5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari


rasm. Kesma tekisligida qiyshaygan quduq uzunligini va og’ish burshagini grafik metod bilan aniqlash


Download 1.18 Mb.
bet10/15
Sana14.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1772361
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5-maruza

5.12 rasm. Kesma tekisligida qiyshaygan quduq uzunligini va og’ish burshagini grafik metod bilan aniqlash (M.A.Jdanov, 1981)
ma’lumotlarni hisoblash maqsadga muvofiq emas. Kesmada quduq tanasi uning haqiqiy qiyshaygan holatida ko’rsatilishi kerak, buning uchun quduqning karotaj diagrammasidan foydalaniladi.
Quduqning kesma tekisligiga mos kelmaydigan ayrim qiyshayish elementlari kesmaning yo’nalishiga parallel qilib o’tkaziladi. Ammo har qanday o’tkazishlarda ham rayonning geologik tuzilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ayrim quduqlar kesimlaridan olingan dalillarni hisobga olish zarur va ularni geometrik loyihalash metodlari ma’lumotlari bilan birgalikda ishlatish maqsadga muvofiqdir. SHuni inobatga olish zarurki, ko’pgina hollarda quduqlarni yo’naltirilgan qiyshayish bo’yicha qazish nihoyatda foydalidir.
Qiya yo’nalgan (yo’nalma-qiyshaygan) quduqlardan quyidagi holatlarda foydalaniladi:
1) konni ishlatishga mo’ljallangan yer yuzasida mahsuldor maydon, yirik suv havzalari, soy, o’tish qiyin bo’lgan botqoq joylar, kapital inshootlar va sh.k. mavjud bo’lganda;
2) dengizdagi neftli maydonlarni ishlatishda (Bakuda, Dog’istonda va b.);
3) tikroq enkaygan surilma ostidagi neftli qatlamlarni ishlatishda (mas., Grozniy rayonida);
4) favvoralanayotgan quduq tanasi zonasiga uzoqdan turib yo’naltirma quduqni burg’ilash orqali favvoralarni bartaraf etish va shu zonaga gilli eritmani haydash uchun va sh.k.
Hozir dengizdagi uchastkalarni burg’ilashda (Bakuda, Dog’istonda), tik enkaygan surilma ostidagi qatlamlarni (Grozniyda), botqoqlik uchastkalarni o’zlashtirishda (Krasnokamskda) qiya yo’nalgan quduqlardan foydalanilmoqda (5.13-rasm). Bunday burg’ilash jarayonida quduqlarning vertikal yo’nalishini saqlagan holda ularning tabiiy og’ishining jadallashishiga rioya qilinib, loyihada ko’rsatilgan burchak ostida sun’iy qiyalashtirib burg’ilanadi.
Qiya yo’nalgan quduqlarni burg’ilash turbina usulida bajariladi, bunda mos bo’lgan qiyshaytirgich vositalardan foydalaniladi. O’zbekistonda va sobiq Ittifoqda tuzilishi oddiy, lekin ish samaradorligi yuqori turboburlar qo’llanilgan.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling