5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari
Download 1.18 Mb.
|
5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.15-rasm. Ush burshak usuli bilan struktura xaritasini tuzish. Kasrning surati-da quduqlar soni, kasrning maxrajida quduqlarning mutlaq balandligi ifodalangan
Uchburchaklar usuli
Uchburchaklar usuli bilan struktura xaritasini tuzishda shartli belgilar yordamida planga tushirilgan quduqlar to’g’ri chiziqlar bilan tutashtiriladi, natijada uchburchaklar sistemasi hosil bo’ladi. So’ngra uchburchaklar balandliklararo (quduq nuqtalari) tanlangan qatlam ustki qismining (kamdan-kam tubi) yotgan chuqurligining belgisi bo’yicha interpolyatsiya qilinadi va bir xil balandlik nuqtalarini o’zaro tutashtirib, tanlangan qatlam kesimi bo’yicha struktura xaritasi tuziladi. Uchburchaklar sistemasini tuzishda jinslarning regional yo’nalishi to’g’risidagi ma’lumotlarga amal qilinadi. Uchburchaklarning cho’ziq tomoni qatlam yo’nalishiga taxminan parallel o’tkaziladi va bunda burma o’qiga ko’ndalang joylashgan quduqlar oralig’i interpolyatsiya qilinmaydi. Buning uchun qatlamning quduqlardagi chuqurlik belgisi tahlil qilinadi. Bular burma o’qiga taxminan simmetrik bo’ladi. Faraz qilaylik, kon maydonida xarakterli gorizontning ustki qismi 15-quduqda ochilgan bo’lsin. Bunday sharoitda qatlamning dengiz sathiga tenglashtirilgan ustki qismini hisoblash uchun quyidagi jadval (5.1-jadval) tuziladi. 5.1-jadval
K eltirilgan chuqurliklarning hisoblab chiqilgan miqdori ularga mos kelgan quduqlarning joylashgan
K eyinroq izogips kesimi tanlanadi (keltirilgan misolda 10 m) va shunga mos kelgan quduqlar orasidagi keltirilgan chuqurliklar interpolyatsiya qilinadi. Bunda izogips belgilari tanlangan kesimga karrali bo’lishi kerak (600, 610 va 620 m). Bir xil belgilar tekis chiziq (izogips)lar orqali tutashtiriladi. SHu yo’l bilan struktura xaritasi tuziladi (5.15-rasmda uchburchaklar usuli bilan braxiantiklinal burma xaritasini tuzish ifodalangan). Struktura xaritasini tuzishda quduqlar oralig’ini interpolyatsiya qilish ko’p mehnat talab etadi. Buni osonlashtirish uchun bir qator parallel chiziqlardan iborat bo’lgan masshtabli to’rdan (balandlik arfasidan) foydalaniladi (5.16-rasm).
Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling