bolam»dagi Qora buvi bilan «Urushning so‘nggi qurboni»dagi ona timsollari misolida o‘zingiz taqqoslab ko‘ring. Xulosalaringizni birgalashib muhokama qiling. O‘zingizni o‘qituvchilikka tayyorlang.
15. Istalgan bir badiiy asar misolida induktiv va deduktiv metodlaming xususiyatlarini butun kurs birgalikda aniqlashga urinib ko‘ring. Bu sizning pedagogik amaliyotingizga zamin tayyorlaydi.
16. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish namunasi sifatida taqdim etilgan «Yurt qayg‘usi» sochma she’ri tahlili bilan shug‘ullaning. Undagi yetakchi g‘oyalami, ya’ni «hujum» qilinishi kerak bo‘lgan muhimlarni ajrating. Har bir savol va topshiriqqa o‘z munosabatingizni bildiring.
17. Sizga taqdim etilayotgan «6x6x6» metodi har ikkala variantining afzalliklari va kamchiliklari haqida o‘ylab ko‘ring.
18. Ssenariy yaratish adabiy ta'limdagi salmoqli ishlardan biri ekanini anglagan holda bu kabi topshiriqni o‘quvchilarga berishdan oldin o‘zingiz uni tuzish talablariga to‘liq amal qilgan holda biror badiiy asar yuzasidan ssenariy yarating. Yaratig‘ingizni kursdoshlaringiz va domlangiz bilan bo‘lishing. Yutuq va kamchiliklarini birgalashib o‘rganing.
20. Ta’lim metodlari va usullari orasidagi tafovutni ajratib yozing. Ta’lim usullarining o‘qitish metodlaridagi o‘rni va ahamiyatini aniq bir metod timsolida sanab bering. Qarashlaringizni bir asar misolida asoslang.
21. Muammoli ta’limning maqsadi va vazifalari, uning o‘zigagina xos bo‘lgan jamiki yetakchi jihatlami ajrating va yozib oling. So‘ngra ulaming har birini alohida sharhlang. Yutuq va kamchiliklarini farqlang.
22. Oddiy savol bilan muammoli savol orasida qanday tafovut bor? Biror badiiy asar matni yuzasidan oddiy va muammoli savol tuzing. Oradagi farqni misollar asosida sharhlab bering.
23. Adabiyot darslarini muammoli ta’lim asosida tashkil etish yo‘llariga e’tibor qarating. Bu jarayondagi muhimlami ajrating. Har biriga alohida to‘xtalib sharhlang.
24. Adabiyot darslarida muammoli ta’limdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlarini ajratib yozing va izohlang. Topildiqlaringizga tayangan holda o‘zingiz tanlagan biror asar ustida muammoli ishlash yo‘lini tayin eting.
25. Ch.Aytmatov qalamiga mansub «Oltovlon va yettinchi» afsonasini o‘qing. So‘ngra uning mazmuni asosida tavsiya etilgan: «Asardagi bir millatga mansub yetti о‘g ‘londan ikkitasi – Juhadze va Sandrolarning qay biri vatan uchun xavfliroq?» tarzidagi muammoli savol ustida mulohaza yuriting. Qarashlaringizni afsona matnidan misollar keltirgan holda asoslang.
26. X.To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari bilan tanishing. So‘ngra asar mazmuni yuzasidan tuzilgan: «Hoshimjonning bilimsizlik tufayli qilgan shuncha qilmishlaridan xabardor bo ‘Igandan keyin ham kitobxon uni yomon ко ‘rib qolmaydi. Buning sabablari haqida nima deya olasiz? » tarzidagi muammoli savol ustida bir o‘quvchi bo‘lib izlaning. Qarashlaringizni ruhiyatingizda Hoshimjonga nisbatan paydo bo‘lgan tuyg‘ularingiz asosida tahlil qiling.
27. Bugungi adabiyot darslaridagi muammoli vaziyatlami boshqarishga qo‘yiladigan talablar bilan alohida tanishing. Har birining mohiyatiga kirishga urinib ko‘ring va izohlang. Ulami tashkil etish borasida o‘z munosabatingizni bildiring.
28. Said Ahmadning «Ufq» romanidan keltirilgan «Qochoq» nomli parcha bilan tanishing. So‘ngra shu matn mazmuni asosida tuzilgan muammoli masala: «Yozuvchi Tursunboyga nisbatan noxolis munosabatda bo ‘lgan - ustida o‘ylab ko‘ring.
29. «Asar ustida ishlashda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanilganda amal qilinadigan izchillikni bir asar misolida ko‘rsatib bering. Fikrlaringizni asoslang.
Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling