5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari
rasm. Quduqlar oralig’idagi keltirilgan Chuqurliklarni masshtabli to’r (balandlik arfisi) yordamida interpolyatsiya qilish sxemasi
Download 1.18 Mb.
|
5-maruza
Masshtabli to’rdan oson foydalanish uchun undagi chiziqlarga raqam qo’yib chiqiladi. Aytaylik, 1 va 15-quduqlar orasidagi chuqurliklarni interpolyatsiya qilish zarur bo’lsin (5.15-rasmga qarang). Izogips kesimini 10 m ga tengini tanlaymiz. Tayanch gorizont 1 (593 m chuqurlikda) va 15-quduqda (625 m chuqurlikda) uchraydi. CHuqurlik belgilari orasidagi farq 625-593=32 m ni tashkil etadi. Izogips kesimi 10 m ga teng bo’lganda, 1 va 15-quduqlar orasidagi masofani 10 ga bo’lamiz, natijada quduqlar oralig’idagi masofaning 3,2 qismiga ega bo’lamiz. Balandlik arfasini quduqlar joylashtirilgan planga shunday tushirish lozimki, 1-quduq nolga teng bo’lsin va masshtab to’rining birinchi chizig’i oralig’idagi 0,3 masofada joylashsin. So’ngra to’rni 1-quduq nuqtasining atrofida 15-quduq to’rning uchinchi va to’rtinchi chiziqlari oralig’ining o’rtasida joylashguncha aylantiramiz. Masshtab to’rining parallellari 1 va 15-quduqni birlashtiruvchi chiziq bilan kesishgan nuqtalar izlanayotgan nuqtalar bo’ladi. Bu nuqtalardan izogipslar o’tadi. Bularni chizmaga tushirib, ustiga yozib qo’yiladi. Qatlamlarning yotish chuqurligining mutlaq qiymatlarini quduqlar oralig’ida interpolyatsiya qilishda, ularning o’zgarishi chiziqli qonun bo’yicha bo’ladi, deb taxmin qilinadi. Bunday sharoitda quduqlardan boshlab, ularni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bilan kesishguncha bo’lgan masofani izlanayotgan izogipslar orqali quyidagi formula bilan hisoblash mumkin , (5.9) bunda hx izlanayotgan izogipslar qiymati, m; h1 1-quduqdagi qatlam ustki qismining d-quduqdagi mutlaq chuqurligi, m; h15 15-qatlam ustki qismining 15-quduqdagi mutlaq chuqurligi, m; D - 1 va 15-quduqlar orasidagi masofa, m; -1 va 15-quduqlarning nuqtalarini birlashtiruvchi to’g’ri chiziqda 1-quduqdan boshlab izlanayotgan izogipslargacha bo’lgan masofa. (5.9) formulaga ko’ra, 1-quduqdan izlanayotgan izogipsgacha bo’lgan masofa ga teng. (5.10) 1 va 15-quduqlar oralig’idagi masofa 500 m ga teng bo’lsa, 1-quduqdan 600 m izogipsgacha bo’lgan masofa ko’rilayotgan misol uchun ga teng bo’ladi. 610 m izogipsgacha bo’lgan masofa ga teng bo’ladi. 620 m izogipsgacha bo’lgan masofa ga teng bo’ladi. Bir-biridan uzoq masofada joylashgan ko’p tanali burg’ilangan quduqlar oralig’idagi keltirilgan chuqurliklarni uchburchaklar usuli bilan interpolyatsiya qilib bo’lmaydi. Bunda xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun interpolyatsiyani ko’p tanali burg’ilangan quduqlar uchun alohida-alohida bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. 5.17-rasmda ko’p tanali burg’ilangan quduqlarning ikkita tanasi ko’rsatilgan. Birinchi tana 1, 2 va 3-quduqlar tashkil etadi, ikkinchi tanani esa 4, 5 va 6-quduqlar tashkil etgan. Ayrim quduq tanalari bo’yicha interpolyatsiya to’g’ri bajarilsa, kenglik bo’yicha yo’nalgan struktura hosil bo’ladi va aksincha, interpolyatsiya noto’g’ri bajarilsa, strukturaning yo’nalishi meridional yo’nalishga yaqin bo’ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling