5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari


Burg’ilangan quduqlar joyini kesmada uning yo’nalishiga moslab joylashtirish


Download 1.18 Mb.
bet6/15
Sana14.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1772361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-maruza

Burg’ilangan quduqlar joyini kesmada uning yo’nalishiga moslab joylashtirish

Kesmaning tuzishdagi xatoliklarni bartaraf etish maqsadida, qoidaga ko’ra, quduqlarning o’rni (nuqtalari) qatlamning yo’nalishi bo’yicha joylashtiriladi (5.7-rasm,a). Kesmaga quduqning o’rnashgan joyini qatlamning yo’nalishi bo’yicha tushirish (5.7-rasm,b) mumkin bo’lmasa yoki quduq kovlangan joyni bunday belgilash, masalan T nuqtadan U nuqtaga o’tkazish (5.7-rasm,v) maqsadga muvofiq bo’lmasa (chunki funktsiyalar xarakteri T va U nuqtalarda har xil bo’ladi), quduq kesma yo’nalishiga perpendikulyar bo’yicha joylashtiriladi (K nuqtadan L nuqtaga, M nuqtadan N nuqtaga, T nuqtadan Y nuqtaga). Quduqlar kesmaga bunday joylashtirilganda albatta tuzatishlar kiritiladi.


Quduq M ni qatlamning enkayish chizig’i bo’yicha joylashtirish uchun (5.7 b, 5.7 a-rasmlar) quyidagi tuzatish kiritiladi:
(5.2)
Quduqni qatlamning enkayishi bo’yicha joylashtirishda (5.2)-ifoda bo’yicha hisoblab chiqarilgan tuzatish qiymati quduq balandligi qiymatidan ayrib tashlanadi va quduq kesmaga ga (5.8-rasm, a) teng yangi balandlik bilan tushiriladi. Quduq qatlamning yuqoriga ko’tarilib borishi bo’yicha joylashtirilganda, avval hisoblab chiqilgan tuzatish qiymati quduqning balandlik qiymatiga qo’shiladi va buni kesmada ga teng balandlik bilan ko’rsatiladi (5.8-rasm, b). Bunday sharoitda quduqning og’zi L2 nuqtada, birinchi holatda esa N2 nuqtada joylashadi. Quduqni bunday chizishda va u kesmaning yo’nalishiga mos holatda j oylashtirilganda kesmada xatoliklar bo’lmaydi.


5.7-rasm. Quduqlar joyini kesmaga joylashtirish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981): 1 – qatlamlarning yotish elementlari; 2 – quduqlar joylashgan o’rni; 3 – quduqlarning ko’shirilgan nuqtasi;  - qatlamning og’ish burshagi;  - kesmaning yo’nalishi bilan qatlamning yo’nalishi oralig’idagi burshak; rim raqamlari bilan kesmalar yo’nalishi ifodalangan.
Agar quduq qatlamning cho’ziqligiga va enkayishiga nisbatan diagonal yo’nalishda tuzilgan kesmaga joylashtirilsa (5.7-rasm,g), unday holatda quduq O nuqtadan kesmaga o’tkazilgan perpendikulyar chiziq bo’yicha R nuqtaga tushiriladi, ya’ni qatlamning pastga enkayishi bo’yicha o’tkaziladi.
5 .7-rasm,g da OS va PR yordamchi chiziqlar o’tkazilgan. Rasmdagi O, R, S nuqtalar qatlamning yo’nalishi chizig’ida joylashadi va rasmdagi R nuqtaga nisbatan bir xil chuqurlikda bo’ladi. R nuqta hamma nuqtalarga nisbatan o’lchamiga teng bo’lgan chuqurlikda joylashadi. Demak, ga teng.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling